Adabiyot so'z san'ati uvchi! -~ ildan boshlab «Adabiyot»


BARCHA ISHDA XUSHMUOMALALIK



Yüklə 414,79 Kb.
səhifə9/42
tarix17.04.2023
ölçüsü414,79 Kb.
#105988
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
Adabiyot so\'z san\'ati uvchi! - ildan boshlab

BARCHA ISHDA XUSHMUOMALALIK
DARKORLIGI HAQIDA
,
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari - Oysha razi­yallohu anho Urva ibn az-Zubayrga bunday deb aytib bergan ekanlar: «Bir to'da yahudiylar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirib: «As-somu alaykum!» (ya'ni, «Sizga o'lim!») - dedi. Men ulaming gapini anglab: «Va alaykumu-s-somu va-I-Ia'na!» (ya'ni, «Sizga ham o'lim va la'nat!») - dedim. Janob Rasululloh: «Y 0 Oysha, shoshmay turg'il! Olloh taolo barcha ishda xushmuomalalikni yoqtirg'aydiD>, - dedilar. Men: «Yo Rasululloh, ularning nima deganini eshitmay (anglamay) qoldingiz!» - dedim. Janob Rasululloh: «Sizlarga ham, dedim-ku, axir!» - dedilaD>.
KIBR HAQIDA
Rorisa ibn Vahb al-Ruzo'iy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «AWi jannat kimlar ekanligin aytaymi?» - dedilar­da, odamlardan javob kutmay: «Rar bir zaif va bechorahol odamdir, u gar Ollohni o'rtaga qo'yib qasam ichg'aydir, so'zsiz ustidan chiqg'aydiD>, - dedilar, so'ng: «AWi do'zax kimlar ekanligin (ham) aytaymi? Rar bir qo'pol, quruq gerdaygan, beqanoat va dimog'dor odam aWi do' zaxdiD>, - dedilaD>.
BOLAGA RAHMDILLIK QILMOQ, UNI O'PIB QUCHOQLAMOQLIK HAQIDA
Sobit Anasdan naql qiladilar: «N abiy sollallohu alayhi vasallam
lbrohimni qo'llariga olib o'pdilar, hidladilar».
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari bo'lmish Oysha onamiz Urva ibn az-.lubayrga bunday deb aytgan erkanlar: «Bir ayol ikki ..qizalog'ini yetaklagan holda huzurimga tilanchilik qilib keldi. U yoq-bu yoqni qarab bir dona xurmodan bo'lak he ch narsa topolmadim. O'sha xurmoni unga berib erdim, o'zi yemay ikki qizalog'iga bo'lib berdi. So'ng, o'rnidan turib chiqib ketdi. Shu asnoda Nabiy sollallohu alayhi vasallam kirib kelgan erdilar, bo'lgan voqeani aytib berdim. Janob Rasululloh: «Kimki ana shunday qizaloqlarga muruvvat qo'lini cho'zg'aydir, ular uni do'zax otashidan parda bo'lib to'sib turg'aydir­laD>, - dedilaD>...
Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ra­sululloh sollallOhu alayhi vasallamning huzurlariga bir qancha asirlarni olib keldilar. Ularning ichida bir ayol ham bo'lib, o'z oralaridan biror go'dakni topib olsa, darhol uni bag'riga bosib emizar erdi. Janob Rasululloh (buni ko'rib) bizga: «Nima deysizlar, anavi ayol o'z bolasini
o'tga tashlay olg'aymi?» - dedilar. Biz: «Yo'q, aslo, tashlay olmas!» ­dedik. Shundajanob Rasululloh: «Olloh taolo o'z bandalariga bolasiga mehribonchilik qilayotgan manavi ayoldan ham mehribonroqdir!» ­dedilar. (<.

Yüklə 414,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə