|
Агрегатные состояния вещества
|
səhifə | 2/6 | tarix | 04.01.2022 | ölçüsü | 1,11 Mb. | | #82585 |
| moddalarning agregat holatlari taxxx-конвертирован
S-Q qotish (muzlash)
Fazaviy o’tishlar - issiqlik ajralishi yoki yutilishi bilan boradi
Gaz – moddaning agregat holati bo’lib, uni tashkil qilgan zarralar (atomlar, molekulalar, ionlar) bir-biri bilan bog’lanmagan yoki kuchsiz o’zaro ta’sir kuchlari bilan bog’langan, erkin harakatlanishi mumkin, o’zi turgan idish hajmini to’la egallaydi.
Gazlarning asosiy xarakteristikalari:
Past bosimga ega, chunki zarralar bir-biridan uzoq masofada joylashadi.
Xususiy shaklga, xususiy hajmga ega emas; qaysi idishda bo’lsa, shu idishni to’la egallaydi va shakliga ega bo’ladi.
Oson siqiladi.
Ideal gaz:
Gaz zarralari (atomlar, molekulular, ionlar) material nuqta deb qaraladi (ya’ni hajmga ega emas)
Zarralar orasida o’zaro tortishish kuchlari (molekulalar aro kuchlar) yoq
Molekulalar aro o’zaro ta’sir absolyut elastik to’qnashuvga keltiriladi (ya’ni to’qnashganda bir ob’ektdan boshqasiga kinetik energiya to’liq o’tadi.)
Real gaz:
Gaz zarralari (atomlar, molekulalal, ionlar) hajmga ega
Gaz zarralari, masofa ortishi bilan kamayib boruvchi o’zaro ta’sri kuchlari bilan bog’langan
Molekulalararo to’qnashuvlar absolyut elastik hisoblanmaydi
Real gaz kuchli siyraklashtirilganda va
normal haroratlarda ideal gazga o’xshaydi.
|
|
|