Tashkilotchi va o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish ishlarining metodikasi



Yüklə 294 Kb.
səhifə2/5
tarix29.05.2023
ölçüsü294 Kb.
#114100
1   2   3   4   5
Ismoilova Dildora 404

Kurs ishining maqsadi: Barkamol shaxs tarbiyasida tashkilotchilik sifatlarining ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash.
Kurs ishining ob’ekti: Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish metodikasini faoliyatda organish.
Kurs ishining predmeti: Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish metodikasini mazmuni,shakli, vosita va metodlari.
Kurs ishining vazifalari:
1.Mavzuga doir tibbiy, pedagogik, psixologik adabiyotlarni taxlil qilish va umumlashtirish.
2. Barkamol shaxs tarbiyasida tashkilotchilik sifatlarining ahamiyati orqali pedagogik muammolarini o’rganish.
3.Bo‘lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini bolalar bilan ishlashga tayyorlash.
4. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish metodikasi orqali munosabatlarni shakllantirish yo’llari.
Tadqiqotning metodologik asoslari: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7-fevral kungi farmoni bilan 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, «2022–2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi”,ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga doir yondashuvlari, hukumat qarorlari va ilg’or tajribalar.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: tadqiqot jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorlikni ta’minlovchi tadqiqot natijalari tarbiyaviy ishlar metodikasi fanlari bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 4ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, jami 28 sahifani tashkil qiladi.
1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish metodikasining zarurligi va dolzarbligi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyatning samarali natijasi ularda mustaqillik, faollik, maqsad sari intilish, jamoa yoki mikroguruxlarda tengdoshlari bilan faol muloqotga kirisha olish, o’yin, ta’lim va mexnat jarayonida hamkorlikka erishish, shuningdek, jamoa ahzolarini uyushtirish, ularni yagona maqsad atrofiga birlashtirish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirishda yetakchi (lider)likni qo’lga olish kabilarning samarali shakllanganligi bilan belgilanadi.
Bundan anglanadiki, tashkilotchilik sifatlari shaxsning ijtimoiy tavsiflaridan iborat bo’lib, uning negizida turli ko’rinishlardagi faoliyatlarni tashkil qilish; muayyan jarayonda ishtirokchilarni faollashtirish, jamoani birlashtirish va uni samarali boshqarishdagi yetakchilik (liderlik) xususiyatlari aks etadi.
Boshlang’ich ta’lim samaradorligini oshirish shartlari hamda mazkur bosqichda ta’lim va ma’naviy-mahrifiy ishlarni o’tkazishda samarali sanalgan metod va vositalar K.A.Abdullaeva, B.R.Adizov, N.U.Bikbaeva, M.E.Inoyatova, O.Xasanboevalar tomonidan ochib berilgan. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik hamda iqtisodiy madaniyat sifatlarini shakllantirish masalalari G.Akromova, M.Bazarova, M.Zaynitdinova, A.Teshaboev hamda E.Xiyelarning ishlarida tahlil etilgan.
O’zbekiston Pespublikasi mustaqilligining dastlabki kunlaridanok totalitar boshqaruv tizimiga barkam berish, jamiyat ijtimoiy rivojlanishi va tarakkiyotining yangi yo’nalishini belgilashga aloxida ehtibor qaratildi. Tub ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jamiyat hayotini yangilash, bozor ishlab chiqarishiga asoslangan munosabatlarni qaror to’tirishning eng makbul yo’li deb to’ildi. Keng ko’lamda amalga oshirilgan ijtimoiy islohotlar sirasida komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish, unda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar va jismoniy barkamollikning namoyon bo’lishiga erishish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida ehtirof etildi. O’zbekiston Pespublikasi 1-Prezidenti I.A.Karimov komil insonni tarbiyalashning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati, “komil inson” tushunchasi mohiyatiga ta’sir ko’rsatilar ekan, quyidagilarga alohida urg’u beradi: “Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb ehlon kilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulk-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, mahrifatli kishilarni tushunamiz” .
Uzluksiz ta’lim tizimining asosiy va muhim tarkibiy bosqichlaridan biri sanalgan umumiy o’rta, shu jumladan, boshlang’ich ta’lim shaxsning har tomonlama yetuk, barkamol bo’lib voyaga yetishida o’ziga xos o’rin tutadi. Mustaqillik yillarida yaratilgan va boshlang’ich ta’lim mazmuni va ustuvor tamoyillarini yorituvchi xujjatlar (jumladan, “Boshlang’ich ta’lim Kontsepsiyasi”) da uzluksiz ta’lim tizimining mazkur bosqichini tashkil etishda quyidagi maqsad larga erishish zarur ekanligi ko’rsatilgan: bolalarning psixologik va fiziologik salomatliklarini muhofaza qilish va mustahkamlash;
barcha faoliyat turlari bo’yicha bolalar tashabbusini uyg’otish va qo’llab-kuvvatlash;
muloqot va hamkorlik ko’nikmalarining shakllanishiga erishish; o’ziga ijobiy baxo berish va o’ziga bo’lgan ishonchni qo’llab- quvvatlash;
o’quv mustaqilligini shakllantirish (o’qishga bo’lgan xohish va ko’nikma, shuningdek, shaxsiy imkoniyatlari darajasini kengaytirib borish).
Mazkur maqsadlarga erishishda quyidagi vazifalarning ijobiy hal etilishi muxim ahamiyatga ega:
1.Bolalarning ongi va tafakkurida mavjud bo’lgan yashirin imkoniyatlarni anpqlash va rivojlantirish.
2.Kichik maktab yoshidagi bolalarda ta’limning dastlabki davridan boshlab yangi imkoniyatlarni shakllantirish, qaysiki, bunday yangi imkoniyatlar o’quv materialini muvaffaqiyatli o’zlashtirishgagina emas, balki hayotiy muammolarni yechishga ham tayyorlaydi.
3.O’quvchilarda o’rganishga hamda ta’lim jarayoniga nisbatan jonli qiziqishni shakllantirish .
“Boshlang’ich ta’lim Kontsepsiyasi” ushbu bosqichda ta’limni tashkil etishning umumiy asoslarini o’zida ifodalaydi va uning negizida Davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari va rejalari ishlab chiqiladi. Kontsepsiyada boshlang’ich ta’lim maqsadi va vazifalarining bayon etilishida xatolarga yo’l qo’yilganligini aytib o’tish joiz. Bu o’rinda yo’l qo’yilgan nuqsonlar va dissertantning bu boradagi takliflari bo’yicha quyidagicha ifodalash mumkin.



Boshlang’ich ta’lim maqsadining yoritilishi yuzasidan

1-band

Bolalarning psixologik va fiziologik salomatliklarini muxofaza qilish va mustaxkamlash

O’quvchilarning psixologik va fiziologik rivojlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish

2-band

Barcha faoliyat turlari bo’yicha bolalar tashabbusini uygotish va qo’llab-quvvatlash

O’quvchilar faoliyatini tashkil etishda tashabbus ko’rsatish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish

4-band

O’ziga ijobiy baxo berish va o’ziga bo’lgan ishonchni qo’llab- quvvatlash

O’quvchilarda o’zini o’zi munosib baxolash malakalarini rivojlantirish va o’ziga bo’lgan ishonchni oshirish

5-band

O’quv mustaqilligini shakllantirish (o’qishga bo’lgan xoxish va ko’nikma, shuningdek, shaxsiy imkoniyatlari darajasini kengaytirib borish)

O’quvchilarda mustaqil ta’lim olish ko’nikmalarini shakllantirish va ularning malakaga aylanishini ta’minlash

Boshlang’ich ta’lim vazifalarining ifodalanishi yuzasidan

1-band

Bolalarning ongi va tafakko’rida mavjud bo’lgan yashirin imkoniyatlarni aniqlash va rivojlantirish

O’quvchilarning mavjud imkoniyatlarini to’g’ri baxolash, qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish

2-band

Kichiq maktab yoshidagi bolalarda ta’limning dastlabki davridan boshlab yangi imkoniyatlarni shakllantirish, kaysiki, bunday yangi imkoniyatlar o’quv materialini muvaffakiyatli

O’quvchilarda o’z fikrini erkin bayon etish, mustaqillik, faoliyatga ijodiy yondashish va faollik ko’nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish asosida ularni

O’quvchilarda tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish nafaqat psixologik-pedagogik, balki ijtimoiy muammo sifatida ham o’ziga xos dolzarblik kasb etadi. Bugungi kunda boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, dunyoqarashlarini kengaytirish, ularni milliy va umuminsoniy kadriyatlar ruxida tarbiyalash qay darajada ahamiyat kasb etayotgan bo’lsa, ularda tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish ham shu kadar muxim vazifa xisoblanadi. O’quvchilarning boshlang’ich ta’lim davridanoq tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish, mustaqil fikrlash qobiliyati hamda muloqotga tez kirishuvchan bo’lishlariga erishish ularning kelajakda demoqratik jamiyatning faol a’zolari bo’lib voyaga yetishlarini ta’minlovchi omillardan biri sanaladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda ularning yosh, ‘sixologik va fiziologik xususiyatlari, layoqat, qiziqish va qobiliyatlarini inobatga olish ko’tilgan natijaning qo’lga kiritilishiga yordam beradi.
Tashkilotchilik layokatiga egalik shaxsning jamoa faoliyatini uyushtirish, ijtimoiy, shu jumladan, ma’naviy-mahrifiy tadbirlarni tashkil etishda tashkiliy masalalarni muvaffakiyatli hal qilish, tadbirlarni metodik jixatdan maqsadga muvofiq o’tkazilishini ta’minlash hamda tadbirlar jarayonida har bir ishtirokchi tomonidan muayyan vazifalarning bajarilishiga rahbarlik qilish extiyojining mavjudligini ifodalaydi. Jamoa faoliyatini uyushtirishda tashkilotchi shaxs o’z zimmasiga muayyan majburiyatlarni olish, mashuliyatni chuko’r xis etish, dadil harakatlanish, berilgan so’z (vahda)da kathiy turish, har bir ahzoga nisbatan talabchan bo’lish, jarayon natijasi uchun javobgarlik xissini tuyish kabi sifatlarni o’zida namoyon eta olishi lozim.
Boshlang’ich ta’lim yoshi psixologik nuqtai nazardan mustaqillik, o’z imkoniyatlarini baxolash va o’z-o’zini boshqarish kabi sifatlar shakllanadigan davr sanaladi. Mazkur yosh davri bolalarining turli faoliyat ko’rinishlari - o’yin, mehnat va ta’lim jarayonlaridagi ishtiroklari ularda faollik, harakatchanlik, mustaqil qaror kabo’l qilish, o’z imkoniyatlarini baxolash hamda o’zlari mansub bo’lgan mikroguruxda tengdoshlarining xatti-harakatlarini tahlilil qilish layokatlarining shakllanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek, boshlang’ich ta’lim davrida sinf rahbarlari hamda fan o’qituvchilari tomonidan o’quvchilarning turli ko’rinishdagi faoliyatlarini tizimli, doimiy kuzatib borishlari o’quvchilarni o’z xatti-harakatlariga baho berishga o’rgatadi.
Sinf rahbarlari va fan o’qituvchilarining boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’yin, mehnat va o’quv faoliyatida erishayotgan eng oddiy muvaffaqiyatlari uchun ham rag’batlantirib borishlari ularda o’z imkoniyatini munosib baxolash, o’z kuchiga ishonish, mustaqillik, tashabbuskorlik va maqsadga intiluvchanlik kabi sifatlarni shakllantirishga sezilarli ta’sir ko’rsatadi Maktabdagi faoliyatlari davrida o’qituvchilar tomonidan boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’z atrofida tengdoshlarini ergashtira olish, to’shirilgan vazifani bajarishda mashuliyatli bo’lish, bajarilgan ishlar natijasi xakida mashul subhektlarga o’z vaktida hisobot berib borish, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni tez anglash, xatolarni tan ola bilish va uni bartaraf etishda tashabbus ko’rsatish va bu yo’lda mustaqil harakat qilishga izchil ravishda o’rgatib borish pedagogik jixatdan samarali hisoblanadi.
Nazariy tahlilil natijasida mahlum bo’lishicha, manbalarda “tashkilotchilik” tushunchasining muqobillari sifatida “etakchilik”, “liderlik”, “sardorlik” va “yo’lboshchilik” kabi atamalar ham qo’llaniladi. Mazkur tushunchalar o’rtasida o’zaro aloqadorlik, bog’liklik mavjud bo’lib, jamoaning uyushgan xolda faoliyat ko’rsatishida individual shaxslarning ustivor rolini ifodalashga xizmat kil ad i. SHu bilan birga yukorida tilga olingan tushunchalarning har biri o’ziga xos mazmunni ifodalash bilan birga shaxs faoliyatining muayyan darajalarini belgilaydi.
Quyidagi mazkur tushunchalarning lug’aviy ma’nolarini bayon etish orqali ular o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, bog’liqlik hamda farqlar xususida to’xtalib o’tiladi. Tushunchalarning lug’aviy ma’nolarini yoritishda besh jildlik “O’zbek tilining izohli lug’ati” [4-j, 123; 2-j, 406; 3-j, 449; 279]da
Tashkilotchilik (arabcha “tashkil” so’zidan olingan) - muayyan ish- harakatni boshlab berish, tashkil etish, uyushtirish yoki uyushtirishni okilona rejalashtirish xislati.
Liderlik (inglizcha “” - sardor, rahbar) - jamoa faoliyatini tashkil etishda asosiy o’rin tutish yoki bosh vazifani bajarish, jamoa ahzolarini yagona maqsad atrofida birlashtira olish qobiliyati.
Tushunchalar o’rtasidagi fark esa ular yordamida ifodalangan sifatlarga ega shaxs tomonidan jamoa faoliyatiga turlicha ta’sir o’tkazilishi (tashkil etish, uyushtirish, rejalashtirish (dastlabki bosqich)); jamoa faoliyatini yo’naltirish, yo’l-yurik ko’rsatish, g’oyaviy rahbarlik qilish (jarayonni tartibga solish, boshqarish (asosiy bosqich))da yaqqol namoyon bo’ladi. Ayni o’rinda, shuningdek, tashkilotchi shaxsning qiyofasida aks etuvchi sifatlar majmuidan xabardor bo’lish maqsadga muvofiqdir. Quyida nazariy tahlilil asosida masalaning ana shu jixati yoritiladi.
Tashkilotchilik zamonaviy, ishbilarmon shaxsga xos sifatlar majmui sanaladi. Ingliz olimi F.Teylorning fikriga k)va, zamonaviy shaxs qiyofasida aql-idrok, maxsus ma’lumot hamda texnikaviy bilimlarga egalik, chidamlilik, bardoshlilik, xushmuomalalilik, ta’sirchanlik, qat’iyatlilik, haqiqatgo’ylik, mulohazakorlik kabi sifatlar namoyon bo’ladi.
Boshqaruv soqasida faoliyat yuritayotgan olim A.Fayol tashkilotchi shaxs, eng avvalo, o’zoqni ko’ra olish qobiliyatiga ega bo’lishi zarurligini uktiradi. Uzoqni ko’ra olish qobiliyati negizida jamoa ijtimoiy faoliyatini tashkil etish layoqati, mustahkam sog’lik, intellektual salohiyat, jismoniy barkamollik, yuksak madaniyatlilik va axloqdilik nazarda to’tiladi. Muallifning fikricha, tashkilotchilik sifatlari jamoani uyushtira olish, mutaxassis (kadr)larni joy-joyiga qo’yish, istikbolda hal etiluvchi vazifalar (uyushtiriluvchi tadbirlar)ni rejalashtirish, katg’iy nazoratni yo’lga qo’yish bilan harakterlanadi. SHaxsda tashkilotchilik sifatlari muayyan ‘sixologik xususiyatlarning namoyon bo’lish jarayonida shakllanadi.Bir kator manbalarda “etakchi” va “etakchilik” tushunchalarining moxiyati ochib berilgan. Ya’ni: yetakchi yo’l ko’rsatuvchi ma’nosini anglatadi. Bu xususiyatga ega inson bo’o’alarga ta’sir eta olishi, muayyan maqsadlarga erishish uchun ularning birgalikda faoliyatini tashkil eta olish qobiliyatiga ega; yetakchilik - bu boshqa kishilarga ta’sir etish demakdir.
Yetakchi va uning izdoshlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar mavjud bo’lib, u yetakchidan guruh ahzolariga qarab har doim bir tomonlama yo’naltirilgan bo’ladi; yetakchilik - bu boshqaruvchanlik makomi, qarorlar kabo’l qilish bilan bog’lik bo’lgan ijtimoiy ‘ozitsiyadir.
Ma’lumki, bugungi kunda siyosiy yetakchilik muammolari kar tomonlama va chuko’r tahlilil etilmoqda. Bunda avtoritar yetakchilik shaxsan demoqratik yetakchining esa gurux ahzolarining o’z-o’zini boshqarishga jalb etish jixatlariga ehtibor beradilar. Shuningdek, rasmiy yetakchi (asosan rahbarni) va norasmiy yetakchi (shaxsiy munosabatlarga asoslanuvchini) ajratib ko’rsatish mumkin.
“Falsafa qomusiy lug’at”da yetakchi ijtimoiy subhekt “ijtimoiy gurux faoliyati va xatti-harakatini birlashtirish salohiyatiga ega bo’lgan shaxs” deya ta’riflanadi. Shuningdek, yetakchilik muammosi tarixda ku’lab olimlarni kiziktirib kelganligi, xususan, Gerodot, Plotarx kabi antik davr mutafakkirlari o’z ma’limotlarida yetakchilik faoliyatining mohiyati, ustuvor jixatlari, o’ziga xos ko’rinishlari, shuningdek, insoniyat taraqqiyoti tarixida o’zining boshqaruv layoqati, yetakchilik qobiliyati bilan shuhrat qozongan harbiy sarkardalar, jumladan, Aleksandr Makedonskiy xayoti va amalga oshirgan ishlarini yoritishga o’ringanlar. Sharq falsafasida esa o’zining hayoti va faoliyati bilan insoniyat taraqqiyotiga ulkan xissa kushgan va xatto tsivilizatsiya rivojida ulkan burilish yasashga muvaffaq bo’lgan yetakchi shaxslar — xususan, soxibqiron Amir Temur fenomenini o’rganishga etiborni qaratganlar.
O’zida yetakchilik borasida yuksak mayorat va ulkan salohiyatni namoyon eta olgan shaxslar hayoti va faoliyati bilan boshlang’ich sinf o’quvchilarini tanishtirib borish ham ularda liderlik sifatlarining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlari o’z-o’zidan shakllanib qolmaydi. Buning uchun ana shu maqsadga yo’naltirilgan ‘edagogik faoliyatni tashkil etish taqozo etiladi. ‘edagogik faoliyatni tashkil qilish jarayonida esa muayyan shartlarga amal qilingandagina ko’zlangan natijani qo’lga kiritish mumkin. Tadqiqotni olib borish davriida quyidagi shartlarga amal qilingandagina boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini samarali shakllantirishga erishilishi aniqlandi:
1. Dars jarayonida:
- o’quvchining yoshi, individual-’sixologik xususiyatlarini chuko’r taxdil qilish, bilim saviyasini munosib baxolash;
- dars jarayonida zamonaviy texnologiyalar, ilg’or tajribalardan foydalanish uchun qo’lay shart-sharoitlarning yaratilishi;
- pedagog hamda o’quvchilar o’rtasida obhektiv va subhektiv munosabatlarning to’g’ri yo’lga quyilishi;
- dars jarayonida o’quvchilarni turli muammoli vaziyatlar va ularning yechimini to’ish orqali faol tashkilotchi sifatida qobiliyatini namoyon qilishga sharoit yaratish;
- dars mavzularining mazmuniga moe ravishda o’quvchilarda tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishga yo’naltiruvchi o’quv topshiriqlari tizimini ishlab chiqish.
2. Sinfdan tashqari ishlar jarayonida:
- O’quvchilar jamoasi, o’quvchining jamoadagi ishtiroki, o’zaro munosabatga kirishuvchanligi;
- o’qituvchi tomonidan muayyan ijtimoiy vaziyat, ‘edagogik shart- sharoit, mavjud holatning o’rganilishi;
- sog’lom ijtimoiy muxit, kadriyatlar, jamoada rioya qilinadigan tartib-koida, intizomni o’quvchilar tomonidan anglab yetilishi;
- bajarilgan va bajarilishi lozim bo’lgan faoliyat turiga ko’ra
O’quvchilarni o’z vaktida rag’batlantirilib borilishi.
3. Oilada:
- oilaning ijtimoiy mavkei, soglom muxit, ota-ona va farzand o’rtasidagi munosabatlar;
- farzandining xoxish-istaklari, qiziqishlari va extiyojlari darajasini hisobga olish;
- ota-onalar va katta yoshli oila ahzolarining oilada tashkilotchilik qobiliyati, uni bolaning ongiga ta’siri, shaxsan ibrat, namuna bo’lishlari;
- oilalada maqsadning yagonaligi hamda duch kelgan muammolarning birgalikda hal etilishi;
- ota-ona va farzand o’rtasida o’zaro ‘sixologik birlikning qaror to’ganligi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda o’quvchilar jamoasi yetakchi o’rin to’tadi. Zero, o’quvchilar jamoasi o’z-o’zini boshqarish xususiyatiga ega bo’lib, u maqsadning birligi, yagonaligi va tashkil qilish xususiyatlari orkali umumjamoa bilan bog’lanadi. Bu borada Abu Nasr Farobiyning quyidagi fikrlarini keltirib o’tish g’oyat o’rinlidir: “har bir inson o’z tabiati bilan shunday to’zilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ku’ narsalarga muxtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga extiyoj tug’iladi... Bunday jamoa ahzolarining faoliyati bir bo’tun xolda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi”. O’quvchilar jamoasidan faolini, tashkilotchisini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatga nisbatan extiyoji mazmunidan kelib chiqadi.
Bolada tashkilotchilik sifatlarining ilk ko’rinishlari yoshlik davridanok namoyon bo’la boshlaydi. Ular yon-atrofida bo’layotgan vokea- xodisalarga kizikuvchan bo’ladilar. Ularda bir vaktning o’zida bir nechta xatti-harakat bilan mashg’ul bo’lish, intiluvchanlik, qiziqishning kengligi, har kanday topshiriqni yechishga harakat qilishlik xususiyatlari namoyon bo’ladi. O’quvchilarni o’rganish ularga tobora individual yondashishni talab etadi. O’quvchilar o’z harakteriga va qiziqishiga ko’ra turlicha. Ulardan bahzilari biroz chakkon, bahzilari esa sustkash, o’quvsiz bo’ladi. SHuningdek, bir xillari jasur va shijoatkor bo’lsa, boshqa xillari esa uyatchan va tortinchok bo’lishadi. Aloxida tahkidlash lozimki, o’quvchilarning ayrimlari o’zining tashkilotchiligi va kathiyligi bilan ajralib turadi. Ularning dunyoqarashi, harakteri, moyilligi, qiziqishlari, odatda, turlicha bo’ladi. SHu jihatdan olib qaralganda o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish jarayonida har biriga individual tarzda yondashish, ularni ehtibordan chetda qoldirmaslik, ijobiy xislatlariga tayanish, yaxshi xatti-harakatlari uchun muntazam rag’batlantirib borish zarurdir.
Bizningcha, tashkilotchilik sifatlari - bu o’quvchining ijtimoiy faolligidir. Boshlang’ich sinflarda dars va darsdan tashqari ta’limiy- tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida o’quvchilarning faolligi ortib boradi. Bu borada o’qituvchi ularni ushbu jarayonga faol jalb etishi va ularni ruxan qo’llab-kuvvatlab turishi, ijodiy muxitni yaratib berishi lozim. Nazariy taxlil va boshlang’ich sinf o’quvchilari faoliyatini kuzatish ularda quyidagi tashkilotchilik sifatlarini samarali shakllantirish mumkin degan ishonchning yuzaga kelishini ta’minladi.




Sifa

Tlar




Kirishimlilik




*

Harakatchanlik

Zukkolik







Mustaqillik

Mashuliyatlilik







Tartiblilik

T ashabbuskorlik







Faollik

Ijodkorlik







Liderlik

Jamoa ahzolariga ishonch

Jamoa bilan birlikka intilish







1.2-rasm. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida namoyon bo’ladigan tashkilotchilik sifatlari.
Tajriba - sinov jarayonida tashkilotchilik sifatlariga ega bo’lgan boshlang’ich sinf o’quvchilarida quyidagi malakalar ko’zga tashlanadi: o’z- o’zini munosib baholash; jamoa ahzolariga o’z fikrlarini uqtirishning uddasidan chiqish; ularni o’z ortidan ergashtira olish; jamoa imkoniyatlariga ishonish; jamoa ahzolari ega bo’lgan imkoniyatlarni mahlum nuqtada to’’lay olish; jamoaviy faoliyat natijalaridan Qoniqish,topshiriqni yaxshi bajargan o’quvchini rag’batlantirish.
Tashkilotchilik sifatlarining shakllanish jarayoni







Ob'ektlar










Ta’lim muassasasi
Oila
Tarbiyaviy ta’sir ko’rsatuvchi subhektlar
‘edagogik jamoa, Pespublika “Kamalak’ bolalar tashkilotining faollari
Ota-onalar, oilaning katta yo’shi ahzolari
Faoliyat
Ta’lim jarayoni
Darsdan tashqari jarayon
Ijodiy harakatli o’yinlar
Oila muhitida
Tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishning
Yo’llari: individual va umumiy ‘edagogik talablarni qo’yish; anhanalarni tarkib to’tirish; jamoa imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanish; o’z- o’zini boshqarishiga erishish; OAV xizmatidan foydalanish; ta’lim muassasasi va oilalar o’rtasida o’zaro hamkorlikka erishish.
Omillari: ta’lim muassasasi va oilalarning imkoniyatlari, o’qituvchilar va ota- onalarning metodik tayyorgarliklari; manbalar; ilg’or tajribalar; ilmiy tadqiqotlar, ommaviy axborot vositalari.
Shakllari: o’yin texnologiyalariga asoslanishi; individual va jamoaviy topshiriqlarni berish; o’z-o’zini boshqarish organlari faoliyatini yo’lga qo’yish. Metodlari: kuzatish, tushuntirish, hikoya, suhbat, namuna ko’rsatish, ishontirish, baxolash, o’yin, amaliy mashqlar, topshiriqlar, pedagogik talab, ‘edagogik shakllanuvchi sifatlar; kirishimlilik, harakatchanlik, zukkolik, mustaqillik, mashuliyatlilik, tartiblilik, tashabbuskorlik, faollik, ijodkorlik, liderlik, jamoa ahzolariga ishonch, jamoa bilan birlikka intilish.



Yüklə 294 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə