126
Hanafiy mazhabining qonunshunoslari qasamlarni uch turga:
g‘umus
qasam, munaqida qasam
,
lag‘v qasamga
bo‘lganlar.
G‘umus qasam
– o‘tgan bir ish yuzasidan yolg‘onni qasd qilib
ichilgan qasamdir. Musulmon huquqida bunday qasamni ichgan shaxs
gunohkor hisoblanadi. Bu haqda Abu Umoma ibn Hubbon Muhammad
(s.a.v.)dan:
«Kimki yolg‘ondan qasam ichsa, Alloh uni do‘zaxga
kirgizadi»,
– degan hadisni rivoyat qilgan. Musulmon huquqi bo‘yicha
bunday qasam sohibiga kafforat yo‘q, balki tavba va istig‘for lozimdir.
Imom Shofi’iy: «Bunday kimsaga ham kafforat vojib bo‘ladi, chunki
kafforat Allohning ismiga hurmatsizlik tufayli sodir bo‘lgan gunohni
o‘rtadan ko‘tarish uchun mashru’ qilingan. G‘umus qasam sohibi
Allohning ismini aytib ichgan yolg‘on qasami bilan
ushbu kafforatga
mustahiq bo‘ldi, bu go‘yo munaqida qasamga o‘xshaydi»,– degan. Bunga
javoban Hanafiy mazhabining ulamolari: «G‘umus qasam ayni kabira
gunohning o‘zidir, kafforat esa niyat sharti bilan ro‘za tutishlik ila ado
qilinadigan ibodatdir. Kabira gunohga esa hech evaz, badal yo‘qdir.
Munaqida esa boshqa narsa bo‘lib, bu qasam asli muboh sanaladi.
Kishi
bu qasam bilan gunoh sodir etmaydi, balki uni buzishi bilan jarima lozim
bo‘ladi. Shuning o‘zi ham munaqida qasamning g‘umusdan katta farqi
borligini isbotlab turibdi», – deganlar.
Munaqida qasami
haqida aniqroq
qilib aytganda, bu bir kimsaning kelajakda bir ishni albatta qilaman (yoki
qilmayman), deb qasam ichishidir. Qachonki u
ushbu qasamini buzsa,
unga kafforat vojib bo‘ladi.
Lag‘v qasami
haqida qonunshunoslar: «Bu bir kishi o‘tgan ish haqida
o‘z gumonicha fikrlab, «Allohga qasamki, bu shundoq, Allohga qasamki,
bu shunaqa», deb aytsa-yu, lekin haqiqat u aytgandan o‘zgacha bo‘lib
chiqsa, bu lag‘v (behuda) qasam, deyiladi. Ya’ni bir qasamki, «bu Zayd»,
desa, haqiqatda esa bu Amr bo‘lib chiqsa yoki «Allohga qasamki, mana
bu tim qora», desa, haqiqatda esa u jigarrang bo‘lib chiqsa,
ushbu qasam
ichuvchining tiliga bu qasam kalimalari odat bo‘lib qolganligi e’tibori
hamda boshqa maqsadni idora qilmaganligi e’tibori bilan, unga hech
qanday jarima ham («Baqara» surasining 225-oyat), gunoh ham
yozilmaydi», – deganlar.
Musulmon huquqshunoslarining fikriga ko‘ra, qasam borasida
qasddan aytgan ham, majburlangan holda qasam ichgan ham, esdan
chiqqan holda qasam ichgan kishi ham barobardir. Ya’ni ushbu
holatlarning barchasida ham kafforat vojib bo‘ladi. Faqihlar ushbu
fikrlariga dalil sifatida Muhammad (s.a.v.)ning: «
Uch narsaning hazili
127
ham, jiddiysi ham jiddiy qabul qilinadi: taloq, nikoh, qasam»,
– degan
ta’kidini keltirganlar.
Qasam hisoblanadigan so‘zlar – Allohning ismlari, ya’ni Rahmon,
Rahim hamda xalq orasida ma’lum bo‘lgan sifatlari («Allohning izzati
bilan», deb) bilan aytilgan so‘zlardir. Bu iboralar xalq orasida odatda
qasam ichishda qo‘llaniladigan so‘zlar bo‘lgani bois, qasam ichuvchilar
uni aytish bilan o‘z so‘zining to‘g‘ri va e’tiborli ekanligini ta’kidlamoqchi
bo‘ladi. Ammo «Allohning ilmi bilan», «Allohning g‘azabi
yoki rahmati
bilan», deb ichilgan qasam qasam o‘rniga o‘tmaydi. Chunki bunday
iboralar bilan qasam ichish urf bo‘lmagan hamda gohida g‘azab deganda,
uqubat, azob va rahmat deganda, yomg‘ir nazarda tutilishi tufaylidir.
Qasam bobida e’tibor beriladigan asosiy shart – kimsaning qasam bo‘la
oladigan so‘zlar bilan qasam ichishidir. Kimki Allohdan o‘zganing ismi
bilan qasam ichsa, garchi nabiy yoxud Ka’ba nomi bilan qasam ichsa
ham, qasami o‘timsiz va e’tiborsizdir. Chunki Muhammad (s.a.v.) bu
haqda: «
Kimki qasam ichmoqchi bo‘lsa, Allohning nomi ila qasam ichsin
yoki hech qasam ichmasin
»,– deganlar (imom Muslim). Qur’on nomi
bilan qasam ichish ham shu kabidir, chunki Qur’on nomi bilan qasam
ichish ham odat emas. Burhoniddin Marg‘inoniy: «Agar
kimki
payg‘ambarlar va Qur’on nomi bilan qasam», desa, bu qasamga o‘tmaydi,
ammo «Men payg‘ambardan ham, Qur’ondan ham kechdim», desa, bu
qasamga o‘tadi va sohibi kofir bo‘ladi», – deydi.
Qasam lafzlari faqat insonlar iboralarida joriy bo‘lmay, balki Qur’on,
sunna matnlarida ham mavjud. Ta’kidlash kerakki, qasam lafzlari arab tili
grammatikasida yaxshiroq, tushunarliroq ifodalangan. Arab tilida
qasamning ma’nosi harflar bilan ham ifodalanadi, ya’ni «
vallohi
»da,
«vov» «
billahi
»da «bo», «
tallahi
»da «to» harflari Qur’oni karimda
qasamni ifodalovchi harflar hisoblanadi va bu qoida keng xalq ommasiga
tanish. Arablar ba’zida ushbu harflarni ochiq talaffuz qilmay, qasamni
aytib qo‘yaveradilar. Masalan, «Allohga qasamki, men bu ishni
qilmayman» deyiladi, ya’ni «Allohga qasamki», degan so‘zni ifodalovchi
birgina «vov» harfi tushirib qoldirilgan holat bayon qilindi, bu
yerda bu
harflarni xazf qilish (qisqartirish) arablarning odatidir.
Dostları ilə paylaş: