Aksiz solig’ini to’lovchilar: Aksiz to’lanadigan tovarlarni ishlab chikaruvchi va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar aksiz solig’ini to’lovchilar bo’lib hisoblanadi. Aksiz solig’i solinadigan obyekt


Aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozlar



Yüklə 15,95 Kb.
səhifə3/3
tarix03.06.2022
ölçüsü15,95 Kb.
#88614
1   2   3
aksiz solg\'i

Aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozlar. Soliq kodeksiga ko‘ra quyidagilarga aksiz solig‘i solinmaydi:
1) aktsiz to’lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aktsiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;
2) keyinchalik O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo’lgan aktsiz to’lanadigan tovarlarni topshirishga;
3) O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga:
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida;
-davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko’mak ko’rsatish maqsadida;
- O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo’yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan zayomlar (kreditlar) mablag’lari hisobiga, shuningdek grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, aktsiz to’lanadigan tovarlarni import qilishga.
4) aktsiz to’lanadigan tovarlarni O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aktsiz solig’i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga. O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aktsiz solig’i solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish normalarining eng yuqoriqonun hujjatlarida belgilanadi;
5) vakolatli davlat organining yozma tasdig’i mavjud bo’lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo’yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga.
Yüklə 15,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə