Ahmadaliyeva sabo murodovna pragmatonimlarning etimologik, leksik-semantik va struktur tadqiqi



Yüklə 371,58 Kb.
səhifə4/8
tarix27.12.2023
ölçüsü371,58 Kb.
#163992
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
АВТОРЕФЕРАТ АҲМАДАЛИЕВА ЯНГИ (1)

Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
pragmatonimlar bo‘yicha to‘plangan materiallar, qo‘yilgan muammolarni tadqiq etish orqali chiqarilgan xulosalar onomastika, xususan, pragmatonimika bo‘yicha muhim ilmiy-nazariy ma’lumotlar berishda, nomshunoslik bo‘yicha tadqiqotlar olib borishda, mavjud o‘quv adabiyotlarini mukammallashtirishda, o‘quv qo‘llanma, majmualar yaratishda hamda lug‘atlar tuzishda xizmat qilishi asoslangan;
mahsulotlarning nomlanish tamoyili va motivlari tahlil etilib, nominatsiya jarayoniga asos qilib olingan jihatlar ijtimoiy-siyosiy va milliy-madaniy nuqtai nazardan ochib berilgan hamda lingvokulturologiya, sotsiolingvistika sohalarida hozirda to‘laligicha o‘z yechimini topmagan pragmatonimlarning mental tabiati, ularning yuzaga kelishida ijtimoiy-siyosiy omillarning o‘rni kabi masalalarga aniqlik kiritishi asoslangan.
pragmatonimlarni tartibga solish yuzasidan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan va ularni amaliyotga tatbiq etish tamoyillari belgilangan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi muammoning aniq qo‘yilishi, xulosalarning qat’iyligi, pragmatonimlar tahliliga diaxron va sinxron aspektda yondashilganligi hamda ularni antroposentrik paradigma asosida tadqiq etish turli ishonchli manbalar, shuningdek, statistik ma’lumotnomalarga tayanilganligi bilan asoslanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati onomastika sohasi pragmatonimlar haqidagi ilmiy qarashlar bilan boyitilishi, til nazariyasi, onomastika, pragmalingvistika, leksikologiya, etimologiya, sotsiolingvistika, lingvokulturologiya sohalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishda nazariy manba bo‘lib xizmat qilishi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, dissertatsiya materiallaridan “Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili, ingliz tili)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda “Lingvistika (o‘zbek tili, ingliz tili)”, magistratura mutaxassisliklarida tanlanma fan sifatida o‘qitilishida, bundan tashqari, olingan natija va xulosalardan o‘zbek pragmatonimikasiga oid darslik, qo‘llanmalarni yozishda, “Mashhur brend nomlarining izohli lug‘ati”, “Pragmatonimlarining etimologik lug‘ati” kabilarni tuzishda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.

Yüklə 371,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə