Akmeologik Golossariy



Yüklə 17,25 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü17,25 Kb.
#148430
Akmeologik Golossariy

Akmeologik Golossariy





Atama

Ma’nosi

1

PEDALOGIYA

yunonchadan pais (paidos) – go‘dak + logiya bolalar haqidagi fan bola rivojining psixologik, biologik, ijtimoiy, pedagogik konsepsiyalari yig‘indisi.

2

GERONTOLOGIYA

[yunonchadan gerontos- qariya+logiya, qartayishi fani] – inson qartayishni o‘rganadigan mediko biologik va psixologik fanlar yig‘indisi.

3

AKMEOLOGIYA

[yunonchadan akme – nimanidir oliy darajasi + logiya, cho‘qqi haqidagi fan] – alohida odamni va odamlar birligini rivojlanishi chuqqisini va unga erishish sharoitlarini o‘rganadigan fanlar to‘plami.

4

FENOMEN

[yunonchadan phainomenes – ya’ni hodisa] akmeologik fenomenlar – birinchidan murakkab tirik organizm bo‘lgan odamni individ sifatida namoyon bo‘lishi avvalo professional sifatidagi, arbob sifatidagi voqelikning turli-tuman tomonlariga odamdagi paydo bo‘lgan yadroviy munosabatlarning ko‘rinishlari, ikkinchi jihatdan uni jamiyatdagi bajaradigan roliga qarab, odamlarni kichik va katta birlashmalarida ko‘rinadigan hayot faoliyatini yashash sharoitining konkret ko‘rinishlari orqali chiqadigan hodisalar.

5

TARBIYA

pedagogik xodisa bo`lib, yosh avlodga ilmiy bilimlar sistemasida, malaka va ko`nikmalarini maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib borish va buning natijasida xar tomonlama shakillangan kishini tarbiyalashni maqsad qilib qo`yadi.

6

MA'LUMOT

asosiy pedagogik tushuncha bo`lib, u ijtimoiy xayot voqealarini obektiv aks ettirishidir. Bu jarayon kishi tomonidan tabiat, jamiyat va kishi tavakkuri to`g`risidagi umumlashtirilgan ijtimoiy zarur bilim, malaka, ko`nikmalar sistemasining egallab olishi natijasidir.

7

TA'LIM

ijtimoiy zarur bilimlar, muayyan ko`nikma va malakalarni o`quvchilarga singdirish, ularning ongiga va xulqiga ta'sir etish, dunyoqarashiga va bilish faoliyatini rivojlantirishdir. U insonni mexnatga, xayotga tayyorlashning asosiy vositasidir.

8

O`QITISH

pedagogik faoliyat bo`lib, u bilim, malaka, ko`nikmalarni bolalarga singdirish, ularning bilish va amaliy faoliyatiga raxbarlik qilishdir.

9

O`QISH

o`quvchining bilim, malaka, ko`nikmalarini egallashdan mamliy faoliyatidir. U o`quvchilarning xar tomonlama rivojlanishini taminlaydi.
Bola shaxsini uyg`un rivojlantirish shaxsni insoniyat tomonidan to`llangan xamma boyliklarini xozirgi zamondagi fan texnika taraqqiyoti va madaniyat darajasida egallab olishni xar tomonlama rivojlangan barkamol shaxsning insoniy sifatlarni takomillashtirishidir, zamon talabiga javob beradigan darajaga ongli ravishda intilishidir.

10

O`Z-O`ZINI TARBIYALASH

yaxshi tarbiya natijasida yuzaga kelib, shaxsning o`z-o`zini kamolga yetkazishga olib keladi.

Yüklə 17,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə