Algebraik materiallarni o‘rganish metodikasi



Yüklə 10,85 Kb.
səhifə1/2
tarix20.04.2023
ölçüsü10,85 Kb.
#106552
  1   2
Algebraik materiallarni o‘rganish metodikasi-fayllar.org (1)


Algebraik materiallarni o‘rganish metodikasi

Algebraik materiallarni o‘rganish metodikasi

Reja:
Geometrik materiallarni o‘rgatish metodikasi


O‘quvchilarni geometrik figuralar bilan tanishtirish metodikasi
Boshlang‘ich sinflarda arifmetik materiallarni o‘rganib yakunlash algebraik materiallarni va matematika simvolikani o‘rganish bilan umumlashtiriladi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar alfavitni matematik simvol tarzida qo‘llay boshlaydilar. Shu orqali algebraik ifoda, tenglik, tengsizlik, tenglama to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumot oladilar.
Bular to‘g‘risida ma’lumot berishning asosiy maqsadi arifmetik amallarning mohiyatini to‘laroq ochish, shuningdek, keyingi sinflarda o‘rganiladigan algebra fani uchun zaruriy tayyorgarlikni amalga oshirishidir.
Lekin, algebraik misollarni yechish algebra qoida va qonuniyatlarga asoslanmasdan arifmetik qoidalarga asoslanadi.
Masalan, 3+a=10 dan a qo‘shiluvchini topish noma’lum komponentni topish qoidasi bilan yechiladi.
Algebra materiallarini o‘rganish algebraik ta’riflarga asoslanmaydi.
Boshlang‘ich sinflarda arifmetik materiallar
Geometrik materiallarni o‘rgatish metodikasi
Mavzu bo‘yicha talabalarning bilim va ko‘nikmalariga talablar:
Har bir talaba:
– I–V-sinflar uchun matematika kursi bo‘yicha geometrik materiallarni o‘rganish vazifalarini;
– Matematika boshlang‘ich kursiga kiritilgan geometrik xaraktyerdagi masalalarni hamda ularni o‘rganish tartibini;
– Geometrik materiallar bilan tanishuv tufayli o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi arifmetik masalalarni;
– Geometrik tasovvurlarni shakllantirish metodlari va usullarini;
– O‘quvchilar tomonidan yechish jarayonida geometrik xaraktyerdagi masalalarni o‘zlashtirib olishga xizmat qiluvchi mashqlarni ;
– Geometrik materiallarni o‘rganish davomida foydalaniladigan ko‘rgazmali qo‘llanmalar va didaktik o‘yinlarni;
– Geometrik mazmundagi masalalarning o‘zlashtirilishini tekshirishning turlicha ko‘rinishlari,shakli va usullarini bilishi kerak.
– Geometrik misollarni o‘rganishga xizmat qiluvchi ko‘rgazmali qo‘llanmalar va didaktik o‘yinlardan foydalana olishi;
– Geometriya elementlarini o‘zlashtirishni tekshirishning turlicha ko‘rinishlarini,shakl va usullarini qo‘llay olishi;
– Тekshiruv maqsadlariga mos sinov topshiriqlari va mustaqil ishlarni tuza olishi kerak.
Geometriya materialini o‘rganish metodikasining umumiy tavsifnomasi (xarakteristikasi)
Geometrik material boshlang‘ich sinflar uchun mustaqil bo‘lim sifatida o‘quv dasturiga kiritilmaydi. O‘quv jarayonida geometriya elementlarini o‘rganish bilan bevosita bog‘lab olib boriladi.
Geometrik mazmundagi masalalarni yechish, hisob-kitobga o‘rgatish davomida geometrik figuralardan, didaktik material sifatida foydalanish
Geometrik elementlarni o‘rganishda quyidagi metodlardan masalan; geometrik modellashtirishdan foydalanish, qog‘oz, cho‘plar, plastilin va simlardan figuralarning modellarini yasash, qog‘ozda geometrik figuralarni chizish - bolalar ongida geometrik tasovvurni rivojlantirishga omil bo‘ladi. Bunday sharoitda materialning turi, rangi, o‘lchamlari, tekislikdagi holatini nazarda tutmagan holda figuralarni shunday tanlash kerakki, bolalar ularning asosiy belgilarini (shakli, geometrik sifatlarini) aniqlay olsinlar. Shunga diqqat qaratish kerakki, o‘quvchilar geometrik figuralarning barcha sifatlarini ajrata bilsinlar. Bu figuralar tasavvurning to‘g‘ri bo‘lishiga yordam beradi. Masalan, to‘g‘riburchakli to‘rtburakni o‘rganish jarayonida bolalar uning ikki asosiy sifati-to‘rtburchak ekanligi va burchaklari to‘g‘ri ekanligini tushunib yetishlari kerak.
Geometrik materialni o‘rganishda chizma va o‘lchov asboblarini qo‘llash, oddiy chizmalarni chizish, geometrik figuralar tasvirini yasash bilan bog‘liq bo‘lgan muntazam amaliy ishlar bolalarda tegishli ko‘nikmalar hosil qilishga xizmat qiladi. Bunday xolatlarda bajarilayotgan ishlarni so‘zlar bilan tariflay olish, dasturda ko‘zda tutilgan simvolika(belgi,ramz) va atamalarni qo‘llay olish muhim ahamiyatga egadir.


Yüklə 10,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə