28
o’rtaga qo’yildi. Bu yerlarda zarur choralarni ko’rish uchun konfliktning hududiy
chegaralari zonasini aniq belgilash lozim bo’ldi.
Vaqt chegaralari - bu konfliktning davomiyligi, uning boshlanishi va tugashidir.
Konflikt
boshlanganligi, davom etayotganligi yoki tugab bo’lganligi haqida xulosa
qilish vaqtning u yoki bu daqiqasida konflikt ishtirokchilari harakatlariga yuridik
baho berishga bog’liq. Bu holat ayniqsa konfliktga yangidan kelib qo’shilgan
shaxslarning roliga to’g’ri baho berishda o’ta muhim.
Konfliktning boshlanishi ikkinchi tarafga yo’naltirilgan ta’sir
harakatning
obyektiv (tashqi) harakatlari bilan boshlanadi, bunda ikkinchi taraf bu harakatlarning
unga qarshi yo’naltirilganligini tushunishi shart va shunda u ham qarshi kurash
boshlaydi. Konfliktni boshlangan deb hisoblash uchun
kamida uchta shartning
bo’lishi shart:
1) birinchi ishtirokchi ikkinchi ishtirokchiga, ya’ni o’z raqibi manfaatiga zid
ravishda faol va ongli tarzda harakat qiladi; bu yerda harakat deganda ham jismoniy
harakat, ham axborot berish (og’zaki nutq, matbuot, televideniye va b.) tushuniladi;
2) ikkinchi ishtirokchi (raqib) ushbu harakatlar
uning manfaatlariga qarshi
qaratilganligini tushunib yetishi kerak;
3) yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, ikkinchi ishtirokchi birinchi ishtirokchiga
qarshi qaratilgan va unga javoban faol harakat-choralarni ko’radi. Shu daqiqadan
boshlab konflikt boshlangan deb hisoblanadi.
Agar faqat birgina ishtirokchi harakat qilsa (bir tomonlama)
yoki harakatlarini
fikran rejalashtirsa (harakatlarini oldindan o’ylab reja tuzsa, raqib harakatlarini
tasavvur etsa, bo’lajak konfliktni qanday kechishini bashorat qilsa)
- bu hollarda
konflikt bo’lmaydi. Biroq bo’lg’usi harakatlarni oldindan rejalashtirish konflikt
uchun poydevor bo’lib hisoblanishi mumkin, ba’zi
olimlar buni konflikt
rivojlanishining latent (yashirin) bosqichi deb ataydilar.
Dostları ilə paylaş: