Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi Sikllarning retsessiya va yuksalish orqali ro‘y berishi



Yüklə 3,39 Mb.
səhifə4/4
tarix26.10.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#130881
1   2   3   4
Nazariya

Inflyasiya (lotincha inflatio-shishirilgan) tushunchasi birinchi marta shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida ishlatilgan va muomaladagi qog‘oz pullarning ko‘payib ketishini anglatgan.
Iqtisodiy adabiyotlarda “inflyasiya” tushunchasi XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng qo‘llanila boshlagan.

Inflyasiya- bu pul aylanish kanallarining ortiqcha pul massasi bilan to‘lib ketishi oqibatida narxlar o‘rtacha (umumiy) darajasining ko‘tarilib borishini va natijada milliy pul birligining qadrsizlanishi ya’ni uning sotib olish layoqati pasayishini anglatadi.
Inflyasiya narx darajasining barqaror o‘sishi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu barcha narxlarning bir vaqtda muqarrar o‘sib borishini bildirmaydi. Narxlar nomutanosib o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi. Biri sakrab o‘ssa, boshqasi ancha ma’yoriy sur’atda ortadi, uchinchisi umuman ko‘tarilmaydi.
Deflyasiya – inflyasiyaga qarama-qarshi jarayonni, ya’ni narxlarning umumiy darajasining pasayib borishini bildiradi. Inflyasiya quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
  • tovar (xizmat)larning mavjud taklifiga nisbatan muomaladagi naqd pullar yoki moliyaviy aktivlar hajmining haddan tashqari ortib ketishida.
  • pulning sotib olish layoqatining pasayib borishida.
  • narxlarning uzoq muddatli umumiy o‘sishida.

Inflyasiyaning kelib chiqish sabablari.
Inflyasiya beqarorlikning ko‘p qirrali shakli bo‘lganligi sababli, uni keltirib chiqaradigan sabablar ham har xil bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda narx o‘sishini keltirib chiqaradigan barcha omillar ham inflyasion hisoblanavermaydi.
Jumladan, kon’yukturaning siklli tebranishi, tabiiy ofatlar (suv toshqini, yong‘in, zilzila va h.k.) natijasida narx o‘sishini inflyasion deb hisoblash mumkin emas.
Inflyasion kutilish. Aholi va ishlab chiqaruvchilarning inflyasion kutilishini bartaraf qilishga erishishi inflyasiyaga qarshi siyosatning muhim vazifasi hisoblandi. Inflyasion kutilish kishilarning joriy iste’molidan ortiqcha tovarlarni xarid qilishiga olib keladi. Ishlab chiqaruvchilar ham tez orada xom-ashyo, materiallar va butlovchi qismlar yanada qimmatlashishini kutib, mahsulotlariga yuqori narxlarni o‘rnatib boradi.
E’tiboringiz uchun
raxmat
Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə