Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi Sikllarning retsessiya va yuksalish orqali ro‘y berishi



Yüklə 3,39 Mb.
səhifə2/4
tarix26.10.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#130881
1   2   3   4
Nazariya

Asosiy xususiyatlari

Kitchin sikli

2–4 yil

Zaxir Zaxiralar miqdori: YAMM, inflyasiya, bandlikning tebranishi, tijorat sikllari

Jyuglar sikli

7–12 yil

Investitsion s Investision sikl : YAMM, inflyasiya va bandlikning tebranishi

Kuznets sikli

16-25 yil

yalpi talab uy-joy qurilishi  immigratsiya Daromad

Kondratev sikli

40-60 yil

Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o‘zgarishlar

Forrester sikli

200 yil

Energiya va materiallar

Toffler sikli

1000-2000 yil

Sivilizatsiyalarning rivojlanishi

Siklli rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz hisoblanadi. SHunga ko‘ra ushbu fazaning mazmuni va uning turlarini batafsil ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Inqirozlarning mazmuni va turlari
Inqiroz bir siklni nihoyasiga etkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz ro‘y berganda asosiy kapitalning ortiqcha jamg‘arilishi uning hamma funksional shakllarida namoyon bo‘ladi.
Inqiroz paytida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar har doim pasayish tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik o‘zining eng past darajasiga tushib ketishi orqali tavsiflanadi. Shunga ko‘ra, iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmining keskin tushib ketishini bildiradi.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to‘lovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo‘ladi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to‘xtab qoladi, tovarlar taklifi kamayadi, ishlab chiqarishning o‘sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning o‘sishi inflyasiya, ya’ni narxlar umumiy darajasining asossiz ravishda keskin ko‘tarilishi sababli orqaga ketadi. SHunday davrlar ham bo‘ladiki, bunda iqtisodiy o‘sish bandlik va ishlab chiqarishning past darajasiga o‘rin beradi, ayrim hollarda narx darajasining ko‘tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin ortadi.
Qisqacha aytganda, iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli tamoyillari ham ishsizlik, ham inflyasiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi. Inqirozlarning asosiy sababi – takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish va uning natijalarini o‘zlashtirish o‘rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarda namoyon bo‘ladi.
Rivojlangan tovar xo‘jaligi paydo bo‘lgunga qadar ishlab chiqarishning keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg‘oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan. Yirik mashinali ishlab chiqarishga o‘tilgan davrdan keyingi vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar takror ishlab chiqarishga siklik tavsifni kasb etadi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro‘y bersada, ularni umumiy, o‘xshash tomonlarini nazarda tutib, guruhlarga ajratish mumkin.
1. Xo‘jalik tizimida muvozanatning buzilishi ko‘lamiga ko‘ra inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan turlarga ajratish mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo‘jalikni qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya’ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro‘y beradi.
Pul-kredit sohasidagi inqiroz. Mamlakatda pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi bo‘lib, bunda tijorat va bank krediti taklifini qisqaradi. Aksiya va obligatsiyalarning kursi, bank foiz stavkasi tushib ketishi natijasida banklar sinib, bankrotlikka uchraydi.
Valyuta inqirozi. Bunda banklarda valyuta zaxirasi tugab, milliy valyuta kursi keskin tushib ketadi. Birja inqirozi. Bu qimmatli qog‘ozlar kursining tezda keskin tushib ketishi, ularni emissiya qilishning qisqarishi natijasida fond birjalari faoliyatidagi chuqur tangligini ifodalaydi. Ekologik inqiroz. Atrof-muhitning keskin buzilishi natijasida eng avvalo kishilar sog‘lig‘ini yo‘qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan darajadagi vaziyatning vujudga kelishida ifodalanadi.
Tarkibiy inqirozlar. Bu inqi-rozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi. Tarkibiy inqirozlar milliy xo‘jalikning biron-bir tarmog‘ini qamrab olib, ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgarishni taqozo qilsada, aks holda me’yoridagi xo‘jalik aloqalarining buzilishiga sabab bo‘ladi.
To‘liq bandlikka ta’rif berishdan oldin, dastlab ishsizlikning friksion, tuzilmaviy va davriy kabi uchta asosiy turi bilan tanishib chiqish kerak.
Ishsizlik va uning turlari

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə