Tashkilotchi va o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish ishlarining metodikasi



Yüklə 294 Kb.
səhifə1/5
tarix29.05.2023
ölçüsü294 Kb.
#114100
  1   2   3   4   5
Ismoilova Dildora 404


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

SIRTQI BO‘LIMI


5111700 – BOSHLANG'ICH TA'LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH YO‘NALISHI (sirtqi)


4-KURS 404 - GURUH TALABASI
ISMOILOVA DILDORA MAHMUDJON QIZINING
TASHKILOTCHI VA O’QUVCHILARNING O’Z-O’ZINI BOSHQARISH ISHLARINING METODIKASI
mavzusidagi






Qayddan o‘tkazildi ________
Maxsus sirtqi bo‘limi boshlig’i:
_______ L.Qurbonova
№___ «____»___ 2022____ yil




Ish ko‘rib chiqildi va himoyaga tavsiya etildi
Kafedra mudiri: ______ dots.N.Abdullаyeva
Ilmiy rahbar: _______ M.Maxammatova



Andijon 2022
MAVZU: TASHKILOTCHILIK VA O’QUVCHILARNING O’Z-O’ZINI BOSHQARISH ISHLARINING METODIKASI
REJA:
I.KIRISH
II.ASOSIY QISM
1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish metodikasining zarurligi va dolzarbligi.
2.O’quvchilarda tashkilotchilikning umumiy sifatlarini shakllantirishning ahamiyati.
3.Tashkilotchilikni tarbiyalashda kasbiy ma’naviyatning o’rni.
4.Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda ijodiy topshiriqlarning o’rni.


III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqaruvi o‘quvchilar tomonidan fan va mashg‘ulotlarning to‘liq o‘zashtirilishiga, biror kasb o‘rganishiga, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalanishiga, Vatan himoyachisi bo‘lishiga maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda, Davlat, jamoat mulkini ko‘z qorachig‘iday asrashga, tabiatni muhofaza etishga ko‘maklashadi. Maktabda o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarishi o’quvchilarning o‘z-o‘zini idora qilish organlari faoliyatida qatnashuvi ularning ijtimoiy faollik sifatlarini shakllantirishning ta’sirchan vositasidir. Bu bolalar va o‘smirlarning fuqarolik, demokratiya borasidagi tushunchalarini kengaytiradi, o‘z-o‘zini idora qilish – tashabbuskorlik va mustaqillik maktabidir. O‘z-o‘zini boshqarish o‘quvchilarni mustaqil hayotga, turmush va jamiyatga mos qilib tarbiyalash, ta’lim muassasasida ma’naviy muhitni saqlash, ma’muriyatga qo‘shimcha ta’lim olish uchun o‘quvchilar talabnomasini shakllantirishda ko‘maklashadi. O‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqaruvi a’zolari maktabvamaktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan barcha tadbirlarda, tanlovlarda, xonalarni jihozlashda faol ishtirok etadilar.
Mazkur boshqaruv tashkilotchilik ish ko‘nikmalarini tarbiyalaydi, umumiy g‘oyalari bilan ahil, jipslashgan o‘quvchilar jamoasini tuzadi.O‘quvchilar o‘z-o‘zini idora qilish tizimi maktab o‘quvchilari (jamoasi) tomonidan o‘zining faoliyatida demokratik faoliyat tarzlarini chuqur o‘zlashtirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bu to‘g‘ri taqsimlash, ijro ustidan hisobot va nazoratni yo‘lga qo‘yish, harakatlar, tashabbuskorlikning uyg‘unligini ta’minlash, musobaqalar uyushtirish, o‘z zimmasiga mas’uliyat olish kabi ko‘nikmalardan iborat. Tarbiyalanuvchilar davrimiz kishisi uchun zarur bo‘lgan qator axloqiy sifatlarni, chunonchi, jamoat ishga va unga qo‘shadigan ulushi uchun shaxsiy mas’uliyat, jamoa manfaatlariga sodiqlik, o‘zaro munosabatlarning qat’ilik, talabchanlik, jamoat tashabbusini qo‘llab-quvvatlash kabi sifatlarni egallaydi. Maktabda o‘quvchilarning mustaqil faoliyati, barcha pedagogik jamoa bu ishga ma’naviy tayyor bo‘lsagina o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro chuqur hurmat, xayrixohlik, ishonch bo‘lgan sharoitdagina tashkil etilishi mumkin. Hech qanday soxtalik va sun’iylik bo‘lmasligi kerak. Barcha o‘z-o‘zini idora qilish tashkilotlari o‘z faoliyati yuzasidan vaqti-vaqtida hisobot berib turishi, so‘z va ish birligi saqlanishi, har kim huquqlari va vazifalarini bajarishda ijtimoiy rag‘batlantirilishi e’tiborda bo‘lishi kerak. Bunda, albatga, bolalarning Respublika bolalar va o‘smirlar uyushmalari bilan hamkorligi katta ahamiyatga egadir.
Mustaqil fikrlovchi komil insonni tarbiyalashning muhim shartlaridan biri usib kelayotgan yosh avlodning ijtimoiy munosabatlar jarayonining faol ishtirokchisi bo’lishiga erishishdir. Ijtimoiy munosabatlarda faol ishtirok etish har bir shaxsdan ularni tashkillashtirish, yahni tashkilotchilik sifatlariga ega bo’lishni talab qiladi Manbalarda “tashkilotchilik” tushunchasi
1) tashkil etish xislati;
2) tashkilotchilik ishi, faoliyati “jamoani uyushtira bilish, jipslashtira olish, shuningdek, o’zining shaxsiy ishini to’g’ri tashkil kila olish” ,“tashkillashtirish ishlarini olib borishga bo’lgan extiyoj” deya ta’riflanadi.
Bizning fikrimizcha, tashkilotchilik o’yin, ta’lim va mehnat ko’rinishidagi faoliyatlarni tashkil etish, ijtimoiy munosabatlar jarayonini faollashtirish, jamoani jipslashtirish va yagona maqsad atrofida birlashtirishda tashabbus hamda nazoratni o’z qo’liga olish, uni samarali boshqarish va mavjud imkoniyatlaridan unumli foydalanish, shuningdek, jamoadoshlarni faollik ko’rsatishga rag’batlantirish, yetakchilik (liderlik) qobiliyatiga egalikdir.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda bolalar tashkilotlariining umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi quyi organlari muhim o’rin to’tadi. Tashkilot quyi organlari tomonidan o’quvchilar zimmasiga quyiladigan vazifalarni bajarishda bevosita jamoa bilan ishlash, jamoa imkoniyatlarini mahlum nuktaga tu’lash va ulardan samarali foydalanish takozo etiladi. Mazkur vazifalarni ijobiy hal qilishda esa boshlang’ich sinf o’quvchilarning tashkilotchilik sifatlari - maqsad sari intilish, mustaqillik, tartiblilik, faollik, tashabbuskorlik kabilarga ega bo’lishlari muxim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 294 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə