Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 60,57 Kb.
səhifə1/9
tarix30.12.2023
ölçüsü60,57 Kb.
#166598
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kirish Asosiy qism Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning -fayllar.org


Kirish Asosiy qism Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi Bozor Iqtisodiyotining Davriy Rivojlanishi. Ishsizlik Makroiqtisodiy muvozanat: yalpi talab va taklifning makroiqtisodiy muvozanat modeli 4

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

SAMARQAND FILIALI

IQTISODIYOT FAKULTETI

“OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XO’JALIGI IQTISODIYOTI” kafedrasi

“MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASH” fanidan

“Umumiy makroiqtisodiy muvozanat” mavzusidagi



KURS ISHI

BAJARDI: 4- kurs, ORI-119-guruhi talabasi Abdullayev U.

ILMIY RAHBAR: Mardonov B.







Samarqand- 2023





Mundarija:



Kirish
Asosiy qism
1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi
2. Bozor Iqtisodiyotining Davriy Rivojlanishi. Ishsizlik
3. Makroiqtisodiy muvozanat: yalpi talab va taklifning
makroiqtisodiy muvozanat modeli
4. O'zbskistonda makroiqtisodiy barqarorlikni
ta'miplash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o'zgartirish vazifalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Resurslar, daromadlar va tayyor mahsulotlar bilan ayirboshlashning barcha jarayonlari uzluksiz, bir tekis kechayotgan bo’lsa, unda iqtisodiy tizim barqaror va muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati hayoliydir. Amalda u yoki bu resurslarning, tovar hamda daromadning ortiqchaligi yoki etishmasligi doimo uchrab turadi. Iqtisodiyotda umumiy muvozanatning shu kabi buzilish hollari inflyatsiya va ishsizlik darajasining, yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning o’sish sur’atlarini o’zgarishida namoyon bo’ladi.

Sanab o’tilgan hodisalar va jarayonlar ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha qatnashuvchilari yoki tizimning barcha iqtisodiy agentlarning faoliyatlari natijasida paydo bo’ladi va milliy iqtisodiyotni yaxlit ifodalaydi, ya’ni ular keng qamrovli xususiyatga ega. Shuning uchun ularni makroiqtisodiy jarayonlar va hodisalar deb ataladi.


Bugungi kunga kelib ko’pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda iqtisodiyotni tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo’lamiz. Davlat makroiqtisodiyotning boshqa sub’ektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida, o’z tasarrufida mavjud bo’lgan vositalar orqali ularni yo’naltirib turadi. Bu vositalar esa fiskal (byudjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir.
Inflatsiya sur’atlarining jilovlanishi, davlat budjeti taqchilligini tan olingan me’yorlarlardan ham past darajada bo‘lishini ta’minlanishi respublikamizda olib borilayotgan makroiqtisodiy siyosat samaradorligidan dalolat beribgina qolmasdan, iqtisodiyotimizga kiritiladigan investitsiyalar ko‘lamining oshishi, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda aholi real daromadlarini o‘stirishning muhim sharti hamdir.
Makroiqtisodiy barqarorlik va yalpi ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali aholining turmush farovonligi darajasini o‘stirish davlat iqtisodiy siyosatida bosh maqsad bo‘lib hisoblanadi.

Yüklə 60,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə