Adabiyot so'z san'ati uvchi! -~ ildan boshlab «Adabiyot»



Yüklə 414,79 Kb.
səhifə2/42
tarix17.04.2023
ölçüsü414,79 Kb.
#105988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Adabiyot so\'z san\'ati uvchi! - ildan boshlab

) Katta-kichik she'rlar, she'riy masallar, ballada va dostonlar bir bo'lib adabiyotning she'riyat degan turini hosil qiladi. Ularning barchasi ohangdor she'riy usulda, shoirlar tomonidan yaratiladi.
Ertaklar, hikoya va ocherklar, qissa va romanlar birlashib, so'z san'atining nasr deb atalgan turini tashkil etadi. Nasriyasarlarni nosirlar, ya'ni yozuvchilar ijod qiladi. Nasriy asarlar she'riy yo'l bilan emas, balld oddiy hikoya usulida yoziladi.
Adabiyotning yana bir turi - dramaturgiya deb nomlanadi. Bu turga kichik sahna asarlari bo'lmish intermediyalardan tortib yirik drama,
komediya, tragediya singari sahna tomoshalari kiradi. Muallif ­dramaturgning ixtiyoriga ko'ra bu asarlar she'riy yo'l bilan ham, nasriy yo'l bilan ham yozilishi mumldn.
Haqiqiy adabiyot vaqtda ham, hududda ham chegara bilmaydi. Ya'ni qachon va qaysi tilda yaratilgan bo'lmasin, ezgulikni, so'lmas go'zal­liklami tarannum etgan asarlar barcha avlod va xalqlarga birdek qadrli bo'lib qolaveradi. Deylik, «Alpomish» yoki «Odissey» (qadimgi yunon adibi Homer asari) dostonlari yaratilganidan beri orad an ming yillar o'tgan bo'lsa-da, hali hamon o'quvchilami hayajonga solaveradi. Nemis shoiri Gyote asarlarini o'zbeklar qanchalik qiziqish bilan mutolaa qilsalar, Bobur Mirzoning «Boburnoma» kitobini nemislar shunchalik diqqat bilan o'qib-o'rganadilar.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, adabiy asarda faqat go'zal tashbehlar o'rin olibgina qolmay, balki juda boy ma'naviy-ma'rifiy, hatto ilmiy ma'lumotlar ham istagancha topiladi. Shu ma'noda har qanday xalq to'g'risidagi eng to'g'ri va ta'sirchan ma'lumotni o'sha xalqning badiiy
adabiyotidan olsa bo'ladi. Demak, adabiyotni, hech ikkilanmasdan, millatning tarjimayi h~li deb e'zozlasak ham arzir ekan.
Si~, muhtaram o'quvchi, bugundan boshlab mana shunday muhim
va mo'tabar san'at turining mo'jizakor olamiga sayohatga chiqasiz. Y ozuvchi -shoirlar hayoti hamda ularning asarlari bilan tanishish orqali o'zbek va boshqa qator xalqlarning taqdiri, ko'hna va yaqin tarixi, madaniyati, urf-odatlarini yaqindan bilish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Hozirgacha Sizga tanish bo'lmagan yuzlab qahramonlar juda yaqin kishingizga, do'stingizga aylanishi mumkin. Ishonamizki, Siz bunday noyob imkoniyatdan albatta foydalanasiz va adabiyot atalmish so'z san'atini o'zingizga doimiy hamroh qilib olasiz.


Yüklə 414,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə