Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/29
tarix10.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132795
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
rahmonov nosir adabiyot darslarida didaktik o\'yinlardan foydalanish bmi

“To‘ptitol” o‘yini.
O‘qituvchi asar muallifi haqida yoki asar qahramonlari 
hayotiga doir mantiqiy ikkita savolni oldindan tuzib keladi va o‘quvchilarga sinf 
taxtasiga yozib uch marotaba o‘qib eshittiradi. So‘ng savolni o‘chirib tashlaydi. 
Bunda ayrim o‘quvchilar berilgan imkoniyatdan foydalanib savolni daftariga yozib 
olishlari ham mumkin. O‘qituvchi berilgan savolga javobni 5-7daqiqada 
yozishlarini aytadi. Javob varoqqa shakl, boshqotirma yoki bir so‘zdan iborat 
tarzda yoziladi. Reglament vaqt tugagach, shar yoki to‘p o‘quvchiga uzatiladi. 
To‘pni qo‘lga kiritgan o‘quvchi javobini tahlil etilishiga erishadi. 
Ahamiyati:
O‘quvchi mustaqil fikrlashga o‘rganadi. Qiziqarli savolga 
javobini qisqa ifodada yoki jumboqli aytish mumkinligidan berilgan imkoniyatdan 
foydalanish uchun harakat qiladi. 
“Konseptual salohiyat” o‘yini.
Adabiyot fanida bu usuldan foydalanish 
yaxshi samara beradi. Chunki adabiyot o‘qitishning maqsad va vazifalarini 
o‘qituvchi to‘g‘ri idrok etsa, o‘tilgan mavzular bo‘yicha savol va topshiriqlarni 
tuzishda faktologik (ya’ni tuzilgan savollarning barchasiga darslikda javob bor 
degani) usulni qo‘llamaydi. 
Badiiy asar tahlilida, yod olingan she’r va g‘azallarni tahlil qilishda mantiqiy 
fikrlash uchun quyidagicha savollar tuzish mumkin. Masalan: 
1. “Orazin yopqach, ko‘zimdin sochilur har lahza yosh” g‘azalining 
mavzusini aniqlang. 
2. Qut bir bodomu yerim go‘shai mehrob edi 
G‘orati din etdi nogah bir balolig‘ ko‘zu qosh. 
“Bodom” va “mehrob” yuzaki va ichki ma’nolarni yashirib turibdi.Zohiran 
hamda botinan qanday ma’no topdingiz. 
Ikkinchi savolga javob shunday bo‘ladi: Taqvoga berilgan bir o‘spirin 
banogoh ishq domiga duchor bo‘lish manzarasini tasavvur qilamiz. Baytning 
birinchi misrasida “mehrobning bir chetida maskan tutib, bodomxo‘rlik bilan 
mashg‘ul edim”, degan mazmun chiqadi. Timsol va ramzlar “bodom” hamda 
“mehrob” yuzaki va ichki ma’nolarni yashirib turibdi. Zohiran,”bodom” 
mashuqaning ko‘zu qoshi orasidagi bodomsimon qobog‘ini, “mehrob” esa uning 


qoshini ifodalaydi. Botinan, “bodom” – imon, e’tiqod, dinni, “mehrob” esa masjid
sajdagohni eslatadi. Anglash mumkinki, yosh lirik qahramon masjidda ishqdan 
to‘lg‘ongan holda taqvoyu ibodatga berilgan. G‘azalning keyingi baytlarini ham 
shunday badiiy tahlil etishga o‘quvchi juda-juda qiziqadi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə