Ахборот – комуникация технологиялари воситасида ўқувчиларнинг ўқув – билув мотивларини шакллантиришнинг илмий – назарий асослари


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘quvchilarda o‘quv-biluv motivlarini shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlarini tashkil etish yo‘l-yo‘riqlari



Yüklə 7,76 Mb.
səhifə25/40
tarix20.06.2022
ölçüsü7,76 Mb.
#89782
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti

3.1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘quvchilarda o‘quv-biluv motivlarini shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlarini tashkil etish yo‘l-yo‘riqlari

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘quv-biluv motivlarini shakllantirish yuzasidan olib borgan tajriba sinov ishlarimiz quyidagicha mazmun kasb etdi:


Pedagogik tajriba-sinov va uning natijalari tahlilini Toshkent shahar Hamza tumanida joylashgan 255-maktabning 3-A sinfida darslarda o‘quvchilarning o‘quv–biluv motivlarini shakllantirishda axborot – kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan erkin davra suhbatini malakaviy amaliyot davrida o‘tkazdik.
Magistrlik dissertatsiyasining natijalari tadqiqot masalasi va farazlarini yanada aniq ta'riflashga hamda tajribani ishlab chiqish imkonini berdi.
Tajriba masalalarini ta'riflash uchun, ularni yechish vositalarini tanlash uchun tajriba va nazorat guruhlarida (tashxislashning 2-bosqichi) o‘quvchilarda o‘quv–biluv motivlarining shakllanish darajasi to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘lish zarur. Shu bois muammo borasida kerakli ma'lumotlarni aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar olib bordik.
O‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarida 2 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, 73 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Tajribaning asosiy maqsadi quyidagicha edi:
1) bilim olish jarayoniga nisbatan o‘quvchilarda qiziqishini uyg‘otish, axborot – kommmunikatsion texnologiyalari asosidagi ta'lim berish sharoitlariga nisbatan o‘quvchilarda ko‘nikmalar hosil qilish,ta'lim olish jarayonida axborot–kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va roli bilan tanishtirish.
2) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim olishda axborot texnologiyalaridan foydalanish yo‘l – yo‘riqlari bilan tanishtirish, ushbu faoliyatning har bir komponenti ahamiyatini ochish;
3) o‘quvchilarda motivlarning shakllanish dinamikasini o‘rganish va aniqlash.
O‘quvchilarning o‘quv–biluv motivlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan tajriba-sinov ishlari 2011-2012 va 2012-2013 o‘quv yillarida Toshkent shahar Hamza tumanidagi 255-umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinflarida davlat ta'lim standartlari, me'yoriy hujjatlari talablarini hisobga olgan holda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv–biluv motivlarini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv–biluv motivlarini shakllantirishga qaratilgan tajriba-sinov ishlari bir necha bosqichlarda o‘tkazildi.
Tajriba-sinov ishlarining birinchi bosqichida 1-3-sinf darslarini (2-chorak) kuzatish. Dasturning bu qismida o‘quv predmetlari bo‘yicha o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini motivlashtirish tizimi ishlab chiqildi. Bunda asosan, ona tili o‘qish va matematika darslari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borildi.
Tajriba-sinov ishlarining ikkinchi bosqichida o‘quvchilarlarda o‘quv–biluv motivlarini shakllantirishga qaratilgan faoliyatlar ajratib olib kuzatildi. Ular mazkur bosqichda bir qator ta'limiy topshiriqlarni bajarib, o‘zlarida shakllangan o‘quv–biluv motivlarini namoyish qildilar. Bu o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha materiallarni tanish va notanish vaziyatlarda mustaqil qayta tiklash evaziga yangi axborotlarni qo‘lga kiritish bilan tavsiflandi.
Ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish quyidagicha chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali tadbiq qilindi.(1-jadval):
Ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish bosqichlari:
3.1-jadval.




Yüklə 7,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə