Adabiyotlar



Yüklə 30,64 Kb.
tarix12.12.2023
ölçüsü30,64 Kb.
#148668
Jahon xalqlari klassifikatsiyasi


Mavzu: Jahon xalqlari klassifikatsiyasi.
Reja:
1. Jahon xalqlari klassifikatsiyasi.
2. Etnografiaga oid maxsus terminlar, tadqiqotlar va asosiy muammolar.
ADABIYOTLAR.
1.I.A.Karimov. Uzbekistonning uz istiklol va tarakkiyot yuli. T. «Uzbekiston», - 1992.
2.I.A.Karimov. Uzbekiston: milliy istiklol, iktisod, siyosat, mafkura. T. «Uzbekiston».1993.
3.I.A.Karimov. Uzbekiston – bozor munosabatlariga utishning uziga xos yuli. T. «Uzbekiston».1993.
4.I.A.Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan kolsin. T. «Uzbekiston», 1994.
5. I.A.Karimov Istiklol va ma’naviyat.T. «Uzbekiston», 1995.
6. I.A.Karimov. Vatan sajdagox kabi mukaddasdir. T. «Uzbekiston», 1995.
7. I.A.Karimov. Uzbekiston iktisodiy isloxotlarni chukurlashtirish yulida. T. «Uzbekiston»,1995.
8.Jabborov I. Etnografiya asoslari. T. 1981.

  1. Jabborov I. Jaxon xalklari ztnografiyasi. Darslik. T. 1982.

  2. Jabborov I. Etnografiya va jaxonning etnik kiyofasi. T. 1982.

  3. Jabborov.I. Uzbek xalki etnografiyasi. T.1994.

  4. Rustamov M. Urta Osiyo va Kozogiston xalklari etnografiyasi. T.1990.

  5. Rustamov M. Uzbek etnografiyasi. 1 – 2 – 3 – kismlar. T.1991.

14. Raximov J. Ulkani urganishni nimadan boshlash kerak. T. 1991.

Odatda xalqlar muayyan hududda joylashadilar. Ammo tili yoki maishiy-madaniy jihatdan yaqinligi bilan ajralib turgan ayrim elatlarning o’zaro milliy aralashish jarayoni doimo sodir bo’lib turgan, etnik jihatdan chegaradosh xalqlar orasida esa bu jarayon ayniqsa ko’p bo’lgan. Hozir jahon aholisi o’z ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy tuzimiga qarab, turli tipdagi etnoslardan millat, xalq, qabilaviy birikma yoki ayrim qabilalardan iboratdir.


Tarixiy jihatdan eng ilk etnos tipi ibtidoiy jamoa qabilasi bo’lib, u dastlab bir necha qarindosh-urug’lardan tashkil tolgan edi. Hozirgi davrdagi qabilalar o’z ijtimoiy iqtisodiy va madaniy darajasi bilan ulardan tubdan ajralib turadilar. Bu qabilalar bir necha yuz kishidan milliongacha yetadigan holidan iborat bo’lib, ularda ibtidoiy tuzum elementlari sarqit sifatida saqlangan. Qabilaviy munosabatlar asosan ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi xalqlarda ko’proq saqlanib qolgan.
Jahondagi etnik jarayon nihoyatda murakkab bo’lib, fanda qabul qilingan an’anaviy qabila, elat, xalq, millat kabi tarixiy birliklar doirasida cheklanib qolmaydi. Hozirgi davrda bir necha elat yoki xalqning yaqinlashishi va uyushishi natijasida paydo bo’lgan yirik etnik birliklar ( Amerika xalqi, UO’bekiston xalqi), makroetnoslar bilan bir qatorda mahalliy xalq yoki millat ichida ba’zi xususiyatlari (shevasi, moddiy va ma’naviy madaniyati, diniy tasavvurlari) bilan ajralib turgan maida etnografik guruhlar - mikro etnoslar ham mavjuddir.
Ba’zan xalqlar diniy e’tikod asosida o’ziga xos mikroetnoslar va makroetnoslar birligi bilan ham farklanadilar. Masalan butun Janubiy Osiyo xalqlari feodalizm davrida paydo bo’lgan induizm tevaragida turli tildagi xalqlarni biriktirilgan makroetnoslar bo’lsa, filipppin xalqining bir qismi islom dini e’tikqodi asosidagi maro nomli elatlardir. Erondagi gebrlar yoki Xitoydagi musulmon makroetnos sifatida guruhlarni tashkil qilganlar.
Jaxonda ikki tilli etnoslar ham kam emas, masalan, bir irqdagi Belgiya va Shveytsariya axolisi ikki yoki uch tilda gaplashadi. Ilgari mustamlaka bo’lgan Osiyo va Afrika mamlakatlarining. deyarli hammasida ikki tip - mahalliy va rasmiy davllat tillari mavjud. Hindistonda rasmiy hind tili bilan birga yuzlab boshqa tillar ham bor, Pokistonda urdu, Indoniziyada - baxsa-indonisiya, Filippinda — tagalog, Afrika mamlakatlarining ayrimlarida rasmiy ingliz yoki fransuz tillari bilan bir qatorda mahalliy xalq so’zlashadi.
Tillarning geografik chegaralari doimo o’zgarib turgan. Agar arab tili paydo bo’lgan vaqtda (VII asrdan oldin) undan faqat arab yarim orolining janubidagina yashovchi qabilalar foydalangan bo’lsa, hozir bu tilda Shimoliy Afrika va Janubiy-sharqiy Osiyoda joylashgan juda ko’p xalqlar so’zlashadi. Yoki ingliz tilini olsak, unda dastlab faqat Britaniya Orolidagi ahali so’zlashgan bo’lsa hozir Yevropa va Shimoliy Amerika aholisining beshdan bir qismi Avstraliya va Yangi Zellandiya xalqlari asosan shu tilda so’zlashadilar. Kichkina Pireniy yarim orolida paydo bo’lgan ispan tili hozir butun Lotin Amerikasiga tarqalgan.
Jahonda faqat bir millatdan tashkil topgan davlatlar juda kam, chunki siyosiy va etnik chegaralar ham doimo to’g’ri kelavermaydi. Faqat Yevropa va Lotin Amrikasida davlatlarning tashkil topgan davri milliy shakllanish davri bilan to’g’ri kelganligi tufayli muayyan, yagona millatlar siyosiy chegara doirasida yuzaga kelgan. Ammo bu kabi mamlakatlarda ham migratsiya va boshqa turli sabablarga ko’ra ozmi – ko’pmi boshqa millat vakillari ham yashaydi. Masalan, Yaponiyada mayda millatlardan ayrimlari, koreyslar, Markaziy va Janubiy Amerikada ispan va portugal tilida so’zlashuvchi asosiy millatlar (meksikalik, chililik, perulik, braziliyalik va hokazo) dan tashqari immigrantlar va indeyslar ham mavjud. Ayrim davlatlarda esa o’nlab, yuzlab turli etnoslar yashaydi (Xindiston, Eron, Avg’oniston, Nigeriya va hokazo).
Hindevropa xalqlarining dastlabki ajdodlari mamlakatdan tashqarida, qisman Shimoliy Kavkaz, Qora dengiz va Kaspiy sohillarida shakllangan, keyin Sharq va Janubiy tomonga ko’chib, mahalliy etnoslar bilan aralaishib ketgan. Mazkur til oilasiga oid slavyanlar, beloruslar va qisman tarqoq holda joylashgan polyaklar va bulg’orlar, letpgo-litva turkumiga litvaliklar va latishhlar, eron turkumiga tojiklar va asetinlar, mustakt turkum hisoblangan armanlar, roman turkumiga moldovanlar, xindoriy turkumiga lo’lilar kiradi.
Slavyan tilidan keyingi o’rinda eng katta turkum - turkiy tilda so’zlaishadigan asosan hozirgi joylashgan - territoriyada uzoq davr davomida shakllangan Oltoy oilasiga (o’zbeklar, qozoqlar, tatarlar, boshqirdlar, ozarbayjonlar, turkmanlar, qirg’izlar, chuvaitar, yokutlar, qoraqolpoqlar va hokazalar) xalqlaridir. Ayniqsa, Kavkaz til oilasini tashkil etadigan Kartvele turkumi (gruzinlar) adigey-abxaz (kabardin, cherkas, adigey, abxaz), naxs (chechen-ingugalar) va ko’p millatli dog’iston tsh turkumlari eng qadimiy murakkab elat va xalqlar tilidir.
Shaqkda o’rnashgan buryatlar va qallmoqlar mo’g’ul til turkumiga, Sibir va Uzoq Sharqdagi Evenklar, Evenlar, nanaylar, udegeylar, orochilar, tunguslar esa manchjur turkumiga kiradilar. Sibir atrofida paleosiyo til turkumiga oid chukchi, koryak, itellen, yukagir, nivxa eng qadimgi tiplardan suzlashuvchi elatlar yagshshdi. Vir zamonlar yenisey soxgtlarida joylagigan kvtlar keng tarqalgan, ammo ular hozirgacha o’rganilgan eng qadimiy poleosiyo til turkumi vakillaridir. Kam sonli eskimoslar va aleutlar Chukotka yarim oroli va Komandor orollarida yashaydilar.
Chet el Yevropasining etnik qiyofasi nihoyatda murakkab. Bu yerda asrlar davomida xilma-xil qabila, elat va xalqlar paydo bo’lib, mahalliy etnoslar bilan aralaishib ketgan. Evropadagi Polsha, Avstriya, Vengriya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Italiya, Shvetsiya kabi yirik davlatlarning 95 foiz aholisi o’z mahalliy millatidan iborat.
CHet el Yevropada yashovchi deyarli yarim milliard aholining ko’pchiligi (o’ndan to’qqiz qismi) hindevropa til oilasining uchta yirik til turkumi — roman, german va slavyanlardan iborat. Qolgan katta qismi grek, kelt va alban til turkumlariga oid va qisman ural til oilasiga kirgan finno-ugor til turkumining vakillaridir. German til turkumiga janub va g’rbda yashovchi italyanlar, fransuzlar, vallonlar, ispanlar, partugallar, ruminlar kiradi. Sharqiy va Janubiy-sharqiy Yevropada slavyan tillarida so’zlashuvchi chexlar, slavaklar, polyaklar, lujichanlar, bolgarlar, chernogorliklar, xorvatlar, makedoniyaliklar, bosniyaliklar yashaydi. German tilida so’zlashadigan avstrayaliklar, nemislar, gollandlar, flamandlar, shvedlar, norveglar, daniyaliklar, ispanlar, inglizlar, lyuksemburgliklar, elzasliklar va qisman shvetsariyaliklar Markaziy G’arbiy va Shimoliy Yevropada yashovchilar.
Jahon aholisining yarmiga yaqini Osiyoda joilashgan bo’lib, mingdan ortiq etnik tuzilishi, tili, madaniy iqtisodiy darajasi va maiishiy turmushi bilan bir biridan farq qiladigan turli elat va xaqklar yashaydi. Osiyoning ko’p qismi odamning vatani (ya’ni antropogenez) dir. Bu yerda juda ko’p dastlabki qadimiy tilllar, asosiy irqlar shakllangan, qadimgi madaniyat markazi, jahon dinlari (xristianlik, buddizm va islom,) paydo bo’lgan.
Yaponiya, Koreya, Bangladesh va ko’pgina arab mamlakatlari milliy birlik jihatdan ajralib turadi (asosiy xalq 95 foizni tashkil qiladi). Birma, Vetnam, Iroq, Kampuchiya, Suriya, Turkiya, Xitoy, Shri Lanka aholisining 75 foizi yagona xalqdan iborat. Afganistan, Eron, Hindiston, Pokisgpon, Indoneziya, Filippin murakkab ko’p millatli mamlakatlarga kiradi. Ayrim xalq va elatlar (kurdlar, balujiylar, panjoblar) bir necha davlat hududida joylashgan. Ba’zi etnik gruhlalar hozirgacha ham xalq bo’libgina shakllanmagan, hatto ularda urug’ - qabilachilik munosabatlari saqlanib qolgan.
Osiyoliklarning tillari ham etnik tuzilishi singari nihoyatda xilma-xil va murakkab. Masalan, faqat Hindistonning o’zida 1652 xil til va turli shevalar mavjud. Eng qadimgi tip oilasiga oid dravid, munda, xitoy - tibet, tay, avstroosyo, avstroneziya, semit - xamit va hind - yevropa xalqpari ham Osiyo qit’asida yashaydi. Oltoy til oilasiga hozirgi Mongoliya va Shimolii Xitoyba paydo bo’lib, keyin boshqa yerlarga tarqalgan.
Odamzotning dastchabki vatani xhsoblangap chet el Osiyosida dastlab asosiy irqlar shakllangan bo’lib, bu yerda yevropeoid, mongoloid, negroid va hatto veddoavstroloid irqlarintg xam vakillari mavjud.
Evropa qit’asidan uch xissa katta territoriyaga ega bo’lgan Afrikaning etnik qiyofasi tabiati singari boy va rang-barangdir. Chet el olimlari uni ilgari «qora qit’a» deb atab, etnik tuzilishi o’zaro bog’lik bo’lmagan turli qabialardan iborat deb noto’g’ri tariflaganlar. Albatta mustamlakachilikning asosiy ob’ekti bo’lgan, vatandan mahrum etilgan yuz minglab negrlarni qul qilib sotgan Afrika qit’asi bir necha asrlar davomida taraqqiyotdan chekkada qolgan edi. Lekin bu yerda bir necha millionli (misrliklar, jazoirliklar, marokashliklar, amxaraliklar) hozirgi millatlar, yirik xalq va elatlar (Nigeriyadagi xausa va fulba) bilan bir qatorda hozirgi kunda ham daydilik, sargardonlik va ovchilik bilan shug’g’ilanib kelayotgan urug’chilik tuzumida yashayotgan etnografik guruhlar ham uchraydi.
Demak, nihoyatda xilma - xil va rang-barang, katta va kichik turli etnoslar jahonda mavjud. Ular o’zlarining tabiiy geografik sharoiti, tarixiy shakllanib kelgan tili va milliy xususiyatlari, joylaniishi va turar joylari, milliy arxitektura va uy ro’zg’or buyumlari, toamlari va iste’mol usullari, turmush tarzi va urf - odatlari, xal og’zaki ijodi va san’at namunalari bilan bir-birlaridan far qiladilar. Ammo bir planetada yashovvchi barcha elat va xalqlar yagona insonayatni tashksh qiladi.
Har bir fan o’zining maxsus metod va terminologiyasiga ega. Etnografiya ham mustaqil fan sohasi sifatida boshqa ijtimoiyt fanlar kabi muammolarni o’ziga xos uslub va vositalarga asoslangan holda hal qiladi,
Etnografik uslubni aniqlab olish uchun, dastavval, unga xos bo’lgan maxsus terminlarni bilish zarur. Yuqorida qaid qilinganidek, etnografiyaning asosiy tadqiqot ob’ekti kishilikning tarixiy birligi hisoblangan «xalq» yoki «etnos» tusunchasi bilan bog’lqk bo’lib, uning kelib chiqishi. irqiy tuzilishi, xo’jalik tiplari, moddiy va ma’naviy madaniyatining turli tomonlari, ijtimoiy va oilaviy maishiy turmush doiralari, dunyoqarashi va ijodiy faoliyatini qamrab oladi.
Ma’lumki, «xalq degan tushuncha ancha keng ma’noga ega. Ba’zan xalq deb bir to’p kishshilarnin yoki ommani tushunsak, ba’zan bir necha elat va millatlar yashaydigan davlat yoki mamlakat ahoshsini tushunamiz. O’zbek klassik adabiyotida «xalq» so’zi ikki ma’noda: yaratish, borliq yoki odamlar, deb ta’riflanadi. Aslida etnografiyada aniqt territoriya, tili, kelib chiqishi, moddiy va manaviy madaniyati, turmush tarzi va umumiy tashqi xususiyatlariga ega bo’lgan tarixiy birlikni anglatadigan xalq ma’nosida « etnos» termini ishlatiladi. Har bir etnos o’zining nomiga (etnoinimiga) ega bo’lib, o’zini ma’lum bir etnik (milliy) oilaga mansub ekanligini aniqlaish zarur. Etnoslar muayyan tarixiy davrning mahsuloti sifatida etnogenezi (kelib chiqiish) bilan ham belgilanadi. Shuning uchun xam etnoslarni o’rganishda bir necha maxsus tarixiy etnografik terminlar va fan sohalari bilan muloqotda bo’linadi.
Etnoslarning moddiy, madaniyat tarixi va xususiyatlarini arxeologiya fani bilan hamkorlikda aniqlash mumkin. Madaniyat deyilganda inson qo’li va aql-idroki bilan yaratilgan moddiy va madaniy, manaviy boyliklar tushiniladi. Rus tilidagi «kultura» so’zi aslida lotincha so’z bo’lib “ishlab chikarshi», «yasash», «yaratish» degan ma’noni anglatadi. Etnografik moddiy madaniyatga xo’jalik kurollyari, uy ro’zg’or buyumlri, kiyim -- kechak va bezaklar, taom va idish-tovoqlar, turar joy va uylar, badiiy buyum va hokazolar kirada. Jahon xalqlari tilida keng ishlatiladigan «genezis» so’zi grekcha «tug’ilish, kelib chiqish manbai» ma’nosini anglatadi.
Etnografiya fanida umumiy tushuncha va terminlardan tashqari ijtimoiy munosabatlarni aniqlash va ta’riflash maqsadida urug’ jamoasi, qishloq yoki ovul jamoasi, qo’shnichilik (territorial) jamoasi, qabila ittifoqi va kengashi kabi terminlar muhim ahamiyatga ega. Urugchilik munosabatlarini o’rganishda «ekzolgamiya» (grekcha «ekzo» — tashqi, «gamos» — nikoh) so’zi urug’ yoki qabila ichida quda-andaciliknu man etshini bildiradi. «Endogamiya» (grekcha “endon” - ichki, “gamos” nikoh) esa o’z urug’i, qabilasi yoki ijtimoiy gruppasi ichida nikoh tartibi, ekzogamiyaga qarshi o’laroq, boshqa urug’ yoki fratriyadan quda --andachilikni man qiladigan odatlarni ifodalovchi terminlar muhim ahamiyatga egadir.
Matrearxat (ona urug’i) dan patriarxat (ota urug’i) ga o’tish davriga oid munosabatlarni belgilovchi ayrim terminlar ham mavjud. «Kuvada» (fran-cha «tuxum bosish») tushunchasi otaning bolaga nisbatan o’z huquqini tasdiqlash uchun o’tkaziladigan maxsus odat(masalan, indeyslarda ona tug’ayotganda ota ham o’zi tug’ayotgandek ko’rpa orasiga kirib olib og’ir kuchanib yotishi rasm bo’lgan), yoki «avunkulat» (lotincha «amaki» tartibiga ko’ra onaning aka -ukalari bilan bolalari (amakivachchalar) o’rtasida maxsus munosabatlar o’rnatilgan,amakisi jiyanining tarbiyasi va taqdiriga javobgar hisoblangan.
Etnoslarning xo’jalik faoliyati va mashg’uloti, shuningdek, ovchilik, baliqchilik, chorvachilik va dehqonchilikka oid juda ko’p terminlar bor. Masalan, dehqonchilik yerga ishlov berish usuliga qarab bir necha xilga bo’linadi (o’rmon yoki butazorlardagi daraxtlarni kesib, o’t yoqib, kuydirib, kuliga urug’ sepish usuli; yerni almashtirish portov yerga ekin ekish usuli ; oddiy tayoq yoki motiga (ketmon) bilan yerga ishlov berish usuli; omoch bilan hayvon kuchidan foydalanib yer haydash usuli va xokazo.). Asosiy tirikchilik manbai hisoblangan chorvachilik ham har xil tarmoqqa bo’lingan (yilqichlik, tuyachilik, bug’uchilik). Hunarmandchilikning ham tarmoqlari juda ko’p bo’lib, turli etnoslarga xos maxsus terminlar qo’llanilgan.
Etnoslar joylanishi, uy-joy quriliish, uy-ro’zg’or buyumlari, kiyim-kechaklari, bezaklari va bashqa moddiy-madaniy buyumlari, taomi va ovqatlanish tartibi bilan bir-birlaridan farqlanadilar. Hozirgacha ba’zi yerlarda chaylalar yoki yerto’lalar (chum, vigvam, kata), chodir va qora uy, o’tov, guvala, xom g’isht, yog’och yoki toshdan qurilgan, cho’qqaygan yoki gumbazsimon tomli oddiy uylardan tortib to zamonaviy ko’p qavatli shahar uylari ko'shk va saroylargacha uchratish mumkin. Etnografiyada mazkur turar joylar va ular bilan bog’liq buyumlar, munosabatlar va irimlar maxsus terminlar bilan belgilanadi. Turli tabiiy sharoitga moslashgan va milliy xususiyatni ifodalovchi kiyim-kechagi (tiqilishi, materiyali, shakli, naqsh-bezaklari) va taomlari (go’sht, sabzavot, baliq, sut mahsuloti, o’simlik, pishirish usuli va hokazolar) ham ayrim etnoslarning o’ziga xos termin va tushunchalarida namoyon bo’ladi. Kiyim va taomlar ham kundalik bayram, diniy marosimlarga qarab turlicha bo’lishi mumkin.
Ma’naviy-madaniy tushunchalarga oid diniy e’tiqod va marosimlar bilan bog’liq terminlar juda ko’p ishlatiladi. Masalan, ibtidoiy diniy formalardan totemizm, magiya, (sehirgarlik), shamanism, animizm, tabiat kuchlari va arvohlarga sig’inish ibodat formalari va marosimlarni aniqlovchi turli terminlar jahon dinlari bilan bog’liq xudo, pir, avliyo, qurbonlik, har xil diniy odat, marosim va irimlarni ifodalovchi terminlar.
Etnografiya fanining o’ziga xos termin va tushunchalaridan tashqari maxsus tadqiqot uslublari ham mavjud. Albatta etnoslarni o’rganshda etnografiya nihoyatda keng va xilma-xil tadqiqotlardan foydalaniladi. Yozma manbalar, moddiy buyumlar, og’zaki ma’lumotlar, arxiv xujjatlari va yaqin fanlar to’plangan materiallar uning diqqat- markazida bo’ladi. Etnografiyaning etnos xayotini bevosita kuzatish yo’li bilan, joylarning o’ziga to’plagan materiallari asosiy manba hisoblanadi. Atoqli rus etnografi V. G. Bogoraz dala ishlariga(bevosita joylardagi) yuksak baxo berilgan. Bir joyda uzoq davr yashab, kuzatish ishlari olib borish naqadar muhim va samarali ekanligini mashhur amerika etnografi L. Morgan va atoqli rus tadqiqotchisi N.N Mikluxo-Maklaylar ham alohida qayd qilganlar.
Etnografik tadqiqotlar boshqa gumanitar va ba’zi tabiiy fanlar bilan yaqin aloqada o’tkaziladi va bu fanlarning yutuqlaridan keng foydalaniladi. Chunki etnos iqtisodiy, sotsial va madaniy turmushning barcha tomonlari bilan bog’lik. Etnografiya xalqlarning kelib chiqishi, shakllanishi, tarixi, irqiy tuzilishini o’rganishda arxeologiya va antrapologiya bilan yaqin munosabatda bulganligi tufayli maxsus sohalar - etnik antropologiya, peleoetnografiya kabilar bilan ham yaqin aloqada bo’ladi. Etnik tarix va xususiyatlarni aniqlashda til muxim belgi bo’lganligi uchun tilshunoslikda yangi soha - etnolingivistika paydo bo’lgan. Etnoslarning ma’naviy madaniyati san’atshunoslik, musiqashunoslik va folklor bilan xamkorlikda o’rganiladi. Tadqiqotlarning rivoji natijasida, etnik jarayonni chuqur tadqiq qilish maqsadida keyingi yillarda sotsiologik tadiqiqotlarning rivojlanishi yangi sohalar-etnosotsiologik va etnopsixologiyalarni yuzaga keltirdi.
Etnograflar oldida hozircha kam o’rganilayotgan, ammo muhin amaliy ahamiyatga ega bo’lgan etnopedagogika (yangi avlodni an’anaviy urf - odatlar va zamonaviy talablar asosida tarbiyalash) muamosi ham turibdi. Umuman, asrlar davomida to’planib kelgan xalq ijodiy tajribasini o’rganish muhim. Shu nuqtai nazardan masalan, xalq meditsinasini tadqiq qilish katta ahamiyatga ega. Bu boroda xam ma’lum yutuqlarga erishiilmoqda. So’nngi yillarda jahon xalqlari dinlarini o’rganishga ham e’tibor kuchaymoqda. Har bir xalqning an’anaviy-ma’naviy madaniyatining muhim qismi hisoblangan din va diniy tasavvurlarni tadqiq qilish etnografiyaning muhim muammosi hisoblanadi.
Davom etib kelayotgan ibtidoiy urug’chilik tuzumu va uning qoldiqlarini o’rganish etnografiya fani oldida turgan muxim masalalardan biri hisoblanadi. Ibtidoiy jamiyat tuzimi qoldiqlari (ilk xo’jalik va texnika ko’rinishlari, ijtimoiy munosabatlari, din, san’at va dastlabki bilimlar) bizning davrimizgacha yetib kelgan Avstraliya, Afrika va Amerikabagi ibtidoiy qabilalarni o’rganish orqali aniqlanadi. Ibtidoiy jamiyat davridan bizgacha yetib kelgan jamoatchilik munosabatlaridagi ba’zi sarqitlar hatto eng taraqqiy qilgan etnoslarning turmush tarzida ham uchraydi.
Yüklə 30,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə