Diniy aqida parastlik fonotizm ekstrotizm paydo boʻlishining ijtimoiy tarixiy zamonlari va rivojlanishi Reja



Yüklə 40,09 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü40,09 Kb.
#161760
Diniy aqida parastlik fonotizm ekstrotizm paydo boʻlishining ijtimoiy tarixiy zamonlari va rivojlanishi


Diniy aqida parastlik fonotizm ekstrotizm paydo boʻlishining ijtimoiy tarixiy zamonlari va rivojlanishi
Reja:
1.Diniy mutaassiblik (fanatizm)ning paydo bo’lishi, magik totemizm, diniy fetishizm va shamanizm. Diniy mutaassiblikning asoslari, manbalari va mohiyati.
2.Diniy ekstremizmning tarixiy ildizlari va oqimlari. Kamikadzening ikkiyoqlama ma’nosi. Diniy hayotning yangi shakllari. Ekumenizm va dinlararo muloqot. Diniy fundamentalizmning yo‘nalishlari. Islom va Xristian fundamentalizmi. Kvazi-dinlar.
3.O’zbekistonda diniy ekstremizmning paydo bo‘lishi rivojlanish davrlari va unga qarshi kurash vositalari. Rasmiy ro‘yxatga olingan ekstremistik guruhlar va ularning faoliyati oqibatlari.

Bugungi globallashuv sharoitida yoshlarni yot g’oyalardan asrash, ularda mafkuraviy sog’lom immunitetni ta’minlash, diniy fanatizm, ekstremizim kabi ma’naviy tahdidlarni bartaraf etish bugungi kun uchun dolzarb masalaga aylangan. Ma’lumki biror bir illatni oldini olish uchun avvalo uni keltirib chiqaruvchi omillar va sabablarni anglash zarur. Diniy fanatizm (lot. Fanaticus “g’azablangan”) — diniy g’oyalarga ko’r-ko’rona sodiqlik va amaliy hayotda ularga rioya qilish istagining juda katta ahamiyatga ega ekanligi. Diniy fanatizm asosan diniy mazhablarda yaqqol namoyon bo’ladi. Bu diniy faoliyatga, undagi turli marosimlar va ibodatga mutaassiblik bilan kirishish va o’z xayrixoh guruhlari ichida birlashib ketishdir. Diniy fanatizim odatda diniy tamoyillar nomi bilan qurbonlikni muqaddasligiga asoslanadi. Uning psixologik asosi — e’tiqoddir. Diniy mutaassib shaxsning emotsional kechinmalari uning ratsional fikrlash qobiliyatidan ustunligi bilan tasniflanadi. Ya’ni diniy aqidaparast shaxs voqea-hodisalarni kognitiv bilish orqali emas balki emotsional kechinmalar ta’sirida tahlil etadi va yondashadi. Diniy aqidaparastlikning asosiy turlari orasida passiv-fikrlovchi va aktiv-ekstremistik turlari ajralib turadi.


Aqidaparastlik tushunchasini ilk bor fransuz voizi va ilohiyotchisi Jak-Benin Bossyue (1627–1704) tomonidan qo’llanilgan bo’lib, u o’z davrida katolik dinini monarxiya hokimiyati ustuvorlik qiluvchi Fransiya uchun rasmiy qarashlar tizimi sifatida ko’rgan fransuz absolyutizmining asosiy mafkurachilaridan biri edi. Bossyue aqidaparast tushunchasini o’sha davr o’z diniy e’tiqodlarini cherkov munosabatlari va qoidalariga emas, balki faqat xudogagina bog’liqligiga ishongan protestantlarga nisbatan qo’llagan. Bossyue dinning asosini axloq va intizomda deb bilgan. Xristianlik u uchun axloq normalarining namunasi edi, lekin u har qanday ilohiy his-tuyg’ular va mistik hodisalarni “ruhiy vabo” (la peste spirituelle) sifatida qabul qilgan. Shu ko’rinishdagi diniy e’tiqod vakillarini uning nazdida diniy aqidaparast va bid’atchi deya hisoblagan. Bossyue diniy murosasizlik targ’ibotchisi edi. U Lyudovik XIV 1685-yili Genrix IV tomonidan protestantlar va katoliklar uchun tenglikni joriy etish uchun 1598-yili qabul qilingan Nantes farmonini bekor qilishga undagan. 1764-yili Jenevada “Falsafiy lug’at” nashr etildi, unda fransuz faylasufi, ma’rifatchi, tarixchi va shoiri Volter (1694–1778)ning “fanatizim” so’ziga bergan izohi chop etildi. Volterning ta’kidlashicha aqidaparast shaxs — “O’z nodonligini kuch orqali himoya qiluvchilar”dir. Ular o’z g’oyasini himoya qilar ekan, unga qarshi bo’lgan barcha insonlarga nisbatan kuch ishlatish va qatl qilishga tayyordir. Bunga misol sifatida Volter tarixiy Varfolamey kechasini misol qilib keltiradi. “Aqidaparastlar — bu o’zlarining g’oyalaridan o’zgacha fikrlovchilarga o’lim hukmini o’quvchi sudiyalardir” — deya e’tirof etgan edi Volter. Diniy aqidaparastlik psixologiyasi to’g’risida to’xtalar ekan, Volter — bu shunchaki “johillik mevasi” yoki Beyl ta’kidlaganidek “ibtidoiy jon” emas, balki olamon psixologiyasi bilan chambarchas bog’liq holatdir deya ta’kidlaydi. Fanatiziya har doim qabihlik va shafqatsizlik xususiyatiga egadir. U ayni vaqtda xurofot, g’azab va johillik kabi illatlarning asoschisi hisoblanadi deb alohida e’tirof etadi Volter. Shu o’rinda alohida ta’kidlash zarurki, diniy fanatizimni yuzaga kelishining nafaqat ijtimoiy balki psixologik ildizlari ham mavjud.
Diniy aqidaparastlik tushunchasi haqida so’z borar ekan, e’tiborni xarakter aktsentuatsiyasi tushunchasiga qaratish zarurdir. Ma’lumki, shaxsdagi xarakter aktsentuatsiyasi — shaxsdagi bir xarakter xususiyati boshqalariga ko’ra bo’rktiribroq namoyon bo’lishi va muayyan shaxsning o’ziga xos xususiyati sifatida gavdalanadi. Xarakter aktsentuatsiyasi — norma va patologiya o’rtasidagi oraliq bosqich sifatida qaralib, uning patologik bosqichiga qadar namoyon bo’lishi psixopatiyaga aylanish xavfini tug’diradi. Xarakterning aktsentuatsiyalashganligi turli ijtimoiy-psixologik og’ishlarni yuzaga kelishiga zamin yaratishi mumkin. Shaxsdagi turli fanatik holatlarni va hatto diniy fanatizimning ham kelib chiqishda xarakter aktsentuatsiyasining ahamiyati katta bo’lishi mumkin. Quyida bu kabi holatlarga ta’sir etuvchi turli aktsentuatsiya tiplarini keltirib o’tamiz: demonstrativ (namoyishkorona) tip. Ushbu turdagi xarakter aktsentuatsiyasi egasi doimo diqqat markazida bo’lishga intiladi, uning barcha faoliyati aynan shu masalaga yo’naltirilgan holda kechadi. Bu turdagi xarakter anomaliyasi asosida o’z dinini va e’tiqodini barchaga ko’z-ko’z qilish orqali har qanday yo’l bilan o’zining dindorligini barchaga e’lon qilishga intiladi. Aslida esa dinning asosiy talablariga subyektiv tarzda e’tiqod qilmaydigan aqidaparast shaxs shakllanadi.
Distim shizioid tip. Bu turga mansub shaxslar emotsiyalari sust ifodalangan va introvert tipdagi bo’lib, ko’p holatlarda salbiy kayfiyatda bo’ladilar. Bu xildagi xarakter asosida diniy qarashlariga mukkasida ketgan va atrofdagi insonlarga va voqelikga nisbatan befarq shaxs shakllanadi. Shuningdek, bunday shaxslar o’z xatti-harakatlarining boshqa insonlarga nisbatan ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’siriga befarq qaraydilar.
Epileptoid— qo’zg’aluvchan . Bu kabi xarakter aktsentuatsiyasiga mansub shaxslarda shafqatsizlik, tajovuzkorlik va reaktivlik xususiyatlari ajralib turadi. Qo’zg’aluvchan odamlarning reaksiyalari impulsiv bo’lib, ular biror narsani xushlamasalar masalaga kelishuv asosida yondashmaydi aksincha bag’rikenglik ular uchun begona. Aksincha yuz ifodalari va so’zlari bilan salbiy emotsiyalariga erk berishni va o’z talablarini ochiqcha e’lon qilishga moyildir. Qotib qolgan tip Bu kabi xarakter xususiyatidagi shaxslarda adolatga intilish va qasos olishga moyillik yorqin ifodalangan bo’lib, bu xarakter aktsentuatsiyasiga ega bo’lgan shaxslarda diniy aqidaparastlikning yuzaga kelishi boshqa turlaridan ko’ra xavfli hisoblanadi. Bu kabi insonlardan jamiyat uchun turli tahdidlarni keltirib chiqarishi mumkin. Rus diniy va siyosiy faylasufi Nikolay Aleksandrovich Berdyaev (1874–1948) o’zining 1937-yili “Russkie zapiski” jurnalida chop qilingan “Aqidaparastlik, ortodoksiya va haqiqat haqida” nomli maqolasida diniy aqidaparastlikka tanqidiy fikrlarini bildirib o’tadi. U “aqidaparastilik” so’ziga sinonim sifatida “murosasizlik” nisbiy ma’noda rashkchi ma’nosini keltiradi. Uning fikricha aqidaparast shaxs xuddi rashkchi bir insondek barcha yerda xiyonat va sotqinlikni ko’radi. Bunday shaxslar o’ta shubha va gumonlarga beriluvchan bo’lib, go’yoki hamma yerda uning e’tiqodiga nisbatan fitna uyushtirilayotgandek tuyuladi. Berdyaev diniy aqidaparastlikning ziddiyatli xususiyatlariga ishora qilib quyidagi fikrlarni keltirib o’tadi: “Aqidaparast shaxs doimo o’zining qandaydir taqib ostida deb his qiladi, atrofda uni shaytonning turli xiyla-yu nayranglari qamrab olganday his qiladi. O’zini doimo turli dushmanlarining taqib osti deb his qiluvchi inson — o’ta xavfli mavjudotdir, xavfda yashovchi inson o’zi ham aslida taqib qiluvchiga aylanadi”.
Berdyaevning fikricha aqidaparast insonlar shaytonga ilohning mavjudligidan ko’ra ko’proq e’tiqod qiladilar. Aqidaparast insonlar o’z ichki qo’rquvini yengish uchun zo’ravonlik qiladi, bu ularning ojizliklarining yaqqol na’munasi. Uning e’tiqodi salbiy tusga ega, chunki aqidaparastlikning asli xam e’tiqodning ojizligining yaqqol dalilidir. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, aqidaparastlikni keltirib chiqaruvchi birlamchi omil ilmsizlikdir, ya’ni shaxs ma’nan kuchli e’tiqodga ega bo’lishi mumkin, lekin uning e’tiqodi zaruriy bilim va ko’nikmalar bilan boyitilmagan bo’lsa, unda dinning asl mohiyatini tushunish, uni ijtimoiy hayotga tatbiq etishda ko’r-ko’ronalik va fundamentalizim kabi yondashuvlarga berilish ustunlik qilishi mumkin. E’tibor qiladigan bo’lsak, aslida barcha dinlar insoniyatni komillikka, yaratuvchanlik va buyuk qadriyatlarga chorlaydi. Agar shaxsga nazar solsak undagi tug’ma instinktlar uning biologik jihatidan himoyalovchi bo’lib xizmat qilsa, din insoniyatni ma’naviy olamini himoya mexanizmi hisoblanadi. Din va diniy e’tiqod asli turli ijtimoiy-psixologik muommolarni keltirib chiqishi emas, balki ularni oldini olish uchun mavjud normalar yig’indisi sifatida jamiyatda rol o’ynashi zarur. Shundagina biz uchun yot bo’lgan turli aqidaviy buzulishlar va ma’naviy og’ishlar o’rnini yaratuvchanlik, komillik kabi buyuk insoniy qadriyatlar egallashi mumkin.
Diniy ekstremizmning tarixiy ildizlari va oqimlari. Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholi keng qatlamlarida vahima va qo’rquv uyg’otishga qaratilgan siyosiy kurashning o’ziga xos usulidir. U yashirin (konspirativ) ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatni egallash maqsadida amalga oshiriladi. Terrorchi guruhlar jamiyatda aholining keng qatlami nomidan harakat qilayotgandek taassurot uyg’otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.
Terrorizmning eng asosiy xususiyatlaridan biri ushbu harakat tarafdorlarining “Kuch ishlatish va zo’ravonlik davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi parokandalikka olib keladi”, degan g’oyaga asoslanib harakat qilishlaridir. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush bo’lmayotgan, demokratik institutlar faoliyat ko’rsatayotgan, tinchlik hukmron jamiyat sharoitida muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zo’rlik yo’li bilan hal qilishga intilishda ko’rinadi.
O’zbekiston mustaqilikka erishgach, mazkur hudud turli manfaatdor kuchlarning nishoniga aylandi. Siyosiy maqsadlarni din niqobi ostida amalga oshirishga intiluvchi diniy-ekstremistik va terrorchilik guruhlari mintaqaga suqilib kirishga harakat qildilar. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish uchun mustahkam asosga ehtiyoj sezildi. 2000-yil 15-dekabrda O’zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi Qonunining qabul qilinishi davlatimiz suvereniteti va xalqimiz farovonligi, yurtimiz taraqqiyotiga katta tahdid soluvchi terrorizmga qarshi kurash borasida katta qadam bo’ldi.
Terrorizm (lotincha “qo’rqitish”, “vahimaga solish”) – aholining keng qatlamlarida vahima va qo’rquv uyg’otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizm shaklini oldi. Bunday shaklda u xalqaro ijtimoiy-siyosiy aks-sado beradigan qo’poruvchilik sifatida namoyon bo’lmoqda.
Diniy ekstremizm – jamiyat uchun an’anaviy bo’lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid bo’lgan g’oyalarni aldov va zo’rlik bilan targ’ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi.
Ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bog’liq bo’lgan yagona jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir.
Diniy-ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Mutaassiblik muayyan g’oyalarning to’g’ri ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan ketish, “o’zgalar” va “o’zgacha” qarash va g’oyalarga murosasiz munosabatda bo’lish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda, ularni tan olmaslikda namoyon bo’ladi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yo’nalishlar orasida keskin nizo va to’qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo’lgan.
Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik g’oyalarning tarqalishiga sabab bo’lishi mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, diniy ekstremistik tashkilotlarning aksariyati o’z nomini muqaddas islom dini bilan bog’lashga urinadi. Ular o’zlarini “najot topgan guruh”, qolgan musulmonlarni esa kofir deb hisoblaydilar.
“Islom” so’zining lug’aviy ma’nolaridan biri “tinchlik” bo’lib, u hech qachon buzg’unchilikka, qotillikka undamagan va undamaydi ham. Zamonaviy terrorchilar esa buzg’unchilik va qotillik, odamlarni dahshatga solishni o’zlarining maslaklariga aylantirib olganlar.
Qur’oni karimda begunoh odamlarning joniga qasd qilish qoralanadi. Jumladan, “Niso” surasining 93-oyatida bunday marhamat qilinadi: “Kimda-kim qasddan bir mo’minni o’ldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir. Yana unga Alloh g’azab qilgay, la’natlagay va unga ulkan azobni tayyorlab qo’ygay”. 
Hadislarda ham bu borada ko’plab xabarlar kelgan. Jumladan, Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: “Rasululloh (s.a.v.): “Alloh taoloning nazdida bir musulmon kishining nohaq qatl etilishidan ko’ra, yorug’ dunyoning barbod bo’lib ketishi yengilroqdir”, dedilar”.
Hozirda dunyoda ko’plab ekstremistik va terrorchi tashkilotlar mavjud bo’lib, afsuski, ularning muayyan qismi islom dini niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatorida “Al-Qoida”, “Hizbut-tahrir al-islomiy” (Ozodlik islomiy partiyasi), “Al-Jihod”, “At-Takfir val-hijra” (Takfir va xijrat), “Turkiston islom harakati”, “Islomiy jihod ittihodi” (Islomiy jihod uyushmasi), “Katibatul Imam al-Buxari” (Imom Buxoriy bataloni), “Jamoat Ansorulloh” (Allohning yordamchilari jamoasi), “Jabhatun-nusra” (G’alaba fronti) va “Islom davlati” kabi tashkilotlarni sanash mumkin.
Darhaqiqat, hozirgi kunga kelib diniy-ekstremistik tashkilotlar keng tarmoqli tizimga aylanib ulgurdi. Bu chuqur o’ylangan strategiyaning bir qismidir.
Avvalo, barcha ekstremistik tashkilotlar bir tadqiqot markazi, ta’bir joiz bo’lsa, “g’oyaviy laboratoriya”lar mahsuli ekanini alohida qayd etishimiz lozim. Shu o’rinda, diniy-ekstremistik oqimlarni bajaradigan funktsiyalariga ko’ra shartli ravishda 3 guruhga bo’lishimiz mumkin.
Birinchi guruhga kiruvchi tashkilotlarning asosiy vazifasi odamlarni go’yoki “islomlashtirish”, “taqvoga chaqirish”dan iborat. Bunday guruhlar qatoriga “Tablig’chilar” harakatini kiritish mumkin.
Ikkinchi guruh tashkilotlari esa aholiga mutaassiblik g’oyalarini singdirish, ulardan muayyan g’oya va rahnamoga og’ishmay, so’zsiz ergashadigan “kadr”larni tayyorlash bilan shug’ullanadi. Bunday guruhlar qatoriga “Hizbut-tahrir” kabi diniy-ekstremistik tashkilotlarni kiritish mumkin.
Uchinchi guruhga mansub harakatlar esa hech qanday asossiz musulmon diyorlarni “kufr diyori” deb e’lon qilib, u yerdagilarni “hijrat” qilishga undash orqali turli nizo va fitna o’choqlariga jalb qilish, qo’lga qurol olib tinch aholi vakillari va boshqa din vakillarini qirish orqali mintaqada urush olovini yoqish, jihod tushunchasini noto’g’ri talqin qilish orqali yoshlarni qotilliklar qilishga chorlash bilan shug’ullanadilar. Bu guruhga barcha terrorchi tashkilotlarni kiritishimiz mumkin.
Oxirgi paytlarda dunyoning ko’plab mintaqalarini qamrab olgan terrorizm va ekstremizm bilan bog’liq muammolar faol muhokama qilinmoqda. Terrorizm va diniy-ekstremizmga qarshi kurash Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, O’zbekiston uchun ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda diniy-ekstremistik, terroristik guruhlar faoliyatida muhim o’zgarishlar kuzatilmoqda. O’zbekiston va boshqa davlatlarda diniy-ekstremistik, terroristik harakatlarga nisbatan olib borilayotgan murosasiz yondashuv natijasida guruh a’zolari o’z harakatlarini ochiq namoyon etishni ma’qul ko’rmay, aksincha, xufyona targ’ibot-tashviqot ishlari orqali, jumladan internet orqali o’z g’oyalarini tarqatish bilan faoliyatlarini jadallashtirishmoqdalar. 
G’oyaviy jihatdan milliy manfaatlarga zid bo’lgan diniy mazmundagi mahsulotlarni respublika hududiga olib kirish va tarqatishga urinish holatlari O’zbekistonda ham kuzatilmoqda. Bu kabi ekstremistik ruhdagi mahsulotlarni internet va boshqa yo’llar orqali tarqatilishi aholi tomonidan dinning noto‘g‘ri talqin etilishiga, kam ma’lumotga ega o’quvchilar ma’naviy ongining buzilishiga, turli e’tiqod va qarashlarga ega bo’lgan odamlar, xususan yoshlar orasida adovat va xusumat uyg’onishiga zamin yaratmoqda. Shu bilan birga, bunday faoliyatlar hukumatga qarshi yo’naltirilgan va O’zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligiga muayyan tarzda tahdid solishni maqsad qilgan.
20-asr oxirlarigacha diniy-ekstremizm va aqidaparastlikni tarqatish va aholi orasida yoyishning asosiy qurollari bo’lib turli adabiyot va nashrlar xizmat qilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiya vositalari rivojlangan hozirgi davrda ommaviy axborot vositalari, ayniqsa internet tarmog’i diniy ekstremistik va aqidaparastlik g’oyalarini tarqatishning eng optimal va qulay manbaiga aylandi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, hozirda turli guruh va oqimlar tomonidan diniy ekstremizm va aqidaparastlikni targ’ib qilishda, jamiyatda norozilik kayfiyatini tarqatishda ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanilmoqda. Internet orqali suhbat olib borish jarayonida yoshlarga “kufr diyori”, “hijrat”, “jihod”, “shahidlik”, “xalifalikni tiklash” kabi g’oyalar singdirilib, ular turli to’qnashuv va nizo o’choqlariga jalb qilinmoqda. Turli kuchlarning nog’orasiga o’ynayotgan diniy-ekstremistik va terrorchi oqimlar tomonidan u yerlarda amaliyotni o’tab kelgan aqidaparast, diydasi qotgan, mustaqil fikrlashdan mahrum, rahnamolarining har qanday buyruqlarini qonun deb biluvchi zombi-jangarilardan tinch mintaqalarda ham turli nizolar va beqarorliklarni keltirib chiqarishda foydalanish maqsadi bugun ko’pchilikka ayon haqiqatdir.
Internet tarmog’ining chegara bilmasligi, sun’iy yo’ldosh orqali efirga uzatiladigan fazoviy kanallarga to’siq qo’yishning iloji yo’qligini hisobga oladigan bo’lsak, hozirgi kunda bu kabi buzg’unchi g’oyalardan aholini, xususan yoshlarni asrash uchun ularda bu kabi yot g’oyalarga qarshi ma’naviy immunitetni hosil qilish, internet va OAV orqali mazkur guruhlarga asosli raddiyalar berish, sof diniy ta’limotlarni yoshlarga yetkazish, ularni xalqparvarlik, vatanparvarlik, milliy va diniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega ekanligi yaqqol namoyon bo’ladi.
Turli buzg’unchi oqimlarning domiga ilinib qolmaslik uchun yoshlarimiz quyidagilarga e’tibor qaratishlari lozim:
- diniy-ekstremistik ruhdagi saytlarga kirmaslik. Bunday saytlarning alomatlari: joylashtirilgan materiallarda “hijrat” va “jihod”ga da’vat qilish, dunyoviy hukumat va tuzumlarni kofirlikda ayblash, davlat mustaqilligi, Yangi yil, Navro’z, 8-mart kabi bayramlarni, tug’ilgan kunni nishonlashni harom deb e’lon qilish, Afg’oniston, Pokiston, Iroq, Suriya kabi mamlakatlardagi jangarilarni madh etish. Shuningdek, Muhammad ibn Abdulvahhob, Ibn Taymiya, Nosiriddin Alboniy, Sayyid Qutb, Ayman az-Zavohiriy, Usoma bin Lodin, Abduvali qori, Obid qori, Rafiq qori, Rashod qori kabi aqidaparast shaxslarning kitoblari, fatvolari, audiomurojaatlari, savol-javob shaklidagi ma’ruzalari mavjudligi;
- ijtimoiy tarmoqlar, turli forumlarda diniy mavzuda ilmoqli, nozik savollar berib suhbatga chorlayotgan shaxslar bilan muloqotdan tiyilish, dunyoviy jamiyatni tanqid qilib, mutaasibona diniy turmush tarzini da’vat qilayotgan shaxslar bilan umuman aloqa qilmaslik;
- elektron pochta orqali noma’lum shaxslardan kelgan diniy mazmundagi da’vat va tanishuv haqidagi takliflarga javob bermaslik, yuborilgan elektron materiallarni yuklab olmaslik;
- mobil telefonlarga bilib-bilmay mutassiblik ruhidagi nashidalar (qo’shiqlar), ma’ruzalar, suratlar, videoroliklar yuklab olmaslik va tarqatmasik.
Bu holat aksariyat hollarda maktab, kollej o’quvchilari va institut talabalari orasida kuzatiladi. Mutaassiblik va aqidaparastlik ruhidagi ma’lumotlarni bilib-bilmay yuklab olish, saqlash yoki uni boshqa shaxslarga tarqatish esa O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksining 1842-moddasiga muvofiq, shuningdek Jinoyat Kodeksining 2441-moddasiga ko’ra “Diniy-ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g’oyalari bilan yo’g’rilgan, qirg’in solishga yoki fuqarolarni zo’rlik bilan ko’chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek, diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash, saqlash” eng kam ish haqining uch yuz baravaridan to’rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qo’yilgan;
- ehtiyoj tug’ilgan diniy mavzudagi ma’lumotlarni faqat “uz” domenida rasmiy faoliyat olib borayotgan davlat va diniy tashkilotlar saytlaridan olish.
Yurtimizda tinchlik, farovonlik va millatlararo o’zaro totuvlik hukm surmoqda. Bu bebaho ne’matlarning qadriga yetish barchamizning burchimizdir. Bu tinchlik, taraqqiyot va farovonlik o’z-o’zidan bo’layotgani yo’q, albatta. Bu, avvalambor, Alloh taoloning bizga ravo ko’rgan cheksiz inoyati bo’lsa, ikkinchidan, hukumatimiz tomonidan vijdon erkinligi va diniy bag’rikenglikni ta’minlashda olib borilayotgan oqilona siyosat natijasidir.
Yuqoridagi mulohaza va dalillar, diniy-ekstremizm va terrorizmning nafaqat umume’tirof etilgan zamonaviy qonunlar, balki islom dini asoslariga ham zid ekanini ko’rsatadi.
Shunday ekan, diniy-ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda barchamiz o’z mas’uliyatimizni his etishimiz, ogoh bo’lishimiz, vatanimizning kelajagi uchun javobgar ekanimizni unutmasligimiz lozim.
Terrorizm va diniy terrorizm tushunchasi, shakllari, sabablari va ularga karshi kurash mexanizmlari. Terrorizm bu insoniyatning ashaddiy dushmani. Xalqaro tinchlik va osoyishtalikka tahdid solayotgan hozirgi davrning o’ta salbiy ijtimoiy hodisasi. Aniqroq qilib aytganda terrorizm – millati, dini va ma’lum hududi yo’q ofat, XXI asrning dahshatli vabosi. U bugun vujudga kelmagan, qadim-qadimdan mavjud.
Terrorizm so’zi lotincha – terrore so’zidan olingan bo’lib dahshat , vahima, falokat ma’nosini anglatadi. Terrorizm qadim va o’rta asrlar davrida boylik orttirish uchun kurashgan bir guruh qaroqchi, banditlar harakati ko’rinishida bo’lgan. XIX asr o’rtalaridan bu harakat «o’ta inqilobiy harakat», fitnachilar, qo’poruvchilar harakati shaklini oldi.
Masalan Rossiyada narodniklar chiqishi va boshqa XX asr o’rtalaridan boshlab terrorizm keng siyosiy tus oldi, ko’p mamlakatlarga yoyildi, xalqaro xarakter shaklini oldi. Insoniyatga behisob fojealar keltirdi. U qaysi mamlakatda sodir bo’lmasin surbetlarcha oddiy xalq va din nomidan ish ko’radi. o’zini go’yo xalq manfaatini va dinning sofligini ko’zlovchilar sifatida ko’rsata boshladi.
Masalan G’arbiy Germaniyada «Qizil armiya», Italiyada «Qizil brigada», Ispaniyada basklar tashkiloti, Olgsterda (Angliya)«Inqilobiy xaloskorlar armiyasi», Peruda «Porloq hayot», Afg’onistonda «Hisb-ut-tahrir», «Al-Qoida», «Islom lashkarlari» va boshqa nomlar bilan yuritildi. Xalqaro terrorizmning eng ishonchli tayanchi Afg’oniston, Chechiniston, Janubiy Tojikiston bo’lib qoldi.
Xalqaro terrorizmning mohiyati va maqsadi nimadan iborat? Terrorizm bu – begunoh odamlarni, xususan davlat va jamiyat rahbarlarini suiqasd yo’li bilan o’ldirish, garovga olish, jamoat binolari, turar joylar, ijtimoiy obyektlarni, transport vositalarini portlatish yo’li bilan xalqni hukumatdan norozi qilish, parokandalikni vujudga keltirish orqali hokimiyatni qo’lga olishga qaratilgan jinoiy guruh harakatidir.
Xalqaro terrorizmning hozirgi xususiyatlari nimadan iborat?
Bular tubandagilar:
Terrorizm ilgari ham, hozir ham xalq nomidan gapiruvchi go’yo xalq manfaatini aks ettiruvchi soxta ko’rinishi saqlab kelyapdi. Bu bosh xususiyat bo’lib, uning barcha ko’rinishlariga xosdir.
Ilgari terrorchilar turli mamlakatlarda bir-birlaridan ajralgan holda harakat qilardi. Endilikda esa ularning faoliyati bir yoki bir nechta qudratli markazlar tomonidan boshqariladigan xalqaro jinoyatchi guruhlarning siyosiy harakatiga aylandi.
Yüklə 40,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə