Algoritmik tillar va dasturlash


II BOB. Kutubxonaning avtomatlashtirish jarayoni



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə4/5
tarix01.06.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#114908
1   2   3   4   5
Asilbek kurs ishi 1 new

II BOB. Kutubxonaning avtomatlashtirish jarayoni

2.1 Kutubxonalarni avtomatlashtirish holati.



10-rasm(Kirish boʻlimi).
Kutubxonani avtomatlashtirish jarayonida biz Windows Forms koʻplab elementlaridan foydalanamiz. Ushbu kutubxonaning kirish qismi uchun ham Textbox, Button, ComboBox, PicterBox, Labellar ishlatilgan

11-rasm(Menyu boʻlimi).
Biz ushbu kitoblar boʻlimida foydalanilgan elementlarni ularning nima vazifa bajarish jarayonlatoni koʻrib chiqamiz.
Demak ushbu kitoblar boʻlimida Button,TextBox, PicterBox, ComboBox, Label, DataGridView va Panellardan foydalanilgan. Endi ularning nima vazifa bajarish jarayonlarini koʻrib chiqamiz.
TextBox-ushbu elementdan dastur jarayonida unga kiritishgan qiymatlarni dastur qismga bogʻlash jarayoni uchun xizmat qiladi. U dastur ishlash jarayonida qanday qiymat berilsa ham uni string tipida qabul qiladi, dastur uchun kerakli tipga oʻtkazib undan foydalanamiz. Ushbu dasturda ham kiritilgan ma’lumotlarni string tipidagi ma’lumotni int tipiga oʻgirib ishlatilgan joylari boʻldi.
TextBox elementi WPF da tuzilgan dasturlarda asosiy kiritish elementi hisoblanadi. Ya’ni TextBox elementi bilan foydalanuvchiga matnlar kiritish, o’zgartirish, o’chirish va boshqa ko’p qulayliklarni yaratib beruvchi element hisoblanadi
PicterBox-bu element bizga dasturning dizayn qismini mukammal qilishda turli xil suratlarni ekranga chiqarish maqsadida foydalaniladi. Ushbu dasturda ham kirish qismidagi kitob rasmi PicterBox orqali chiqarilgan. PicterBoxdan ham qiymat qabul qiluvchi sifatida foydalanishimiz mumkin. Ushbu dasturda faqat suratni ekranga chiuqarib berish maqsadida foydalanilgan.
Panel- ushbu Windows Forms elementi juda muhim va katta vazifalarni bajaradi. Uning dasturdagi asosiy vazifalarini sanab oʻtsak, dasturda birinchi oynadan ikkinchi oynaga oʻtishda ya’ni ikkinchi oyna vazifasini bajarib turadi. Uning qulay tarafi shundaki biz ikkinchi oynani chiqarishimiz uchun yana bitta form oynasini bogʻlamasdan turib, paneldan foydalansak juda qulay boʻladi. Qulayligi biz ikkinchi oynani qanday oʻlchamda va birinchi form oynasining qaysi qismida chiqishini taminlash juda qulay va shu sababli biz dastur davomida paneldan foydalanganmiz. Panelning ushbu dasturda yana bitta vazifasi dizayn vazifasini bajarib kelgan. Dasturning chap tarafidagi panel aynan dizayn qismi uchun ishlatilgan. Qaysi Button ustiga bosilsa panel oʻsha Buttonning toʻgʻrisiga kelib qoladi.Bu orqali biz qaysi boʻlimga kirib ishlatayotganimizni koʻrsatib turadi.

private void btn_kitob olish_Click (object sender, EventArgs e)
{
panel_Blue.Height = btn_ kitob olish.Height;
panel_Blue.Top = btn_ kitob olish.Top;
}

Ushbu dastur har bir Button ishiga yozilib chiqilsa dasturni ishlatganimizda panel qaysi Button bosilsa shu Buttonning yoniga kelib qoladi.
Label-bu elementni biz qiymat qabul qiluvchi va shunchaki yozuvlarni ekranga chiqarib turish vazifani ham bajaradi. Dastur davomida labelning bu ikkala xususiyatidan ham foydalanganmiz. Kutubxona kirish qismida ham labellardan foydalanganmiz.
Label elementidan sodda holda foydalanilsa Textblock elementiga juda oʻxshab ketadi, faqatgina TextBlock elementida siz Text Property dan foydalansangiz, Label elementida esa Content Property dan foydalanasiz. Label elementi ichiga boshqa elementlarni joylashtirishingiz mumkin, va shu bilan TextBlock elementidan ajralib turadi. Label elementi – yorliqlar uchun foydalaniladi.
ComboBox-bu element ichiga birnechta boʻlimlarni oʻz ichiga oladi. U orqali turli qiymatlarni qabul qilib olib uni dastur davomida ishlatishimiz mumkin.Ushbu dasturda ham comboBoxdan boʻlimlarga kirish va saralash tipini aniqlashda foydalanilgan.Buning qulaylik tarafi ekranga juda koʻp buttonlarni chiqarmasdan ularni comboBox ichiga bitta boʻlimcha qilib joylashtira olamiz.Shu sababli ham dastur davomida comboBoxdan foydalanilgan.
DataGridView- ushbu elementni biz baza bilan ishlaganda jadvallarni ekarnga ya’ni formga chiqarishda foydalanamiz, vazifasi ham shundan iborat. Ushbu dasturda ham DataGridViewdan juda koʻp joyida foydalanganmiz.
Button-Ushbu element eng asosiy va kerakli elementlardan biri hisoblanadi. Chunki biz yozgan dasturlarimizning asosiy qismi shu buttonlar ichida joylashgan boʻladi. Bu element asosiy tugma vazifasini bajarib beradi. Buttondan biz dasturning har bir javhasida foydalanganmiz.

private void btn_qosh_Click (object sender, EventArgs e)
{
if (txt_nomi.Text != "" && txt_mualif.Text != "" && txt_jangri.Text != "" && txt_nashriyot.Text != "" && txt_soni.Text != ""&&(aniqla()==0)&&gunaComboBox1.Text!="")
{
try
{
string holat = gunaComboBox1.Text;
Con.Open();
string query2 = "insert into Kitoblar_org ( Nomi, Muallif, Jangri, Nashriyot, Soni, ) values('" + txt_nomi.Text + "','" + txt_mualif.Text + "','" + txt_jangri.Text + "','" + txt_nashriyot.Text + "','" + Convert.ToInt32(txt_soni.Text) +"','"+holat+ "')";
SqlCommand cmd2 = new SqlCommand(query2, Con);
cmd2.ExecuteNonQuery();
Con.Close();
korsatish();
tozalovchi();
MessageBox.Show("Malumot qo'shildi.", "Ma'lumot", MessageBoxButtons.OK, MessageBoxIcon.Information);
}
catch
{
}
}
}

Ushbu dastur jadvalga element qoʻshish uchun button ichiga yozilgan dastur. Ushbu dasturda Windows Forms elementi textboxda qiymat orqali biz jadvalga turli xil malumotlarni qoʻshish funksiyasini yozganmiz.
Kutubxonaning avtomatlashtirilgan tizimi, biz bu tizimni ishlab chiqishda jadvallar ular oʻzaro bir biri bilan bogʻlangan holda butun tizim ishlash jarayonida muhim ahamiyatga ega. Ushbu jadvallar hosil qilinish jarayonini koʻrib chiqamiz:

12-rasm (Talaba jadvali).
13-rasm (Berilgan kitoblar).

14-rasm (Arxiv).

15-rasm (Berilgan kitoblar)
16-rasm (Parol)
Hosil qilingan jadvallarni bir-biri bilan bogʻlab ularni avtomatlashgan holatga olib kelishimiz kerak. Ushbu dasturda ham talaba kitob olsa umumiy kitoblar bazasidan talaba olgan kitoblar soni kamayishi kerak. Biz admin va talaba boʻlimi oʻrtasida boʻlanishni hosil qilish eng muhim jarayoni boʻlib, bu bogʻlanishni hosil qilish quydagicha boʻlib, talaba tomonidan adminga soʻrov yuboriladi. Ushbu soʻrov admin tomonidan ruxsat berilsa kitob talabaga beriladi. Agar soʻrov admin tomonidan rad qilinsa kitob talabaga berilmaydi. Bu bogʻlanish dasturning eng muhim jihati hisoblanadi. Admin tomonidan kitob biror belgilangan muddatga beriladi, kitob berilgan sanadan boshlab ushbu kun oʻtgach kitob qarzdorlar roʻyxatiga oʻtib qoladi, shu orqali admin berilgan kitob vaqti tugaganini bemalol koʻrib olishi mumkin.


Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə