Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə40/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Qanday hollarda vaziyatni konfliktli deyish mumkin ?
2. Konfliktli vaziyatda achborotning o’rnini izohlang.
3. Konfliktda insonlarni o’zini tutishiga qarab qanday tiplarga ajratish
mumkin?
4. Konflikt ishtirokchilarining ruhiy tiplari xarakteristkasi qanday?
Mustaqil o’zlashtirishga tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Ergeshova D.q., Najimov M.K. Yuridik konfliktologiya: O’quv qo’llanma –
T.: TDYuI, 2007. – 97 b.
2. Konfliktologiya
asoslari:
O’quv
qo’llanma/
R.Z.Jumayev,
U.A.Ubaydullayev, B.A.Xujanov. - Toshkent: Akademiya, 2000. - 208 b.

46
5. II BOB. KONFLIKTLARNI HAL QILISHNING 


PSIXOLOGIK USULLARI 

6-MAVZU. Konfliktlarni boshqarish va tahlil qilish 
Reja: 

1. Konfliktlarni hal qilishning umumiy qoidalari 


2. Konfliktlarni boshqarishda axborotning roli 
3. Konflikt signallari va ularni taxlil qilish usullari 
1.Konfliktlarni hal qilishning umumiy qoidalari
Konfliktlarning jamiyat hayotidagi doimiy va umumiy hodisa sifatida tan
olinishi har qanday konfliktning u ro’y berishi mumkin bo’lgan ko’lamda,
shaklda va tanglik darajasida muqarrar tarzda namoyon bo’lishini keltirib
chiqarmaydi. Ijtimoiy konfliktlarni tartibga solish muammosi konfliktli vaziyat
sabablariga ta’sir etish, konfliktning salbiy oqibatlarini tugatish yoki konflikt
natijalaridan foydalanish maqsadida konfliktning borishini muayyan yo’nalishga
solish imkoniyatiga asoslanadi.
Konfliktni tartibga solish haqidagi masala nazariy va amaliy jihatdan uni
o’rganishga loyiq mustaqil muammodir. Bu muammoni o’rganuvchilar
konfliktni tartibga solishni unga bo’lgan eng oqilona yondashuv deb
hisoblaydilar. Har doim ham ochiq to’qnashuvdan qutulish mumkin emas,
biroq, doimo konfliktli hodisalarning rivojlanishi uchun haddan tashqari katta
mablag’ sarflash va talafotlar ko’rishdan xalos bo’lish mumkin.
Konfliktlarni tartibga solish muammosi ma’lum darajada ijtimoiy jarayonlarni
boshqarish muammosining bir qismini tashkil etadi. Fan tomonidan uni
boshqarish haqida ishlab chiqilgan asosiy g’oyalar konfliktli vaziyatlarni
boshqarishning aniq usul va yo’llarini topishda katta ahamiyatga ega.
Konfliktli menejment sohasidagi mutaxassislar umumiy xarakterdagi qator
asosiy qoidalar har bir muayyan holatdagi konfliktni boshqarish muammosini
hal qilishni ta’minlashga olib keladi deb hisoblaydilar. Bu asosiy qoidalar
quyidagilar bo’lishi mumkin:

1.Konfliktli vaziyatning rivojlanishini boshqarish o’z mohiyatiga ko’ra


odamlarni boshqarishdir. Bu yerda insonning obyektiv va subyektiv, moddiy va
ma’naviy, g’oyaviy jihatlarini o’zida mujassamlashtirgan xulq-atvor omillari va
motivlari o’z ahamiyati bilan namoyon bo’ladi.

2.Konfliktni boshqarish - tenglarni boshqarishdir. Konflikt ishtirokchilari


orasida, qoidaga ko’ra, mutlaq nohaq taraf bo’lmaydi. Hyech bo’lmaganda
konfliktga ishtirokchilarning biriga nisbatan avvaldan rejalashtirilgan fikr bilan
yaqinlashish mumkin emas. Konfliktlarni demokratik tartibga solish nuqtai
nazaridan qaysidir bir tomonni to’xtatib qo’yish, konfliktli vaziyat ayrim
subyektlarining xususiy pozisiyalarini to’la inkor etish katta xatodir.

3.Siyosiy-huquqiy nuqtai nazardan konfliktlarni boshqarish bu, eng avvalo,


katta guruhlar, odamlar ommasini boshqarishdir. Bu o’z navbatida


47
konfliktlarning oldini olish yoki ularni tartibga solishda muayyan natijalarga


erishish uchun zarur usullar, yo’llar, vositalar majmuiga o’z ta’sirini ko’rsatmay
qo’ymaydi. Bu yerda omma manfaatini ifoda etuvchi tashkilotlar, ommaning
o’zini anglash darajasi, ro’y berayotgan hodisalar obyektiv rivojlanishining
umumiy ko’lami katta ahamiyatga ega.

4.Konfliktlarni boshqarish manfaatlar negizida boshqarishdan iborat eng


muhim qoidadir. Konflikt ishtirokchilari manfaatini to’g’ri tushunish konfliktli
vaziyatni muvaffaqiyatli hal etish kaliti, mustahkam asosga ega kelishuvning
muhim shartidir.

Ijtimoiy konfliktlarni oldini olish va tartibga solish ko’proq ular


namoyon bo’ladigan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muhitning umumiy holatiga
bog’liq. Shunga ko’ra konfliktlarni tartibga solish jarayonida qator uzviy jihatlar
va bu vazifani yaxshi hal etishga ta’sir etuvchi zarur ijtimoiy shart-sharoitlarni
aniqlash lozim.


Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə