Akademik litsey va kollejda matematika ta’limi. O‘zbekiston Respublikasining mustakillikka erishishi, «Ta’lim to‘g‘risida»



Yüklə 38 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü38 Kb.
#142043
AKADEM~1


Akademik litseylarda matematika fanining mazmuni va strukturasi
Reja:



  1. Akademik litsey va kollejlarning uzluksiz ta’limidagi axamiyati

  2. Akademik litsey va kollejda matematika ta’limi.

O‘zbekiston Respublikasining mustakillikka erishishi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning Respublika hududida kuchga kiritilishi, «Kadrlar tayyyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi, uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich maktab, umumta’lim maktabi, akademik litsey yoki kollej, universitet (bakalavriat va magistratura) kabi bosqichlarga ajratilib amalga oshirilishi, ta’lim tizimini islox qilinishida qat’iy o‘zgartirishlarning yuzaga kelishi, ayrim eski tizim tarmoqlari urnini yangisi bilan almashtirilishi, ta’lim tizimini yangi takomil zamon ekanligini ko‘rsatadi va sohani yanada chuqurroq islox qilish zarurligini belgilab berdi.


Ma’lumki, akademik litseylarda ma’lum vazifa – o‘quvchilarni fundamental fanlar bo‘yicha zamon talablari asosida faoliyat kursatayotgan universitetlarga talaba darajasida tayyorlash vazifasi topshirilgan. Akademik litseylarning bitiruvchilarini nafaqat uzlari tanlagan fanlari, soxalari bo‘yicha chuqur va puxta bilimlarga ega, balki ingliz, nemis, fransuz yoki boshqa bir xorijiy tillardan birida erkin fikr almasha oladigan, agar taqdir joiz bo‘lsa, rivojlangan xorij davlatlaridan birida taxsil olishga tayyor qilib ta’lim berish, tarbiyalash lozimligi akademik litsey ma’muriyati oldiga mas’uliyatli vazifa yuklatilganligidan dalolat beradi.
Bu singari talabalardan kelib chiqqan holda, matematika fanini akademik litseylarda o‘rganish uchun bevosita rivojlangan Yaponiya, Angliya, Fransiya, AQSH va boshqa davlatlarda matematika fanini urganilish mazmuni, tizimi tahlil qilib chiqish va ulardan tegishli xulosalarni chiqargan holda O‘zbekison Respublikasining ichki va tashqi rivojlanishini, rivojlanish tezligini xisobga olgan holda matematika fanining mazmuni va tizimini ishlab chiqish va uni bosqichma-bosqich, uzluksiz takomillashib borish istiqbollarni aniqlash lozim ekanligini taqozo qilmoqda va bunga erishildi ham.
Akademik litseylarda chuqurlashtirib o‘qitiladigan matematika fanining mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talabning bir tomoni umumta’lim maktabalari, akademik litsey va universitetlarda uqitiladigan matematika fani tushunchalari, faktlari, qonuniyatlari va o‘qitish metodikasi orasidagi uzluksiz bog‘lanish, ya’ni uzviylikning qat’iy saqlanishi bo‘lsa, ikkinchi tomoni matematikaning boshqa fanlar – fizika, ximiya, biologiya, iqtisod, va texnika fanlari bilan bir yoki ikki tomonlama uzviy aloqadorligini ta’minlashdan iboratdir. Buning uchun bevosita akademik litseylarda o‘qitiladigan matematika fanining mazmuniga qanday tushunchalar, faktlar, qonuniyatlarni kiritish lozim-ki, undan boshqa fan asoslari ham baxramand bo‘lib, bu fanlar ham yonma-yon rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lsin- degan savol tug‘iladi.
Hozirgi kunda yuqoridagi keltirilgan talab va istaklarni xisboga olgan holda matematikasi chuqur o‘zlashtiriladigan akademik litseylarning matematika fanining mazmuni aniqlangan va ular shu asosda tuzilgan namunaviy ish dasturida ishlab kelmoqdalar.
Akademik litseylarda sababli talabalarni uning birinchi tomonlama o‘qitilganligi sababli talabalarni uning birinchi kursiga qabul qilinishini yaxshi o‘tkazilishi, nafaqat matematika, fizika, ximiya, biologiya, ona tili, ingliz tili fanlaridan test topshiriqlarini muvaffaqiyatli topshirishlarini nazarda tutish, ularni akademik litseyning talabasi bulganidan keyin uzlarining maqsadlarini o‘zgartirishlari yoki yo‘qligini bilish uchun shu talabni bir qiymatli aniqlovchi psixologik testlardan utishlari va olingan natijalarning tahliliy xulosalari asosida litseyga qabul qilinishlariga erishish maqsadga muvofiqdir.
Akademik litseylar o‘quvchilarining bilimlar tizimi o‘ziga xos integrallashgan bilimlar tizimi bo‘lib, bu ularda matematik ko‘nikma va malakalarni shakllanishiga, rivojlanishiga muhim omil bo‘lib xizmat qilishi zarurdir.
Akademik litsey tinglovchilarining bilimlar sistemasining umumiy ko‘rinishini aks ettiruvchi 1-jadvalda litsey o‘quvchilarining bilimlar sistemasida matematikadan beriladigan bilimlar o‘zining tadrijiylik prinsipi nuqtai nazaridan qolgan bilimlarni tarkib topishiga, rivojlanishiga yordam beruvchi, tinglovchi sifatida qatnashib, fanlararo aloqadorlik prinsipini ta’minlovchi, o‘quvchilarda matematik ko‘nikma va malakani rivojlantirishini ta’minlovchi bilimlar sifatida qatnashayotganini ko‘rish mumkin.
Masalan, transsendent tenglama va tengsizliklar tushunchasiga bevosita kursatkichli, logarifmik, trigonometrik tenglama va tengsizliklarni o‘quvchi tushunishi bilan birgalikda ifodani ko‘rinishida tasavvurga keltirishi, uni xisoblash metodikasini tezda esga olishi va undan amalda foydalana olishi ham nazarda tutiladi.
Akademik litseylarda o‘qitiladigan matematika fanining mazmuni (2-jadvalga qarang) o‘zining tuzilishi va mazmuniga qarab bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda tarkib topadi va rivojlanadi. O‘zaro aloqadorlik o‘z tarkibiy qismiga bir tomonlama yoki ikki tomonlama bir fan tushunchasi, qonuniyati, fakti, formulasining ichki bog‘lanishi yoki ikkinchi fan tushunchasi, qonuniyati, fakti, formulalariga olib utishni ta’minlashni olgan bo‘lib, u o‘zining prinsipial qonun va qoidalariga asosan o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, chuqurlashtirish hamda tadbiqiy kuchini oshirishni maqsad qilib quyadi. Shuning uchun ham, akademik litseylardagi matematika fanini o‘qitishda ichki va tashqi aloqadorlik yuz beradi.
Ichki aloqadorlik xar bir fanining o‘zining tushunchalari, qonuniyatlari, faktlari, formulalari orasidagi bir tomonlama yoki ikki tomonlama aloqadorlik bo‘lsa, tashqi aloqadorlik deganda – matematikaning tushunchalari, qonuniyatlari, faktlari, formulalarini boshqa fan asoslari – fizika, ximiya, texnika fanlari, biologiya va boshqa fanlar orasidagi bir tomonlama yoki ikki tomonlama bog‘lovich yo‘llar orqali fanlarning rivojlanishini amalga oshirilishi tushiniladi. Masalan, 3- jadvalda keltirlgan yoki boshqa bir ko‘rinishdagi bog‘lanishlarni berish mumkinki, bu bog‘lanishlar o‘zining strukturaviy jihatdan refleksiv, antisimmetrik, tranzitivlik shartlari asosida bog‘langan bo‘lsa, u holda bunday bog‘lanishni bir tomonlama yunalgan bog‘lanish deyilsa, agar u bog‘lanish simmetrik bo‘lsa, u holda uni ikki tomonlama yunalgan bog‘lanishlar deb qaraladi. Masalan,

Munosabatda ikki tomonlama bog‘lanish mavjuddir, ya’ni dan ning ikala tomondan sinus olish natijasida tenglik hosil qilinadi. Xuddi shunday sxematik bayonnomani bir tomonlama yunalgan bog‘lanishni ko‘rsatishga ham imkon mavjudki, unda texnik misollar yordamida xosila tushunchasini yoki trigonometrik funksiya tushunchasini va aksincha bog‘lash mumkin. Lekin, fanlararo aloqadorlikni tarixiy eton-monografik jihatlarini falsafiy predmetik xususiyatlarini o‘rganish jarayonida G.N. Baturin, Sh.I. Ganelin, I.D.Zverov, P.M. Ivanov va P.G. Kulagina va boshqalar maktabda o‘qitiladigan fanlar orasidagi aloqadorlik tarixiy rivojlanish darajasida bo‘lishi kerak degan xulosaga keldilar. Bu esa o‘z navbatida tushuncha yoki qonuniyat sintezi asosida yuzaga kelgan bo‘lsa, iloji boricha shu sistematikaga asosan bayon qilish lozimligini ta’kidlashdan iboratdir. Lekin ular bu bog‘lanishlarni hozirgi mavjud akademik litseylar, umumta’lim maktablariga qanday soddalikda olib kirish mumkinligi haqida fikr bera olmadilar. Keyingi yillarda professional ta’lim namoyondalari S.Y. Batishev, A.P. Belyayeva, M.I. Maxmutov, P.N. Novikov, A. Kelbikiani, A.Seyteshev, A.G. Mordkovich, T.R. Tulaganov va boshqalarning fikrlariga ko‘ra fanlararo aloqadorlikni yuzaga keltiruvchi tushunchalar, qonuniyatlar, faktlar, qoidalar, avvalombor didaktik prinsiplarga to‘liq amal qilishi, u yoki bu fandan qatnashayotgan tushuncha shu fandangi tushunchani to‘liq va atroflicha aniqlovchi darajasigacha qatnashishi, qolgan holda yuzaga kelgan tushuncha yoki qonuniyat fanini rivojlantirish quvvatiga xalal bermasligi lozim degan fikrga keldilar.
Yüklə 38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə