Mavzu: Qadimgi misr madaniyati



Yüklə 5,53 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü5,53 Kb.
#134131
6-sinf ochiq dars

Mavzu: Qadimgi Misrda din.

Tuzuvchi: Ro`ziboyev A

Tel: 88-52518-07-53

E-pochta: xorazmshoh1995@gmail.com

Misrliklarning xudolari

Misr aholisi uchun din kundalik turmushning ajralmas bir bo‘lagi hisoblangan.

Qadimgi misrliklar xudolar hayvonlar siymosiga o‘tib olib, mushuk, qo‘y, ho‘kiz, arslon, sigir shaklida odamlar orasida yashaydi, deb hisoblashgan.

Misrliklar xudolarning bir qancha joni mavjud: ulardan biri hayvon tanasida, boshqasi esa haykalida yashaydi, deb o‘ylashgan.

Misrliklar xudolarning bir qancha joni mavjud: ulardan biri hayvon tanasida, boshqasi esa haykalida yashaydi, deb o‘ylashgan.

Kohinlar – ibodatxona ruhoniylari, xudolarni dindorlar in’om tariqasida keltirgan narsalar bilan boqish kerak, deb ishonishgan.

Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisning bosh xudosi – Ptax bo‘lgan. Ptax

Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisning bosh xudosi – Ptax bo‘lgan. Ptax

misrliklar e’tiqodicha, shunchalik qudratliki, uni asl qiyofasida ko‘rishning iloji yo‘q. Shu sababli

ham bu xudoning Yer yuzidagi qiyofasi Apis bo‘lib, u peshanasi va belida oq qashqasi bo‘lgan qora ho‘kiz timsolida tasavvur etilgan.


Apis. Buqa timsolidagi hosildorlik xudosi

Mil. avv. 2-ming yillikdan boshlab esa Quyosh xudosi Amon-Ra fir’avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan. Dastavval ikkita xudo bo‘lgan: Fiva shahri homiysi Amon va Quyosh xudosi Ra, so‘ngra ikkalasi yagona xudoga birlashgan.

Mil. avv. 2-ming yillikdan boshlab esa Quyosh xudosi Amon-Ra fir’avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan. Dastavval ikkita xudo bo‘lgan: Fiva shahri homiysi Amon va Quyosh xudosi Ra, so‘ngra ikkalasi yagona xudoga birlashgan.

Fir’avnlar Quyosh xudosining o‘g‘illari dir, hukmdorlar hamma ishni o‘zining samoviy otasi amri bilan amalga oshiradi, degan qarash mavjud bo‘lgan.


Quyosh xudosi– Amon-Ra

Xapi – Nil xudosi – Misrdagi hayotning birlamchi

Xapi – Nil xudosi – Misrdagi hayotning birlamchi

manbai va posboni, Osiris – yerosti saltanati xudosi hisoblangan. Rivoyatda aytilishicha, Osiris Misrning ilk podsholaridan biri bo‘lib, o‘z xalqini dehqonchilikka o‘rgatgan. Birodari Set esa, Osirisni o‘ldiradi. Ammo Osirisning xotini Isida uni mumiyolagan va qayta tiriltirgan ekan. O‘shandan boshlab jon qaytib keladigan bo‘lishi uchun barcha marhumlar mumiyolanadi.

Kohinlar va ibodatxonalar

Kohinlar xudolar va odamlar o‘rtasida vositachi bo‘lishgan.

Kohinlar diniy marosimlarni bilar, qurbonlik o‘tkazar edilar. Kundalik turmushda ham kohinlarsiz biron ish qilish mushkul edi.


Kohinlar Nil toshqini vaqtini, qachon urug‘lik sochish va hosilni yig‘ishtirib olish muddatini aniq bilishgan. Barcha «nom»larda ibodatxonalar bo‘lgan, fi r’avnlar ularga katta-katta boylik va yerlar hadya etishardi.

Misr xudolari


Isida – Osirisning
xotini
Tot – Oy,
donishmandlik
va tabobat
xudosi
Anubis –
marhumlar
va mumiyolanganlar
xudosi
Mushuk
ko‘rinishidagi
go‘zallik xudosi
– Bastet

Misr xudolari


Maat – haqiqat
va adolat
ilohasi
Xatxor –
musiqa,
go‘zallik va
sevgi ilohasi
Osiris –
marhumlar
dunyosining
xudosi

E’tiboringiz uchun rahmat.


Yüklə 5,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə