Alisher navoiy asarlari tarixiy manba sifatida


«Holoti Pahlavon Muhammad» risolasi



Yüklə 132 Kb.
səhifə8/9
tarix16.06.2023
ölçüsü132 Kb.
#117538
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Alisher navoiy asarlari tarixiy manba sifatida

2.3 «Holoti Pahlavon Muhammad» risolasi
Alisher Navoiyning beshinchi tarixiy asari ham memuar biografik xarakterdagi risola bo‘lib, unda o‘sha davrning eng mashhur va benazir kurashchisi va turli fanlar bilimdoni to‘g‘risidagi «Holoti Pahlavon Muhammad»dir. Alisher Navoiy «Majolis un-nafoyis» asarida ushbu shaxs to‘g‘risida quyidagi ma’lumotni keltiradi: «Pahlavon Muhammad Kushtigirkim, ko‘p fazoyil bila orastadurkim, kushti bovujud ulkim, uning andoq haq va mulkidurkim, ma’lum emasikm, hargiz bu fanda andoq paydo bo‘lmish bo‘lg‘oy. O‘zga fazoyiliga ko‘ra va din martabasidur, musiqiyda idvor ilmida davrining benaziridur, chun kamoloti izhor min ash-shamsdur, sharh qilmoq ehtiyoj ermas».
Risolada biz Pahlavon Muhammadning o‘z davrining benazir kishisi bo‘lganligi, qirq yil davomida alisher Navoiyga mehribonchilik ko‘rsatganligi, favqulodda xotiraga egaligi, barcha zamondoshlari izzat hurmatiga sazovor bo‘lgan, yuksak axloqiy fazilatlarga ega kurashchi ekanligini ko‘ramiz. Uni barcha kechik zamondoshlari, Zahiriddin Muhammad Bobur, Zayniddin Vosifiy, Mirza Muhammad Haydar ham ajoyib kurashchi va oliyjanob inson, bastakor ekanligini tasdiqlaydilar.
Bu asarda temuriylar davri XV asr ikkinchi yarmi madaniy hayotiga oid qimmatli ma’lumotlar keltirilishi bilan muhim xususiyat kasb etadi. Bu risola ham avvalgi «Xamsat ul-mutahayyirin» va «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» kabi XV asr ikkinchi yarmi Temuriylar davri tarixi to‘g‘risidagi qimmatli manbadir.
Nomlari zikr etilgan besh sof tarixiy asarlardan tashqari Alisher Navoiy quyidagi asarlari, ya’ni «Mahbub ul-qulub», «Majolis un-nafois», «Munshaot», «Nasoyim ul-muhabbat» va hatto sof lingvistik xarakterdagi «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarida ham tarix ilmi uchun muhim ma’lumot bor.
Alisher Navoiy tarixchi olim sifatida asarlarida, xususan «maxbub ul-qulub»da ijtimoiy guruhlar to‘g‘risidagi mulohazalarni bayon etgan, «Majolis un-nafois» asarida 450 dan ortiq davlat arbobi shoir va san’at shaydolari haqida, «Nasoyim ul-muhabbat» asarida esa 750 dan ziyod avliyolar to‘g‘risdagi ma’lumotlar keltirilgandir.
«Vaqfiya» asarida esa Alisher Navoiyning qanday mol-mulk egasi bo‘lgani, hamda ularni jamiyat uchun vasiyat qilganligi bayon etiladi. Alisher Navoiyning «Munshaot» asari, hamda u tartib bergan «Muraqqa’ Mir Alisher»da jamlangan maktublar mazmuni, Alisher Navoiyning hayoti va faoliyati turli qirralarini va o‘z davri ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotini yoritishda juda katta tarixiy, ilmiy ahamiyatga ega hujjatlardir.
U tartib bergan Xoja Ubaydulloh Ahror, uning muridlari va Abdurahmon Jomiyning dastxat maktublarini tartibga keltirib, maxsus «Muraqqa’ Mir Alisher» nomli dastxat avtograflardan iborat qimmatli 594 ta maktubni kitob holiga keltirgizib, bizga meros qoldirgan. Ushba muraqqa’ asosida doutorlik dissertatsiyasini yozib sharqshunos Asomiddin O‘rinboyev tarix fanlari doutori degan unvonga ega bo‘ldi. Keyingi yillarda olim ular to‘g‘risida rus, tojik, fors va ingliz tillarida bir necha kitob chop etib Alisher Navoiyning tarix sohasidagi ko‘rsatgan xizmatini dunyoga namoyish etdi.
Alisher Navoiy yirik tarixchilar Muhammad Mirxond, Davlatshoh Samarqandiy va G‘iyosiddin Xondamirlarning homiy va murabbiysigina emas, balki original tarixiy asarlari ijodkori sifatidagi xizmatlari ham alohida e’tiborga loyiq, deb o‘ylaymiz.
Amir Temurning o‘zi tarix ilmi taraqqiyotiga juda katta e’tibor berdi. Sultoni sohibqiron o‘z «Tuzuklar»ini yaratib, o‘zbek davlatchiligi taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shdi. Mirzo Ulug‘bek «Tarixi arba’i ulusi Chingiziy»nomli juda qimmatli tarixiy asarni ta’lif qilishda shaxsan o‘zi qatnashdi. Bundan tashqari bu davrda yashab ijod etgan jahonga mashhur tarixchilar G‘iyosiddin Ali, Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, Hofizu Abru, Mu’iniddin Natanziy, Abdurazzoq Samarqandiy, Muhammad Mirxond, G‘iyosiddin Xondamir va boshqalar asarlari hamon mutaxassislar uchun qimmatli tarixiy manba, bitmas-tuganmas xazinadir.
Alisher Navoiyning «Vaqfiya» asarida zikr etilgan mol-mulk ham uning o‘z davri yirik mol-mulk, davlat egasi ekanligini ko‘rsatadi. Mirzo Muhammad Haydarning yozishicha, Alisher Navoiyning bir kunlik daromadi o‘n sakkiz ming shohruxiy ekan. Tarixchining yozishicha, Sulton Husayn davlat tepasiga kelgach, butun marhamatini Alisher Navoiyga ko‘rsatadi. U esa o‘z o‘rnida mol-mulkini yurt obodonchiligi, olimu-fozillarga homiylik qilishga qaratgan. Tarixchilar G‘iyosiddin Xondamir, Zahiriddin Bobur va boshqalarning yozishicha, alisher Navoiycha hech kim ko‘p binoi-hayr, xalq uchun imoratlar va binolar qurmagan ekan. Ahli fazl va hunarga murabbiy va muqavviyligi ham juda mashhur.
Alisher Navoiy o‘zining tarixiy asarlarida bo‘lib o‘tgan voqea va hodisalarga, shaxslarga baho berishda yuksak insonparvarlik g‘oyalaridan kelib chiqdi. Uning tarixchi olim sifatidagi amaliy faoliyati turkiy o‘zbek tilidagi tarix ilmini yuksaklikka ko‘tardi. Maxsus asar, ixcham risola, tazkira va maktublar yaratib, turkiy tildagi tarix ilmining keyingi rivoji va taraqqiyoti uchun zamin yaratdi.
Alisher Navoiy o‘zining «Muhokamat l-lug‘atayn» asarida siyosiy hokimiyat va til, madaniyat siyosati xususida quyidagi haqli fikrlarni bayon etadi: «...to mulk arab xulafosi va salotinida erdi, falak ul vaqtda nazm dabiriga arab tila birla jilva berdi...» YA’ni mamlakatlar arab xalifalari va sultonlari davrida she’riyat kotibi arab tilida ijod etdi.
Mamlakatlarning ba’zilarida «sort salotini mustaqil bo‘ldilar, ul munosabat bila frsigo‘y shuaro zuhur qildilar».
«To mulk arab sort salotinidin turk xonlarg‘a intiqol topti, Huloguxon zamonida sultoni sohibqiron Temur Ko‘ragon zamonidin farzandi xalafi Shohruh Sultonning zamonining oxirigacha turk tili bila shuaro paydo bo‘ldilar».

______________________________


O‘zbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. 2 tom. XV asrning ikkinchi yarmi.-T.: 2012.


Xulosa
Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon» («Vaznlar o‘lchovi») va «Muhokamat ul-lug‘atayn» («Ikki til muhokamasi» yoki «Ikki til tadqiqi») asarlari boshqa i.t.laridan farkdi o‘laroq umumturkiy ahamiyatga ega va boshqa turkiy xalqlarning she’riyati va tillarini o‘rganishga ham xizmat qilib kelmoqda. Alisher Navoiy «Mezon ul-avzon»ni aruzning birinchi tadqiqotchisi Xalil ibn Ahmad, keyingi davr olimlaridan Shams Qays, Xoja Nasriddin Tusiy, zamonaviy tadqiqotchilardan Jomiy tajribalaridan ijodiy istifoda etib yaratgan. Aruz vazni bo‘yicha o‘zbek tilidagi bu birinchi ilmiy qo‘llanmada uning asosiy ruknlari va boshqa unsurlari, 19 bahrining tuzilishi, ruboiy vaznlarini aniq ta’riflab, turkiy she’riy misollar opqali asoslab, izoxlab berilgan. Asarda aruz vazniga tushmaydigan she’riy vaznlar — tuyuq, chinga, mustazod, aruzvoriy, budi-budoyi va boshqa turkiy she’riy vaznlarga ham izoh va talqinlar berilgan. Bu asar aruz bo‘yicha bugungi kunda ham o‘z ilmiy qimmati va amaliy ahamiyatini yo‘qotmagan.
«Muhokamat ul-lug‘atayn»da turkiy tilning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotdagi o‘rni, uning grammatik mukammalligi, so‘zlarga boyligi forsiy til qoidalari va hodisalariga qiyoslangan holda chuqur va aniq misollar orqali tahlil etilgan. Alisher Navoiy o‘zining bu tilni, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini, so‘z va iboralarga boyligini shoir sifatida chuqur egallagani uchun, uning boshqa tillardan kamlik joyi yo‘qligini, aksincha, ularga nisbatan o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini vatanparvar olim sifatida ehtiros bilan ko‘rsatib, isbotlab bergan. Uning muqoyasa uchun keltirgan 100 ta turkiy fe’lining aksari o‘zbek tilida hozirgacha iste’molda. Shu bilan birga «Muhokamat ul-lug‘atayn»da o‘zbek adabiyoti tarixi, uning boshqa adabiyotlar, xususan forsiy adabiyot bilan yaqindan bog‘langanligi, Navoiy ijodining rivojlanish yullari, ayrim asarlarining yuzaga kelishi sabablari haqida ham qimmatli ma’lumotlar bor.



Yüklə 132 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə