Slaydlar Pedagogik texnologiya fanidan



Yüklə 83,35 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü83,35 Kb.
#134543
  1   2   3   4
Slayd (Pedagogik tehnologiya)

Slaydlar Pedagogik texnologiya fanidan

3-11-guruh talabasi

Mirqurbonova Charos

Ta’limning fanni o’zlashtirishga yo’naltirilgan texnologiyasi

  • Ta’limning fanni o’zlashtirishga yo’naltirilgan texnologiyasi
  • Reja:
  • 1. O’quv materialini chizmalar va modellar ishorasi asosida o’qitishni jadallashtirish tizimi
  • 2. Tabaqalashtirilgan o’qitishtexnologiyalari
  • 3. O’qitishni individuallashtirish texnologiyasi

O’quv materialini chizmalar va modellar ishorasi asosida o’qitishni jadallashtirish tizimi

  • Viktor Fedorovich Shatalov 1927 yil 1 mayda tug’ilgan. U Rossiya va Ukrainada xizmat ko’rsatgan innovator o’qituvchi, Ukraina pedagogika fanlari akademiyasining faxriy doktori. Donetsk ochiq universiteti professori V.F.Shatalov o’qitishni jadallashtirish tizimini ishlab chiqdi va amaliyotga tatbiq etib an’anaviy sinf-dars o’qitishusulining ochilmagan qirralarini ko’rsatib berdi. Bu tizimda:
  • Ta’lim maqsadlari:
  • 1 Bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
  • 2 har qanday individual qobiliyatli bolalarning barchasini o’qitish.
  • 3 Tezlashgan o’qitish(umumiy o’rta ta’lim hajmini 9 yilda o’qitish).

Prinsiplari:


- ko’p marta takrorlash, majburiy bosqichli nazorat, yirik bloklar bilan o’rganish; faoliyatning dinamik yaxlitligi, tayanch signallar, harakatlarning mo’ljalli asoslari;
- shaxsga yo’naltirilgan yondashuv;
- insonparvarlik (barcha bolalar iqtidorli)
- o’quv vaziyatlarining tafovutsizligi, tuzatish uchun istiqbollarning ochiqligi, muvaffaqiyatning o’sib borishi;
- ta’lim va tarbiyaning uzviyligi.

Ushbu tizimda o’qituvchi mehnati asosiy mavqyeni egallaydi va bu mehnatga ta’lim oluvchilar ayrim hollardagina (nazorat, maslahat, yordam) jalb etiladi. Tayanch signallar yordamida o’qitish jarayoni qator bosqichlardan iborat:

  • Ushbu tizimda o’qituvchi mehnati asosiy mavqyeni egallaydi va bu mehnatga ta’lim oluvchilar ayrim hollardagina (nazorat, maslahat, yordam) jalb etiladi. Tayanch signallar yordamida o’qitish jarayoni qator bosqichlardan iborat:
  • 1.Auditoriyada o’qitish: mavzu o’qituvchi tomonidan odatdagidek sinf doskasi yonida tushuntiriladi, keyin esa tayanch konspektlar asosida mavzuni tushuntirish takrorlanadi. Ta’lim oluvchilarning o’z konspektlari ustida mustaqil ishlashi ta’minlanadi va frontal tarzda bilimlar mustahkamlanadi.
  • 2. Uyda mustaqil ishlash: tayanch konspektdagi kodlashtirilgan o’quv materiallarini ta’lim oluvchi darslik yordamida oydinlashtiradi.
  • 3. Nazorat va baholash: mavzu bo’yichata’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalari tashqi nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish yordamida tekshiriladi. Nazorat shakli: tayanch konspekti bo’yicha yozma, mustaqil ish, og’zaki so’rov; juftli o’zaro nazorat, guruhli o’zaro nazorat.

Yüklə 83,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə