Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə25/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

3. Konflikt sabablari va motivlari 
Jamiyatdagi sababiy bog’liqlik. Ijtimoiy muhitda sababiylik ko’p
murakkablik va chalkashlik bilan xarakterlanadi. Har bir ijtimoiy harakat turli-tuman
va aksariyat hollarda ziddiyatli hodisalarni keltirib chiqaradi. Konfliktlarning asl
sabablarini aniqlash esa, hodisalar va kishilar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikning
butun zanjirini chuqur tahlil qilishni taqozo etadi.
Turli konfliktlardagi taraflar hatti-harakatlari sabablarini tahlil etishda ularning
odatda o’z manfaatlarini qondirishga bo’lgan intilishlaridan iborat ekanligini
tushunish qiyin emas. Faraz, o’ch olish, hasadgo’ylik, ko’rolmaslik, nosamimiylik,
araz, qabul qilingan qarordan qoniqmaslik, bugungi kunda yoki kelgusida o’zini
moddiy jihatdan ta’minlashga bo’lgan intilish sud amaliyotida uchrab turadigan
turmush konfliktlari sabablarining aksariyati hisoblanadi. Guruhiy konfliktlarning
motivlari xam bulardan farqlansa-da, ular xam o’ziga xos xilma-xil, masalan,
iqtisodiy qiyinchiliklar, siyosiy ehtiroslar, rahbarlikka intilish, milliy g’urur va sh.k.
Xalqaro maydonda davlatlar hatti-harakatlari motivlari ham shu kabi turlicha bo’lishi
mumkin. Aslini olganda konfliktlar sabablari hozirgi hayotning butun
murakkabligini aks ettirishga qodir. Aytish joizki, ―Konflikt tahlili quyidagilar :
-vaziyat sabablari va tarixini, shuningdek, joriy hodisalarni tushunish ;


29
-faqat asosiy yoki aniq ko’rinib turgan taraflarni emas, balki konfliktga jalb


qilingan barcha ishtirokchi (guruh)larni aniqlash ;
-barcha bu ishtirokchi(guruh)larning nuqtai nazarlari va ularning o’zaro
munosabatlarini bilish ;
-konflikt negizida yotgan omillar va tendensiyalarni aniqlash ;
-muvafaqqiyatsizliklar va yutuqlardan tegishli xulosa va saboqlar chiqarish
uchun zarurdir.
Konflikt tahlili bu bir martalik tadbir emas, u o’zgaruvchan omillar, dinamika
va sharoitlarga harakatlarni moslashtirishga yordam qiluvchi doimiy jarayon
bo’lib qolishi kerak.»
1
.
Biroq, individlar va ijtimoiy guruhlar hatti-harakatlarining (sabablari) motivlari
konfliktlarning chuqur sabablari bo’la olmaydi, chunki bu motivlarni o’zi ham izoh
talab etadi. Inson tashqi vaziyat o’zgarishlariga befarq bo’lmay, o’zgarib boradi; o’z
navbatida psixologik omillar iqtisodiy va siyosiy jarayonlarning borishiga ta’sir
o’tkazadi. Ijtimoiy ong tafakkur, hissiyotlar, ehtiyojlar, motivlar, manfaatlar orqali
namoyon bo’ladi, bundan esa, muayyan kishilarning fikrlari, mavqyei, harakatlari,
ehtiyojlari, xulq-atvori shakllanadi. Bunda aynan hissiy darajada qayd etiladigan va
guruhlar,
jamoalarning
hatti-harakati,
xulq-atvori,
nuqtai
nazari
sifatida
umumlashadigan ijtimoiy ongning individual ifodalanish turli shakllarida ma’naviy
sohadagi ziddiyatlar oshkora va keskin ko’rinishda namoyon bo’ladi, borliq
ziddiyatlari aks etadi.
Hozirgi zamon jamiyatida konfliktlar oqibat natijada obyektiv mavjud ijtimoiy
ziddiyatlarning tug’ilishi va namoyon bo’lishidan iborat.
Bunday nuqtai nazar markscha nazariyada keng ishlab chiqilgan. K.Marksning
fikricha, jamiyat qotib qolgan emas, sinfiy kurash orqali u doimo o’zgaradi. Bunday
jamiyat ishchi sinfi tomonidan o’zining qaramlik holatini anglab borgan sari ko’proq
ziddiyatlashib boraveradi, toki ijtimoiy inqilob sodir bo’lib, ekspluatator sinfni
qulatmaguncha. Bunday jarayon umumjahon xarakteriga ega va vaqti kelib sinfsiz
jamiyatga olib kelishi muqarrar.
Ijtimoiy-tarixiy jarayonni bunday tushunish ba’zilar tomonidan jiddiy
asoslantirilgan e’tirozlarga sabab bo’ladi. Marks ijodiy merosini o’rganuvchi ba’zi
tadqiqotchilar shu narsaga e’tibor beradilarki, bu ma’nodagi sinfiy konfliktga uning
turli xil hatti-harakat shakllarini nazariy tahlil etmasdan qaralgan. Ba’zi olimlar esa,
uning ta’limotida sinflar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni mutlaqlashtirishni
ko’rganlar.
M.Veber esa konfliktlarning paydo bo’lishini faqat kambag’allik va boylik
tafovutlariga bog’liq deb hisoblamaydi. U notenglik xususiyatiga karab e’tibor,
hurmatning turli darajada bo’lishi, bir xilda bo’lmagan obro’, mavqye, maqomli
guruhlar tushunchasini kiritgan. Bunda Veber turli guruhlarning moddiy va g’oyaviy
manfaatlari bilan diniy ong o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatib o’tgan.
R.Darendorf esa aynan sinflarni konfliktlashuvchi ijtimoiy guruhlar deb
hisoblagan. Uning fikricha,sinfiy konflikt jamiyat xarakteri bilan belgilanadi.
Konflikt odatda iqtisodiy munosabatlar bilan emas, balki boshliqlar va

1
Қаранг: Работа с конфликтом: навыки и стратегия действия. Лондон, Конфликтологический центр, 2001. С.40.




30
bo’ysunuvchilar o’rtasidagi munosabatlar orqali vujudga keladi, uning bosh sabablari


kishilarning bir-birlari ustidan xukmronligi, hokimiyatga esa bo’lishlaridir. Konflikt
uchun asos faqat ishchilar ustidan tadbirkorlar hokimiyatining o’rnatilishi emas,
konflikt boshqaruvchilar va bo’ysunuvchilar mavjud bo’lgan har qanday tashkilotda
paydo bo’lishi mumkin (kasalxonada, harbiy qismda, universitetda va h.). Darendorf
o’zining «Industrial jamiyatda ijtimoiy sinflar va sinfiy konflikt» nomli mashhur
asarida obyektiv «yashirin» va anglashilgan «oshkora» manfaatlarning mavjudligi
haqidagi xulosani chiqarish uchun Marksning ko’p nazariy xulosalaridan
foydalangan. Sinflar, uning fikricha, qachonki «yashirin» manfaatlar «oshkora»
manfaatlarga aylanganda vujudga keladilar.
Hozirgi zamon olimlaridan Pyer Burdye esa hozirgi konfliktlarning rivojlanish
xususiyatlari ustida fikrlash uchun amaliy tavsiyalar beradi. Uning fikricha, sinflar
to’g’risidagi markscha nazariyaning kamchiligi obyektiv mavjud tafovutlar majmuini
e’tiborga olmaslik, ijtimoiy borliqning faqat iqtisodiy maydon bilan cheklash
natijasidir.
K.Boulding, L.Kraysberg, M.Krozelar fikricha, konfliktning o’zi turli xil
maqsadlarga intiluvchi guruhlarning qarshi kurashidan iborat. K.Bouldingning
ta’kidlashicha, hamma konfliktlar umumiy elementlarga xamda rivojlanishning
umumiy me’yorlariga ega bo’ladi, bu elementlarni o’rganish konflikt hodisasini
uning istalgan ko’rinishida o’rganish, tasavvur qilishga imkon beradi.
Demak, konfliktlarni tushunishda va asoslashdagi asosiy yondashuvlar yirik
ijtimoiy uyushmalar o’zaro munosabatlarining xususiyatlarini ko’rib chiqish
doirasida shakllanganligini ko’rishimiz mumkin.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə