Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65


JANNI RODARI ERTAKLARI HAQIDA



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/60
tarix11.12.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#148550
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

JANNI RODARI ERTAKLARI HAQIDA
Ertaklar – xayolot mahsuli. Deyarli barcha ertaklardagi
umumiy jihat shundaki, ushbu janrga mansub asar qahramonlari
og‘ir vaziyatga tushib qolganlarida, chigal muammoga duch
kelganlarida, ularga qayerdandir madad yetib keladi. J. Roda-
rining «Hurishni eplolmagan kuchukcha» va «Shahzoda Plom-
bir» ertaklari ham ana shunday voqealar zaminiga qurilgan.
Avvalo, «Hurishni eplolmagan kuchukcha» ertagiga to‘xtalaylik.
Bu ertak zamirida ham chigal muammoni qanday hal etish
masalasi ko‘ndalang bo‘ladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki,
Janni Rodari «Uchtadan oxiri bor ertaklar» turkumi bilan jahon
ertakchiligida yangi bir usulni yaratdi.
Bu yangilik shundan iborat ediki, ularda voqealar
yechimi uch xil yakun topadi. Bunda har bir yakun
o‘zining boshqasidan tubdan farq qiladigan mazmun-
mohiyatiga ega bo‘ladi. Ushbu turkumga kirgan
«Sehrli nog‘ora», «Ayyor Buratino», «Sahrodagi uy»,
«Milanda yog‘gan shlyapa yomg‘iri», «Rinaldoning
sarguzashtlari» kabi o‘quvchini o‘ta qiziqtiruvchi
ertaklarning barchasi uch xil yakun topadi.


9 4
!
«Hurishni eplolmagan kuchukcha» ham shu turkumga man-
subdir. Ertakda tasvirlanishicha, bir kuchukcha aslida hurishi
lozimligini eshitgani holda, uning qanday bo‘lishini tasavvur
qila olmaydi. Qolaversa, o‘zining qaysi zotga mansubligi, nima
bilan shug‘ullanishi lozimligini uzoq vaqt anglay olmay sarson
bo‘ladi. Kimdir unga «Kuchuk degani huradi-ku» deb ta’na
qilganda, yordam so‘rab xo‘rozga, kakkuga, sigirga murojaat
qiladi. Biroq ular o‘z tabiatlariga ko‘ra nimaga qodir bo‘lsalar,
kuchukchaga shuni o‘rgatadilar: kuchukcha ular «yordamida»
xo‘rozday qichqirishni, kakkuday sayrashni, sigirday mo‘rashni
o‘rganib oladi, o‘zicha bu hunarlar orqali mashhurlik darajasini
egallayman, deb xomxayolga beriladi. Bir dehqon qo‘liga
tushganda esa, uning umuman hurmasligi evaziga bo‘yniga
zanjir osiladi, har kungi nasibasi bir parcha suyak bo‘ladi.
Nihoyat, kuchukcha ovchi itning ko‘magi bilan o‘z mash-
g‘uloti «vovullash»dan iborat ekanini tushunib yetadi va vo-
vullab rohatlanadi. Bu, albatta, ertakning yuzaki mazmunidir.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə