Ajiniyoz nomidagi ndpi turkiy tillar fakulteti O`zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 3-b guruh talabasi Narimmatova Irodaning Amaliyotdan olib borilgan ishi bo`yicha hisoboti



Yüklə 13,43 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü13,43 Kb.
#148460
Hisobot



Ajiniyoz nomidagi NDPI Turkiy tillar fakulteti O`zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 3-B guruh talabasi Narimmatova Irodaning Amaliyotdan olib borilgan ishi bo`yicha
HISOBOTI
Men Nukus shahriga qarashli 38-sonli maktabga malakaviy amaliyot o’tash uchun 2022-yilning 14-sentyabrdan 2023-yilning 12-yanvarigacha bo'lgan amaliyotni o’tadik. Shu davr mobaynida juda ko’p bilim va malakalarni o’rgandim. Ustozlarimning yo’l-yo’riq va ko’rsatmalari katta hayot maktabini o’tadim.
Fakultetimiz dekani pedagogik amaliyotini ko’ngilli tarzda o’tkazishimiz muhimligini aytib o’tdilar. Bizga kerak bo’ladigan hujjatlar, daftar yuritish tartibi, kun tartibini to’g’ri taqsimlash, jurnal yuritishni o’rganish, ish rejani elektron va xomaki qo’l yozma nusxalarini yozib borish kerakligini, o’qituvchi va o’quvchilarga, maktabning barcha xodimlariga hurmatda bo’lishimiz kerakligini va maktabning o’ziga xos qoidalariga rioya qilishimiz kerakligini tushuntirdilar.
Amaliyot rahbarimiz Oybek Xaytbaev va Zuhra Azilovalar ham bizga kerakli ma’lumotlarni berib bordilar. Men 10-D sinfga kirdim.Sinf rahbarim Dilbar Xolmurotova meni ochiq yuz bilan kutib oldilar va qo’llaridan kelgancha menga o’z yordamlarini va maslahatlarini ayamadilar. Amaliyot davomida qiyinchiliklarni qaramasdan, ustozlarimiz ko'magida ancha tajriba va ko'nikmalarga ega bo'ldim. O'z amaliyotimning ko'p qismini 10-D sinflar bilan olib bordim. Bolalarning bilim va aql zakovatlari judayam yuqoriligidan olib borgan amaliyotlarimda biroz qiyinchiliklar bo'ldi.
Darslarni o’qituvchimiz bilan birgalikda tashkil qildik.Amaliyot davomida har bir dars jarayonini qiziqish bilan kuzatib, tahlil qilib yangidan yangi metodlarni o’rgandim. O’qituvchilar juda talabchan, tajribali, nutqi ravon, e’tiborli, mehribon, jonkuyar, qisqacha qilib aytganda mahoratli pedagog.
Men o’qituvchidan eng avvalo darsni to’g’ri reja asosida, darsni to’g’ri taqsimlab o’tishni o’rgandim. Bu menga tajriba bo’ldi. Men amaliyot davrida jurnal yuritish, darsni boshqa fanlar bilan bog’lab multimediya va audio lavhalardan foydalanishni o’rgandim. Darslarga qo’limdan kelgancha taqdimot va ko’rgazmalar tayyorlab o’qituvchimga yordamlashdim. Bu mening amaliyot davomida boshlagan eng ajoyib ishim bo'lib qoldi.

Amaliyot rahbari Xolmurotova Dilbar


Amaliyotchi talaba Narimmatova Iroda
Yüklə 13,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə