Algoritmik tillar va dasturlash


C# dasturlash muhitida ma’lumotlar bazasi bilan ishlash



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə3/5
tarix01.06.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#114908
1   2   3   4   5
Asilbek kurs ishi 1 new

1.2 C# dasturlash muhitida ma’lumotlar bazasi bilan ishlash.


Ma’lumotlar bazasi-biror sohaga oid oʻzaro bogʻlangan ma’lumotlar yigʻindisining disk tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasidir. Boshqacha qilib aytganda, ma’lumotlar bazasi - bu kompyuter xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturali, oʻzaro bogʻlangan va tartiblangan ma’lumotlar majmui boʻlib, u biror bir obyaktning xususiyatini, holatini yoki obyaktlar oʻrtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda tavsiflaydi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) - bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmui boʻlib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratishi va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. MBBT oʻz maxsus dasturlash tillariga ham ega boʻlib, bu tillarga buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol kåltirish mumkin. MBBT asosiy xususiyatlari = bu nafaqat ma’lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatiladigan protsaduralar tarkibi boʻlmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. Ma’lumotlarni oʻzida saqlab va MBBT ostida boshqariladigan fayl oldin ma’lumotlar banki, kayinchalik esa “Ma’lumotlar bazasi” deb yuritila boshlandi. Ma’lumotlarni boshqarish tizimi quyidagi xossalarga ega:
1. Fayllar toʻplami mantiqiy kalishuvni quvvatlaydi.
2. Ma’lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta’minlaydi.
3. Har xil toʻxtalishlardan kayin ma’lumotlarni qayta tiklaydi.
4. Bir nacha foydalanuvchilarning parallal ishlashini ta’minlaydi.

1-rasm (Ma’lumotlar bazasi turlari).
SQL (Structured Query Language) – Bu soʻrov tili koʻp operatorlardan tashkil topgan boʻlib, bu operatorlar orqali foydalanuvchilar va dasturlar Oracle(MBBT) dagi ma’lumotlar bazasiga murojaatni amalga oshirishi mumkin. Oracle utililari yoki har xil dasturlar SQL operatorlarisiz bazaga murojaatni amalga oshirishi mumkin, lekin soʻrovlarni amalga oshirishda bu soʻrov tilidan foydalanmaslikning iloji yoʻq.
1970-yil iyun oyida E. F. KODD oʻzining E.F. Codd, “A Relational Model of Data for Large Shared Data Banks” maqolasini ommaga taqdim etdi. Bu maqola “Communications of the ACM” jurnalida chop etildi. Hozirgi kunda Koddning bu modeli “relyastion maʻlumotlar bazasini boshqarish tizimi(RMBBT)” ning yakuniy modeli deb qabul qilindi. Kod ning modelni yoʻlga qoʻyish maqsadida IBM firmasi SEQUEL (Structured English Query Language) tilini ishlab chiqdi. Keyinchalik bu til SQL tiliga oʻzgartirildi, lekin haligacha “sikvel” deb ham yuritilmoqda. 1979-yil Relational Software (hozirgi vaqtdagi Oracle) korporatsiyasi SQL ning birinchi tijoriy ishlanmasini ommaga taqdim etdi. Hozirgi kunda SQL tili RMBBTning standart tili hisoblanadi.
SQL tili soʻrov-natija koʻrinishida ishlaydi. Soʻrovlar har bir element uchun emas, butun bir guruh uchun beriladi va natija olinadi. SQL uchun ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar qay shaklda, qay tartibda joylashganini umuman ahamiyati yoʻq, foydalanuvchilar ham bu ma’lumotlarni bilishi shart emas. Faqatgina operatorlarni toʻgʻri yozish orqali istalgan ma’lumotlarni chiqarish mumkin boʻladi.
SQL tili barcha ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari uchun umumiy standart til hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, agar siz bu tilni bir marotaba oʻrganib olsangiz, istalgan MBBT lari bilan ishlay olasiz. Bitta MBBT da yaratilgan biror sql operatorlar yigʻindisi (kichik soʻrov dasturi )ni, istalgan MBBT ga koʻchirish mumkin boʻladi.
SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin:
Ma’lumotlarni soʻrov orqali olish.
Jadvalning qatorlariga ma’lumot qoʻshish, qatorlarini oʻchirish va yangilash.
Ob’ektlarni yaratish, oʻzgartirish va oʻchirish.
Ma’lumotlar bazasi va ob’ektlarga ruxsatlarni oʻrnatish.
Ma’lumotlar bazasi foydalanuvchilarini hosil qilish va baza xafsizligini ta’minlash.

2-rasm(SQL baza).
WinForm (Windows form .Net) – bu UI framework bo`lib kompyuter dasturlarini yaratishda foydalaniladi. Ishlab chiqish platformasi boshqaruvni boshqarish, grafikalar, ma’lumotlarni boglash va foydalanuvchini kiritish kabi dasturlarni ishlab chiqish funksiyalarini oʻzida jamlagan. WinForm Visual Studio orqali formaga komponentlarni osongina tashlash va ularni qoʻzgʻatish orqali kerakli joyga joylashtirib visual dizayn yaratish mumkin.
Afzalliklari:
Bu ancha eski va koʻp bora ishlatilgan va sinalgan. Allaqachon 3-tomon kontrollari bilan boy boʻlib, tekin yoki sotib olish uchun tayyor.
Visual Studio dizayner qismi WPF dan koʻra WinForms uchun yaxshiroq, WPF da koʻp ishlarni oʻzingiz qilishingizga toʻgʻri keladi.

3-rasm

4-rasm


5-rasm
6-rasm (Windows Forms oynasi)
Ushbu jarayonlarda Windows Forms oynasini ishga tushirish jarayoni ketma-ketlik ravishda keltirib oʻtilgan. (3-4-5-6-rasmlar)

7-rasm (Windows Forms elementlari) 8-rasm ( Sozlamalar )



Kutubxonaning avtomatlashgan tizimini ishlab chiqishda biz C# Dasturlash tilida Windows Formsda ishlash orqali ishlab chiqildi. Forms oynasida ishlashda biz uning elementlaridan foydalanamiz. Ushbu elementlar orqali biz toʻliq dasturiy taminotni ishlab chiqishimiz mumkin. Bu elementlarning har birining oʻz xususiyati oʻzini bajaradigan vazifasi mavjud. Biz ushbu elementlarni Windows Forms oynasining < панель элементов > boʻlimidan olib ularni dasturimizda qoʻllashimiz mumkin. (7-rasm).
Elementlarning sozlamalarini va dizayn qismi shakllantirishda biz Windows Formsda < панель элементов > elementlarini sozlashda <Свойства> boʻlimidan foydalanamiz. Biz u orqali uning rangi, oʻlchami, element nomi, unga yoziladigan matnlar va yana koʻplab xususiyatlarini oʻzgartirishimiz mumkin. (8-rasm)


9-rasm
Ushbu jarayonda Windows Formsda ikkinchi formni ochish, ikkinchi formni bogʻlash koʻrsatib oʻtilgan. Bu orqali biz birnechta form oynalarini bogʻlab ular yordamida sifatli dastur taminotini ishlab chiqishimiz mumkin. (9-rasm).


Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə