Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi Sikllarning retsessiya va yuksalish orqali ro‘y berishi



Yüklə 3,39 Mb.
səhifə3/4
tarix26.10.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#130881
1   2   3   4
Nazariya

Friksion ishsizlik. Kasb, faoliyat xili va turini tanlash erkinligi mavjud bo‘lgan sharoitda ayrim xodimlar har qanday vaqtda “ishlar o‘rtasida” holatiga tushib qoladilar. Kimdir o‘z ish joyini ixtiyoriy ravishda o‘zgartiradi. Boshqalar esa ishdan bo‘shatiladi va ular yangi ish qidiradilar. Yana kimlardir esa mavsumiy ishni (masalan, qurilishda ob-havo yomonlashganligi sababli) vaqtincha yo‘qotadilar. SHuningdek, birinchi marta ish qidirayotgan xodimlar toifasi, eng avvalo, yoshlar ham mavjud.
Tuzilmaviy ishsizlik. Friksion ishsizlik sezilarsiz tarzda “tuzilmaviy ishsizlik” deb nomlanuvchi ikkinchi toifaga o‘tadi. Iqtisodchilar “tuzilmaviy” atamasidan “tarkibiy” ma’nosida foydalanadilar. Vaqt o‘tishi bilan iste’mol ehtiyojlari va texnologiyalar tizimida o‘zgarishlar yuz berib, ular, o‘z navbatida, ishchi kuchiga bo‘lgan umumiy talab tuzilishini o‘zgartiradi.
Davriy ishsizlik. Davriy ishsizlik inqiroz davrida, ya’ni umumiy yoki qo‘shilgan xarajatlarning etishmovchiligi bilan tavsiflanadigan iqtisodiy sikl fazasida yuzaga keladi. Mahsulotlarga va xizmatlarga bo‘lgan umumiy talab kamayib ketganda bandlik qisqaradi, ishsizlik esa ko‘payadi. SHu sababli davriy ishsizlik ba’zan talabning tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan ishsizlik, deb nomlanadi.

To‘liq bandlik ishsizlikning mutlaq yo‘qligini anglatmaydi. Iqtisodchilar friksion va tuzilmaviy ishsizlikni muqarrar deb biladilar; taalluqli ravishda, to‘liq bandlik ishchi kuchining 100%idan kamrog‘ini qamrab oluvchi bandlik sifatida ta’riflanadi. Aniqroq qilib aytganda, to‘liq bandlik sharoitida ishsizlik darajasi friksion va tuzilmaviy ishsizlik darajalarining umumiy yig‘indisiga teng.
Boshqacha qilib aytganda, to‘liq bandlikda ishsizlik darajasiga davriy ishsizlik nolga teng bo‘lganda erishiladi. To‘liq bandlikda ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasi deb ataladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi bilan birlashgan ichki mahsulotning aniq hajmi iqtisodiyotning ishlab chiqarish potensiali deb ataladi. Bu resurslarning to‘liq bandligida iqtisodiyot ishlab chiqara oladigan mahsulotning aniq hajmi sanaladi.
To‘liq bandlikda ishsizlik darajasi yoki ishsizlikning tabiiy darajasi, ishchi kuchlari bozoriga ish qidirayotganlarning soni bo‘sh ish o‘rinlariga teng bo‘lgan mazmunda barqaror muvozanatda kirib kelganida belgilanadi. Ishsizlikning tabiiy darajasi – bu qandaydir ijobiy kattalik, chunki “friksion” ishsizlarga tegishli bo‘sh ish o‘rinlarini topish uchun vaqt kerak bo‘ladi. “Tuzilmaviy” ishsizlarga ham malaka oshirish yoki ish topish uchun boshqa joyga ko‘chib o‘tish uchun vaqt kerak bo‘ladi.
Inflyasiya makroiqtisodiy beqarorlikning ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi.
Inflyasiya, uning kelib chiqish sabablari va turlari

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə