1
MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………...2
1.
Alohida hududlarning tabiy-resurslar potensialini baholash…………3
2.
Ekologik qonun talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlikni
ogʻirlashtirish………………………………………………………….8
3.
Aholining ekologik madaniyat koʻrsatgich darajasini oshirish………….14
4.
Ekologiya-salomatlik munosabatlari………………………………………19
Xulosa……………………………………………………………………..21
Foydalangan adabiyotlar…………………………………………………22
Ilovalar
2
KIRISH
Ekologiya ixtisosligi - hozirgi vaqtda ekologik muammolar asr muammosiga
aylanmoqda.
Fan-texnikaning, iqtisodiyotning jadal rivojlanish,
antropogen
omillarning tabiatga ta’sirining kuchayishi natijasida biosfera ekotizimlarining
buzilishi, cho‘llanish va sayyoramizda haroratning oshib borishi kuzatilmoqda.
Ekologik muammolarning keskinlashuvi erdagi hayotga xavf tug‘dirmoqda. Ana
shunday muammolardan biri atrof-muhitni ko‘plab chiqindilar
bilan ifloslanishi
hisoblanadi. Insoniyatning kelgusi rivojlanish taqdiri, ko‘p
jihatdan, tabiat bilan
jamiat o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni optimal hal qilish yo‘llari va vositalarning
topilishiga bog‘liq. SHulardan kelib chiqqan holda, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi
aloqadorlikning asosiy tamoyiliga qat’iy rioya qilish zarur bo‘ladi. SHunga ko‘ra
ekologiyadan nazariy va amaliy jihatdan chuqur ko‘nikma va malakaga mukammal
ega bo‘lgan ilmiy darajali kadrlar tayyorlash dolzarb ahimiyatga egadir.
Ushbu
maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va
ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda
bilimlarni oshirish va
ko‘nikma xosil qilishdan iboratdir. 03.00.10 – Ekologiya ixtisosligi bo‘yicha
tayanch doktoranturaga kiruvchi da’vogarlar uchun “Tabiatdan foydalanish va uni
muhofaza qilish”, “Biologik xilmaxillik”, “Hozirgi zamon ekologik muammolari”,
“Ekologik ta’lim-tarbiya”, “Barqaror rivojlanish va uni ekologik jihatlari” fanlaridan
savollar bazasi shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar
quyida batafsil keltirilgan. Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish. Tabiatdan
foydalanishning ekologik asoslari tarixi bilan tanishish. Tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish. Ob’ekti, vazifalari va mohiyati. Tabiat va jamiyat munosabatlari
evolyusiyasi. Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy
mexanizmlarini statistik
ma’lumotlar asosida o‘rganish va tahlil qilish. O‘zbekistondagi ekologik vaziyat.
Tabiatdan foydalanishning tashkiliy va huquqiy asoslari. Joy misolida tuman
(shahar) misolidagi ekologik muammolar.