Zavqiyning hayoti va ijodiy faoliyati lirikasi; Zavqiy hajviyoti



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#133923
  1   2
1348737926 3187




REJA:



  1. Zavqiyning hayoti va ijodiy faoliyati lirikasi;

  2. Zavqiy hajviyoti.

  3. Axli rasta hajvi.

  4. Zavqiy dostonlari.

  5. Xulosa.

Ubaydulla usta Solih o`g`li Zavqiy 1853 yili Qo`qonning Shayhon (Daxmai bolo) hozirgi Zavqiyobod mahallasida kosib oilasida tug`ilgan. Uning otasi maxsido`z usta edi. Ubaydullo avval mahalla masjidi qoshidagi eski usul maktabida xat-savodini chiqargan, taxminan 1870-71 yillarda ilm ihlosmandi, tog`asi Muhammad Sodiq maslahati bilan Qo`qondagi «Madrasai oliy» da, keyin «Madrasai chalpak» da tahsil oladi. 1874 yili otasining oyoqlari shol bo`lib qolgach, Ubaydullo o`qishni tugatib, «Madrasi oliy» dagi xujrasida ota kasbi maxsido`zlik qilib, ro`zg`or tebratishga majbur bo`ladi. Ubaydullo talabalik yillarida tog`asi taqdim qilgan A.Navoiyning «Chor devon»ini, «Xamsa» sini mutoala qilib, unga ergashib she`r mashq qilar ekan. O`ziga Zavqiy deb tahallus tanlaydi. Bu davrda Qo`qonlik Muqimiy, Muhyi, Muxsiniy, Muxayyir, Rojiy, Qoriy, Asriy singari shoirlari ijodi xalq tiligatushib qolgan edi. Zavqiy ham ular davrasidan munosib o`rin oladi. Ularni mushoiralarida, adabiy suhbatlarida qatnashib turadi. Ba`zan ular ham to`planishib Zavqiyning madrasa xujrasiga joylashgan ustaxonasiga kelishib, xazil mutoyibaga boy she`rxonliklar qilib turganlar. Shunday «Mehmondorchiliklar» ning birida ustaxona eshigining ustiga Muqimiy: (dastxat)
Bu Ubaydulloxonning koshonasi,
Usta Solix o`g`li do`kon xonasi.
Ey birodari axli tamiz,
Eski maxsiyu kovush tikamiz – deb yozib qo`ygan ekanlar. Zavqiy shu ijodkor to`da bilan birgalikda ijodiy kamolotga erishadi va xalq orasida shoir sifatida shuhrat qozonadi.

Shoir bir muddat Qo`qondagi poyafzal rastasida ish yurituvchi bo`lib ishlaydi. 1890 yilda yana o`z kasbi maxsido`zlikka qaytadi. Qizg`in ijod bilan shug`ullanadi. Mana shu paytda uning ijodida hajvchilik paydo bo`ladi va tez rivoj topadi. 1898 yilda shoir hayotida ketma-ket baxtsizliklar bo`lib, avval shol bo`lib qolgan otadan, keyin ikki ukadan ayriladi. Xotini Toshbibi ikki ko`zi ko`r bo`lib o`tirib qoladi. Bu musibatlarni biroz yumshatish maqsadida shu yili Muqimiy bilan birga Andijon, so`ngra O`shga sayohat qiladi. Ular Andijonda do`sti shoir Qoriy Yusuf Muntazir, Bimiylar bilan uchrashadilar. Xuddi shu vaqtda Yikchi Eshon vaqeasi boshlanib qoladi. Shoirlar Yikchi Eshon qarorgohini va bu voqea bilan bog`liq bo`lgan boshqa joylarni borib ko`radilar. Ko`rganlarini Zavqiy «Hajvi Yikchi Eshon», Muqimiy esa «Hajvi Xalifai Mingtepa», «Qurbaqalar» hajviyalarida bayon qiladilar. Zavqiy tog`asi Muhammad Sodiq bilan birgalikda 1900 yil xaj safariga chiqadilar. Ular Kavkaz, Turkiya, Misr orqali Makkatulloga yetib boradilar. Safar uch yil davom etadi. Xaj safari Zavqiy ijodida haqiqatpeshalik tomon jiddiy o`sishni ta`minlaydi. Endilikda u o`z asarlarida xalqparvarlik g`oyasini ilgari suradi. Mavjud ijtimoiy tuzumdan nafratlanishi, farovon turmushga intilishi, ijtimoiy adolatsizlik jaholat va qoloqlikni la`natlash asosiy maqsadga aylanib qoladi. Zavqiy tomonidan 1906 yili savdo rastasidagi 46 nafar qallob savdogar hajv qilinib, gavjum saylgohlardan biri Mo`ymarakdagi bir terakka osib qo`yiladi. Umuman Zavqiy hajvga duch kelib avra astarisi ochib tashlangan Qo`qonning kazo-kazolari savdogarlari shoirni ta`qib qila boshlaydilar. Shahar hokimiga arz qilib jarima soldiradi, bo`lmaydi. Uyezd hokimiga chaqirtirib, Sibir surgunibilan qo`rqitishmoqchi bo`lishadi, bo`lmaydi. Oxiri Ergash qo`rboshi vahshiyona usul bilan shoirni to`xtatadi. Biroq o`z xalqining g`azabiga yo`liqadi. Shoir 1906 yili yaratgan «Ahli rasta», «Qahatchilik», «Zamona», «Ajab ermas» singari asarlari davrning yorqin oynasi bo`lib tarixda qoldi. 1918-20 yillarda ochlikka qarshi kurash qo`mitasi bosmachilar sulhiga da`vat etuvchi guruh a`zosi sifatida faol xizmat qilgan keksa shoirni bosmachilar vahshiyona azoblaydilar, xalq zo`rg`a katta pul evaziga shoirni qutqarib qoladilar. Biroq keksa shoir o`ng`arilmaydi. 1921 yil may oyida qazo qiladi. Qo`qon shahar kengashining 1922 yil noyabrdagi qarori bilan shoir tug`ilib o`sgan Shayxon Zavqobod mahallasi deb, Yangiqo`rg`ondagi Karimbobo qishlog`i Zavqiyobod deb ataladi.


Zavqiy salaflari, A.Navoiy, Fuzuliylar an`anasini davom ettirib, ishq muhabbat kechinmalarini nazmga solish bilan shoirlikka kirib kelgan. Xususan Zavqiy A.Navoiyning «Netay» radifli g`azaliga shu vazn, qofiya va mazmunda nazira bog`lab, uni yanadda mukammalashtirgan bo`lsa, Furqatning «Uch xarobati» musaddasi ruxi va uslubida, «Bodom vasling» g`azalidir. Zavqiy ham Furqatdek samimiy muhabbatga ega bo`lgan, ammo taqdirning vafosizligidan alam va iztirob chekkan «Uch oshiq» haqida fikr yuritgan. Ikkalasi ham aruzning romal bahrida yozilgan:
Bodom vasling qachonkim no`sh etibon qonamiz,
Tongg`acha xijronda bo`lg`aymu biz mayxonamiz.

Zavqiy lirikasining realistik kuchi, ayniqsa, uning siyosiy mavzularida yozilgan she`rlarida yaqqol ko`rinib turadi, «Demish Xon», «Ajab ermas», «Farg`ona» asarlari ajoyib siyosiy she`r namunasidir. «Demish Xon» she`r muhammasi shaklida yozilgan (7*5-35) Qo`qon tarixida sodir bo`lgan muhim xodisa, 1876 yildagi Qo`qon xoni – Xudoyorxonning taxtdan xiyla bilan olinishi xon tilidan yozilgan. 1917 yili yozilgan «Ajab ermas» muhammasi (7 band 35 lirika).


Zavqiy o`z davri hajvchiligida Muqimiy muhitining ko`zga ko`ringan vakilidir, uning hajviyoti mavzu doirasi, hayotiy xodisalarni baholash va g`oyaviy-estetik nuqtai nazari jihatidan ilg`or dramatik hajviyot namunasidir. Chunki uning hajviyotida ijtimoiy xodisalar xalq nuqtai nazaridan baholanadi. Turli illatlar qattiq tanqid qilinadi, adolatsizlik, yolg`onchilik, xudbinlik, xaromxo`rlik, mehr-oqibatsizlik fosh qilinadi. Hukmron tabaqaga mansub hamma bo`g`inlardagi zaif amaldorlarning ayanchli imsollari chiziladi. Bu hajvlar shoirni turmush-ijtimoiy tuzum va undagi qonunlarning mohiyati haqidagi siyosiy qarashlarini, arzu-istaklarini aks ettiradi. «Zamon kimniki?», «Dar mazamati zamona», «Bo`l», «Muncha ko`p» asarlari ana shunday hajvlar jumlasidandir.

Sendin, ey davron ichib g`am zaxrini g`amnokman,


/uncha yang`lig` otashinlikda giribon chekman.
Demadim bir bor ichsam dafg`iga (qaytarish) taryok(afyun) man
Xalq nazdida haqiru xok yo xoshokman.
Davlatu, izzu shariflar mardi bodunyoniki – kabi salloniki, rasvoniki, zaboniki radiflari qofiyalanib kelgan.

So`rsalarkim, bu muhammasni kim aydi, deb agar,


Zavqiy degan bir yamoqchi, maxsido`z ustaniki, deb yakunlaydi.

Zavqiyning «Veksel» hajviyasi jamiyat hayotida borgan sari kuchayib borayotgan taqchillik, g`irromlik, zo`ravonlik munosabatlarini va ularning illatlarini ochib tashlashda muhim o`rin tutadi.


«Veksel» hajviy muhammas shaklida yozilgan bo`lib, u Zavqiy bilan Muqimiyning birgalikdagi ijodiy maxsulidir, to`g`rirog`i Zavqiy g`azaliga Muqimiy bog`lagan muhammasdir. Hajviyada Farg`ona vodiysda rasm bo`layotgan pul o`rniga veksel berish, shu yo`l bilan dehqon va kasb-xunarmandni uzoq muddatli iqtisodiy tanglikda tutib turish siyosati haqida fikr yuritiladi.
Mansur (niqoblangan) qolmagaykim so`zining yo`g`oni chiqdi,
Oltiariqliklarda ham vekselni qoni chiqdi,
Zovudni bitkaralmay eshonning joni chiqdi,
Afsus ey xaloyiq ishlarning yomoni chiqdi.
Oxir zamona ma`lum bo`ldi, nishoni chiqdi.

Xalqki kambag`allar go`yo g`altak o`ldi,


O`lganning ustiga ham birmuncha kaltak o`ldi,
Bu voqea, Muqimiy, har yerda doston o`ldi,
Bul-dabba, narx-qimmat ustiga po`stak o`ldi,
Ketiga po`stak bog`lab Zavqiy bayon chiqdi.

Bu hajviy nochor tuzum tug`dirgan illatlarni fosh etuvchi asardir. Ushbu turkumga mansub «Dar hajvi shox Inoyat qo`rboshi», «Hajvi Yikchi eshon» Zavqiyning «Axli rasta hajvi» asari ham Qo`qonning tim bozori rastalarida savdo qiluvchi, yulg`ich, tovlamachi, olibsotarlarning qilmishlarini tanqid qilinishi jihatdan ahamiyatlidir, unda 46 ta yulg`ich, xaromxo`r alohida – alohida tanqid qilinib, har biri 2, 4 misra she`r bilan tasvirlanadiki natijada bu «qahramon» larning boshqalardan ajralib turadigan eng harakterli hususiyatlari, xulqlari, odatlari o`quvchi ko`z oldida namoyon bo`ladi. Muttaham Yangiboy, ahloqsiz Shodmonxo`ja, mug`ombir Xodixo`ja, tantiq Mad`ixo`ja, yengiltak Qosim, ochko`z Xo`jamjon, iflos Mo`minsholarga nisbatan nafrat bilan aytilgan misralarda shoir nafrat bilan bir guruh razil savdogarlarning portretini chizib, xalq oldida ularni sharmanda qiladi. Biroq mazkur hajviyaning yarmidan ko`prog`i xali e`lon qilinmagan. Mana qolgan baytlar:


Qodir degan haromi boy bor,
Ko`p mug`li baland xangramakka,

Sodiq so`zli, yuzi kimgadoru?


Desam, dedi: zahm, maraz, so`zakka,
Mashhur o`sha ko`r Meli erursan,
Boshing agar yetsa ham falakka,
Gap ta`sir aylamaydi sengga,
Ablah to` –slepoy eshshakka.

Nomma-nom sanalayotgan rasta axlilarning kirdikorlari ayovsiz fosh etilmoqda. «Al rasta hajvi»ning davomi sifatida yozilgan. «Talading bering» hajviyasi fosh qilingach savdogarlarning Zavqiyga tuhmatlar uyushtirganlarga javoban yozilgan asardir.





Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə