Tashkilotchi va o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish ishlarining metodikasi


Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda ijodiy topshiriqlarning o’rni



Yüklə 294 Kb.
səhifə4/5
tarix29.05.2023
ölçüsü294 Kb.
#114100
1   2   3   4   5
Ismoilova Dildora 404

4.Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda ijodiy topshiriqlarning o’rni.
O’qituvchilar o’quvchilarga ijodiy topshiriqlarni berish jarayonida quyidagi shartlarni inobatga olishlari maqsadga muvofiqdir:
1.Berilayotgan har bir topshiriqning avvalgilaridan farkli bo’lishiga erishish.
2.O’rganilayotgan mavzu yoki didaktik materialga mos keluvchi o’quv vaziyatining yuzaga kelishini ta’minlaydi.
3.O’quvchilarga ijodiy topshiriqlarni berishda aniq maqsadlarni belgilab olish.
4.O’quvchilar tomonidan topshiriqlarning bajarish jarayonida ularda tashabbuskorlik, mustaqillik va ma’sullik kabi sifatlarning namoyon bo’lishiga imkon berish.
5.Ijodiy topshiriqlarning o’quvchilar tomonidan jamoa bo’lib bajarilishiga sharoit yaratish va bu jarayonda har bir o’quvchining ijodiy fikrlashini aniqlash.
Ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida bolaning nutqi ham o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Uning nutqi nafakat o’zi uchun, balki, o’qituvchi, o’quvchilar jamoasi va keng jamoatchilik uchun ham birdek tushunarli, ehtiborga loyik bo’lishi lozim. Ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida o’rganilayotgan materiallarning muxim jixatlarini ifodali, aniq va ravon so’zlab berish, o’ziga xos muomala odobiga ega bo’lish kerak.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish maqsadida foydalanilayotgan ijodiy, didaktik va tarbiyaviy imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanish va didaktik talablarga e’tiborni qaratishni taqozo etadi. Tuzilgan topshiriqlar ilgarisidan tubdan farq qilishi, topshiriqlarning mazmuni boshlang’ich sinf o’quvchilarining yosh, psixologik va individual xususiyatlaridan kelib chiqishi.
3.Topshiriqlar boshlang’ich sinf o’quvchilarining qiziqishlari, extiyojlari hamda imkoniyatlariga mos xolda tanlanishi.
4.Topshiriqning bajarish usullarini tanlashda o’quvchilarning erkin va mustaqil harakat qilishlarini ta’minlash.
5.Topshiriqlar tizimi mazmunida ilmiylik va tushunarlilik tamoyilining aks etishi - o’quvchining ilmiy dunyoqarashi shakllanishiga yordam beradi, fan asoslarini tushunib olishlariga ko’maklashadi.
6.Topshiriqlar tizimi osondan-kiyinga, soddadan-murakkabga qarab ketma-ketlikda tuzilishi lozim.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar tomonidan ijodiy topshiriqlarni to’g’ri yo’lga qo’yilishida o’qituvchi quyidagilarni inobatga olishi lozim:
1.O’z oldiga maqsadni qo’ya bilish; topshiriqlarni tizimli va izchil shakllantirish; maqsadga erishish yo’lida kanday mexnat yotganini o’quvchilarga oldindan tushuntirish.
2.Natijaga erishish uchun bajarilishi lozim bo’lgan harakatlar ketma-ketligini rejalashtirish:
-ijodiy topshiriqlarni o’quv-tarbiyaviy ishlar bilan bog’lik holda tashkil etish;
-bajarilgan ishningjamoa tomonidan xolisona baxolanishiga imkon yaratish;
-o’quvchining o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’ziga baxo berish, faoliyat
natijalarni ko’ra bilishiga ko’maklashish.
3.Faoliyatni rivojlantirish: -turli tadbirlarda, baxs-munozaralarda o’quvchilarning muntazam ishtirokni ta’minlash; -ota-onalar tomonidan bolaning xatti-harakatini doimiy ravishda kuzatilib borishi, shart-sharoitlarning yaratilib berilishini nazoratga olish; -tarbiyaviy soatlarda sinf faollarini rag’batlantirib borish.
Ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida ‘ast o’zlashtiruvchi o’quvchilar yakkol namoyon bo’ladi, ularga zarur yo’nalishlarda kushimcha yordam berish imkoniyati yaratiladi. O’quvchining individual xususiyatlarini namoyon qilishga ko’maklashadigan ijodiy topshiriqlarni to’g’ri tashkil qilish o’qituvchining mahoratiga ham bog’lik. Ijodiy topshiriqlarda o’quvchilarning individual xususiyatlari namoyon bo’ladi. Bu borada topshiriqni bajarish jarayonida ular tomonidan yo’l quyilgan kamchiliklarni to’g’rilash imkoniyati mavjud.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda boshqaruv faoliyati o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ilg’orlikka, rahbar rolini bajarishga intilish bolaning tashabbusida namoyon bo’ladi. O’z fikrini boshqalarga yetkazish va o’tkazish, shuningdek o’ziga bo’ysundirish, ilg’orlikka sardorlikka intilish holatlari kuzatiladi.
Dars jarayonida muammoli vaziyatlarning yaratilishi o’quvchilarning topshiriqlarni bajarishda o’zaro teng ishtirok etish, fikrlash jarayonini jadallashtirish, o’z oldilariga aniq maqsadlar ko’ya bilish, maqsadga erishish yo’llarini izlash, o’zaro rang-barang fikrlarni tinglash, mushoxada yuritish, o’z fikrini erkin bayon qilish, o’z-o’zini va o’zgalarning faoliyatlarini baxolay bilish, bir-birlariga kumaklashishga imkon yaratadi. Shu bilan bir katorda, muammoli vaziyat ku’rok gurux sharoitida amalga oshirilishi bois o’z-o’zidan gurux liderlari, yetakchilari ajralib chiqadi va kaysidir ma’noda ularda tashkilotchilik sifatlari ko’zga tashlanadi.
Darsdan tashqari ishlari jarayonida olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi va natijada yangi bilimlar xosil qilinadi. O’quvchilar sinfdan tashqari ishlarda faol katnashib jamoa bilan muayyan munosabatga kirishishga, jamoada ishlashga, jamoatchilik fikriga bo’ysunishga, jamoa yutug’i uchun kurashishga o’rganadilar.
Ushbu sharoitda ta’lim, mehnat va o’yin )finishlaridagi boshlang’ich ijtimoiy faoliyatni tashkil etishda ma’suliyat va burchni anglash o’quvchining o’zi va jamoaning manfaati o’rtasidagi qarama-qarshiliklarni qanchalik samarali hal etilishiga qarab belgilanadi. Ushbu jarayonda o’quvchi jamoa bilan ishlash madaniyatiga rioya etishi lozim.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan darsdan tashqari ishlar shuningdek, maktab badiiy kechalari, turli bayramlar, quvnoqlar va topqirlar musobaqalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonda o’quvchilarning jamoa orasida o’zini to’tishi bir-biriga hurmati, axloqiy sifatlari shakllanib boradi. Bunda o’quvchilarning bir-biriga taqlid qilishlari asosida muomala-muloqat madaniyati shakllanib boradi. Maktab kechalari, bolalar bayramlari, quvnoqlar va topqirlar musobaqalari ko’p jihatdan pedagogik jamoa, turli tashkilotlar, sinf faollari yordamida yo’lga qo’yiladi. Ayniqsa, sinf faollari bu borada yetakchi rol o’ynaydilar.
Boshlang’ich ta’lim tizimida shakllangan tugaraklar esa bolaning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, ularning ongida yuksak ma’naviy- axloqiy fazilatlarni mujassamlashga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. O’quvchilar to’garak ishlarida faol qatnashib, fan va madaniyatning sunggi yutuqlaridan xabardor bo’lishlari lozim. To’garak a’zolarida mustaqillik, g’oyaviy yetakchilik, sardorlik tushunchalari shakllangan bo’lishi, o’qituvchini dikkat bilan eshitish, topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishi, intizomga rioya qilishi qat’iy talab etilishi lozim.


Xulosa.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish jarayoni o’zviylik, tizimlilik asosida olib borilishi hamda pedagogik shart- sharoitlar tulaligicha xisobga olinishi lozim. Ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida innovatsion yondashuvlar, o’qitishning faol zamonaviy usullaridan keng foydalanish o’quvchilarning faolligi yanada oshiradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish jarayoninini yanada takomillashtirish,bolaning darsda olgan bilimlarini amalda mustahkamlash maqsadida turli tadbirlar, xususan, ertaliklar, kechalar, bellashuvlar o’tkazish kutilgan natijani beradi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda quyidagi talablarga amal qilinishi maqsadga muvofiqdir:
1.O’quvchilar da tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishga pedagogik-psixologik va metodik jixatdan to’g’ri yondashish.
2.Boshlang’ich sinf o’quvchilarining yosh va ‘sixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari, qiziqishlari, xayotiy extiyojlari va intilishlarini inobatga olgan xolda tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish.
3.Boshlang’ich sinflarda tashkil etiladigan ma’naviy-mahrifiy tadbirlarning jamoaviy yoki guruxli shakllarda tashkil etilishiga erishish.
4.O’quvchilar o’rtasida o’zaro psixologik birlik va hamkorlikka asoslanuvchi sog’lom muhitni qaror to’tirish.
5.O’quvchilar faoliyati yuzasidan izchil nazoratni yo’lga qo’yish orqali ular tomonidan ijtimoiy topshiriqlarni bajarish jarayonida yuzaga kelgan qiyinchiliklarning oldini olish.
6.Jamoa bilan ishlashda alohida faollik ko’rsatgan o’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish.
O’zbekiston Pespublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqqan holda komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy extiyojni qondirishda, eng avvalo, yoshlarning mustaqil fikrlash, erkinlik va ijtimoiy faollik layokatlariga ega bo’lishlariga erishish talab etiladi. Shu bilan birga ularda intizomlilik, mustaqillik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik, maqsadga intiluvchanlik kabi sifatlarni tarbiyalash kelgusida komil inson va malakali, yetuk mutaxassis bo’lib kamolga yetishlarini ta’minlaydi. Kelgusida jamiyatning tulaqonli ahzosi va malakali mutaxassis sifatida ijtimoiy munosabatlar hamda kasbiy faoliyat jarayonida faol ishtirok etish, zimmadagi ijtimoiy burchlarni sitqidildan ado etishda shaxsning tashkilotchilik sifatlariga ega bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 294 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə