46
5. II BOB. KONFLIKTLARNI HAL QILISHNING
PSIXOLOGIK USULLARI
6-MAVZU. Konfliktlarni boshqarish va tahlil qilish
Reja:
1. Konfliktlarni hal qilishning umumiy qoidalari
2.
Konfliktlarni boshqarishda axborotning roli
3.
Konflikt signallari va ularni taxlil qilish usullari
1.Konfliktlarni hal qilishning umumiy qoidalari
Konfliktlarning jamiyat hayotidagi doimiy va
umumiy hodisa sifatida tan
olinishi har qanday konfliktning u ro’y berishi mumkin bo’lgan ko’lamda,
shaklda va tanglik darajasida muqarrar tarzda namoyon bo’lishini keltirib
chiqarmaydi. Ijtimoiy konfliktlarni tartibga solish muammosi konfliktli vaziyat
sabablariga ta’sir etish, konfliktning salbiy oqibatlarini tugatish yoki konflikt
natijalaridan foydalanish maqsadida konfliktning borishini muayyan yo’nalishga
solish imkoniyatiga asoslanadi.
Konfliktni tartibga solish haqidagi masala nazariy
va amaliy jihatdan uni
o’rganishga loyiq mustaqil muammodir. Bu muammoni o’rganuvchilar
konfliktni tartibga solishni unga bo’lgan eng oqilona yondashuv deb
hisoblaydilar. Har doim ham ochiq to’qnashuvdan qutulish mumkin emas,
biroq, doimo konfliktli hodisalarning rivojlanishi uchun haddan tashqari katta
mablag’ sarflash va talafotlar ko’rishdan xalos bo’lish mumkin.
Konfliktlarni tartibga solish muammosi ma’lum darajada
ijtimoiy jarayonlarni
boshqarish muammosining bir qismini tashkil etadi. Fan tomonidan uni
boshqarish haqida ishlab chiqilgan asosiy g’oyalar konfliktli vaziyatlarni
boshqarishning aniq usul va yo’llarini topishda katta ahamiyatga ega.
Konfliktli menejment sohasidagi mutaxassislar umumiy xarakterdagi qator
asosiy qoidalar har bir muayyan holatdagi konfliktni
boshqarish muammosini
hal qilishni ta’minlashga olib keladi deb hisoblaydilar. Bu asosiy qoidalar
quyidagilar bo’lishi mumkin:
1.Konfliktli vaziyatning rivojlanishini boshqarish o’z mohiyatiga ko’ra
odamlarni boshqarishdir. Bu yerda insonning obyektiv va subyektiv, moddiy va
ma’naviy, g’oyaviy jihatlarini o’zida mujassamlashtirgan xulq-atvor omillari va
motivlari o’z ahamiyati bilan namoyon bo’ladi.
2.Konfliktni boshqarish - tenglarni boshqarishdir. Konflikt ishtirokchilari
orasida, qoidaga ko’ra, mutlaq nohaq taraf bo’lmaydi. Hyech bo’lmaganda
konfliktga ishtirokchilarning biriga nisbatan avvaldan rejalashtirilgan fikr bilan
yaqinlashish mumkin emas. Konfliktlarni demokratik tartibga solish nuqtai
nazaridan qaysidir bir tomonni to’xtatib qo’yish, konfliktli vaziyat ayrim
subyektlarining xususiy pozisiyalarini to’la inkor etish katta xatodir.
3.Siyosiy-huquqiy nuqtai nazardan konfliktlarni boshqarish bu, eng avvalo,
katta guruhlar, odamlar ommasini boshqarishdir. Bu o’z navbatida
47
konfliktlarning oldini olish yoki ularni tartibga solishda muayyan natijalarga
erishish
uchun zarur usullar, yo’llar, vositalar majmuiga o’z ta’sirini ko’rsatmay
qo’ymaydi. Bu yerda omma manfaatini ifoda etuvchi tashkilotlar, ommaning
o’zini anglash darajasi, ro’y berayotgan hodisalar obyektiv rivojlanishining
umumiy ko’lami katta ahamiyatga ega.
4.Konfliktlarni boshqarish manfaatlar negizida boshqarishdan iborat eng
muhim qoidadir. Konflikt ishtirokchilari manfaatini to’g’ri tushunish konfliktli
vaziyatni muvaffaqiyatli hal etish kaliti, mustahkam asosga ega kelishuvning
muhim shartidir.
Ijtimoiy konfliktlarni oldini olish va tartibga solish ko’proq ular
namoyon bo’ladigan
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muhitning umumiy holatiga
bog’liq. Shunga ko’ra konfliktlarni tartibga solish jarayonida qator uzviy jihatlar
va bu vazifani yaxshi hal etishga ta’sir etuvchi zarur ijtimoiy shart-sharoitlarni
aniqlash lozim.
Dostları ilə paylaş: