Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


 Тюков А.А. Психология развития в комплексе современной антропологии. – Львов, 1983



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/29
tarix10.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132795
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
rahmonov nosir adabiyot darslarida didaktik o\'yinlardan foydalanish bmi

15
 Тюков А.А. Психология развития в комплексе современной антропологии. – Львов, 1983. 



vaziyatni va muammolashtirishni tahlil qilish asnosida o‘yinning asosiy 
syujet mavzusi bo‘yicha o‘yin ishtirokchisining sermahsul mustaqil ijodiy ishi. 

amaliy guruhlarning ish natijalarini umumiy tanqidiy muhokama qilish; 

o‘yin jarayoni va ishtirokchilar xatti-harakatlarini reflektiv tahlil qilish; 

yechimni tashkil etish bosqichi. 
Y.S. Ginzburg va N.M. Koryak o‘yinning quyidagi sotsial-psixologik 
xususiyatlarini farqilaydi: 

guruh xarakteri; 

yaratuvchilik, shartlilik; 

ramziylik, utilitar bo‘lmaslik xarakteri; 

belgisizlik (mavhumlik), tarqlanuvchanlik xususiyati 
Tadbirkorlik o‘yinini tayyorlashning sotsial-psixologik muammolariga 
quyidagilar kiradi: 
ishtirokchilarni tanlash; 
rollarni taqsimlash; 
o‘yin rahbarini ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorlash; 
ijtimoiy psixologiya bo‘yicha umumnazariy bilimlarni egallash; 
nazariy bilimlarini amalda qo‘lllay olish; 
shaxsiy tayyorgarlik. 
I.Olloyorov tadbirkorlik o‘yinlariga o‘quv ishlarini tashkil etishning bir shakli 
sifatida qaraydi. U o‘yinlar o‘quv jarayonida o‘z o‘rniga ega va o‘quv jarayonining 
asosiy vazifalari, mohiyati va tuzilmasi hamda o‘rganilayotgan fanning didaktik 
tabiatiga bog‘liq boyigan, aniq belgilangan didaktik funksiyalarni bajarishini 
ta’kidlaydi. 
Tadbirkorlik o‘yinlarining didaktik funksiyalariga quyidagilar kiradi: 

talabalarda aqliy faoliyat usullarining shakllanishi; 

bilimlarni mustahkamlash va qo‘llash; 

o‘quv jarayonida bo‘lg‘usi mutaxaxsisning faoliyati faqat o‘rganish 
emas, balki uni bajarishga qaratilgan didaktik qoidalar ishlab chiqishdan iborat 
bo‘lishi; 



talabalar o‘kuv-bilish faoliyatining bo‘lg‘usi kasbiy faoliyati, xarakteri 
va tuzilmasiga maksimal darajada yaqinlashib berishi. 
Tadbirkorlik o‘yini ijtimoiy-pedagogik tizim sifatida quyidagi tayyorgarlik 
bosqichlariga ega: 
1. O‘quv-bilish vazifalarini muammoli vaziyat topshiriqi shaklida qo‘yish: 

bo‘lg‘usi tadbirkorlik o‘yinining maqsadini aniqlab olish; 

muammoli vaziyatni anglab etish; 

talabalarga 
navbatdagi 
tadbirkorlik 
o‘yini haqida dastlabki 
ma’lumotlar berish; 
2. Navbatdagi vazifani bajarish uchun zarur bo‘lgan va avval egallangan 
bilimlardan foydalanish: 

talabalarning o‘qituvchidan yoki adabiyotlarni tahlil qilish 
orqali yangi bilimlarni qabul qilib olishi; 

bajarilishi lozim bo‘lgan ish to‘grisida talabalarga yo‘l-
yo‘riqlarni ko‘rsatish; 

olingan bilim, o‘zlashtirilgan ilmiy tushunchalar va ishlash 
metodlarini umumlashtirish; 

o‘z-o‘zini nazorat qilish. 
3. Tadbirkorlik o‘yinlarining shartlarini tushuntirish va vazifani bajarish 
uchun zarur bo‘lgan yangi amaliy bilimlarning axborotini berish. 
4. Navbatdagi ishni rejalashtirish: 

ularga avval ma’lum bo‘lganlar asosida uning ayrim 
bosqichlarini bajarish usullarini tanlash; 

avval egallangan bilimlar asosida tushuntirish ishini olib borish 
va o‘z ijodi uchun zarur bo‘lgan yangi metodlarni qidirish; 

rejalashtirishni mustaqil nazorat qilish. 
5. 
Vazifa 
shartlari, 
ularning 
bajarilishini 
tushuntiruvchi 
qoidalar 
(materiallar)ni o‘rganish va tahlil qilish bo‘yicha mustaqil ishlar va tadbirkorlik 
o‘yinlaridagi o‘z mavqeini aniqlash. 


6. O‘zlaridagi bor bilim, malaka va ko‘nikmalar asosidagi reja bo‘yicha 
ishlarni bajarish: 

yangi bilim va malakalarni hosil qilish; 

o‘z xatti-harakatlari va ularning natijalarini muntazam nazorat qilish. 

qayd qilingan kamchiliklar va ularning sabablarini bartaraf qilish 

belgilangan rejalarni (reja oldi ishlari va rejadan tashqari) 
takomillashtirish; 

yakuniy natijalarni tekshirib ko‘rish va taxlil qilish. 
7. Talabalar faoliyatini, ularning bilimi, malakasi, ko‘nikmalarini nazorat 
qilish va joriy yo‘l-yo‘riqlar berish. 
8. Talabalarning tadbirkorlik o‘yinlariga tayyorligini aniqlash maqsadida 
ularning mustaqil ishlari natijalarini tekshirib ko‘rish. 
9. Talabalarga tadbirkorlik o‘yinlarini o‘tkazish va unda qatnashish bo‘yicha 
yo‘l-yo‘riqlar berish, ularni rol o‘ynash bo‘yicha taqsim qilish, zarurat tuqilganda 
har biriga qo‘shimcha yo‘l-yo‘riqlar berish. 
10. Oldindan ishlab chiqilgan stsenariy bo‘yicha talabalarning tadbirkorlik 
o‘yinlari. 
11. O‘yin ishtirokchilariga joriy yo‘l-yo‘riqlar berish. 
12. O‘yin ishtirokchilarining o‘yin davomida o‘zi o‘ynagan rollariga baho 
berishi hamda o‘z-o‘zini nazorat qilishi. 
13. Tadbirkorlik o‘yini natijalarini muhokama qilish va talabaning o‘quv-
o‘yin faoliyatiga baho berish. 
Shunday qilib, tadbirkorlik o‘yinlaridan yangi bilimlarni egallash, 
o‘tilganlarni mustahkamlash, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, umumiy malakani 
shakllantirish kabi bir qator vazifalarni echishda foydalaniladi. 
Tadbirkorlik o‘yinlarining bir necha modifikatsiyalari mavjud: 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə