Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi Sikllarning retsessiya va yuksalish orqali ro‘y berishi



Yüklə 3,39 Mb.
səhifə1/4
tarix26.10.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#130881
  1   2   3   4
Nazariya


__

__
    • 3) Inqirozlarning mazmuni va turlari
    • 4) Ishsizlik va uning turlari

__
    • 5) Inflyasiya, uning kelib chiqish sabablari va turlari

Makroiqtisodiy beqarorlik: inqiroz, ishsizlik va inflyatsiya
Reja:
Har qanday mamlakat iqtisodiy o‘sishga, iqtisodiy resurslarning to‘la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta’sirida tebranib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida milliy ishlab chiqarish va uning ayrim bo‘g‘inlarda uzilishlar paydo bo‘ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi hisoblanadi.
Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi
Bozor iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sish milliy xo‘jalikda hal qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni tavsiflovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar – YAIM, milliy daromad, bandlik va narx darajasidagi iqtisodiy tebranishlar bilan birga ro‘y beradi.
Iqtisodiy tebranishlar – bu muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘zlarining barqaror holatidan farqlanishidir. Davriy o‘sish ishlab chiqarishdagi tanazzullik bilan almashinadi va iqtisodiy sikllar vujudga keladi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqtisodiy sikl milliy iqtisodiyotning bir inqiroz boshlangandan keyingi inqiroz boshlanguncha davrdagi harakat shaklidir.

Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan davrni ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko‘rsatiladi . Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi.
Iqtisodiy siklning bir qator fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi.
Sikllilik, ishlab chiqarishning davriy tushib turishi deyarli 200 yil davomida bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarga xos bo‘lgan.
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko‘rinishdagi nazariyalarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.
Sikllarning retsessiya va yuksalish orqali ro‘y berishi
Ko‘pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning ob’ektiv tavsifini tan olib, bu hodisani unga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali o‘rganishni tavsiya qiladi. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariya eksternal nazariya deb ataladi.
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
  • - urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;
  • - oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;
  • - yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog‘liq ravishda aholi migratsiyasi, er shari aholisi sonining o‘zgarib turishi;
  • - ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‘zgarishlar.

Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‘ziga xos ichki omillari ta’sirida vujudga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi.
Asosiy kapitalning jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirib, xizmat muddati tugashi va uning yangilanishi ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy siklni keltirib chiqaruvchi muhim ichki omillardan biri sifatida qaraladi.
Agar bir yoki bir necha tarmoqda mashina-uskunalarga talabning keskin ortishini keltirib chiqaradigan iqtisodiy o‘sish boshlansa, tabiiyki, bu hol mashina va uskunalar to‘liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida bu muddat qisqarib boradi va inqirozlar tez takrorlanadi.
Shuningdek, siklni keltirib chiqaruvchi boshqa ichki omillar ham ajratib ko‘rsatiladi:
  • - shaxsiy iste’molning o‘zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);
  • - investitsiyalar, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmi;
  • - ishlab chiqarish, talab va taklif hajmiga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining o‘zgarishi.

Sikl turlari

Siklning davomiyligi


Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə