Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Konflikt signallari va ularni taxlil qilish usullari



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə42/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Konflikt signallari va ularni taxlil qilish usullari. O’zbeklarning milliy
qadriyatlari tizimida janjalkashlik, ichi qoralik, boshqa odamlar tinchini buzish,
oiladagi zo’ravonlik, bolalarga nisbatan zo’ravonlik qoralanadi. Nizo kelib chiqishi
bilan uni hal qilish yo’llarini qidirish oqlanadi. Ammo hayotda odamlarning o’zini
tutishi va harakatlari azaliy qadriyatlar asosida emas, balki ularga zid bo’lgan
xususiyatlar asosida rivojlanganligini ko’ramiz. Bir oilada yashab, unib o’sgan
qarindoshlar orasida meros talashib, pul va qarz mojarolari bilan, yerdan ulush
so’rab, hovli joylarni adolatli bo’lisha olmagan hamda mana shu sabab yuz ko’rmas
bo’lib ketgan yaqin qarindoshlar uchrab turadi. Shu nuqtai nazardan, umuman
konfliktni yechib bo’ladimi, uning hammani qoniqtirgan xulosasi mavjudmi degan
masala qiziqish uyg’otadi.
Konfliktni uning kelib chiqqanligi, rivoj topib, ildiz otgan paytidagina emas, balki
uning ilk kelib chiqish davridayoq bilib, oldini olish unumliroq bo’lib, shunday yo’l
yaxshi natijalarga olib keladi. Ammo keng quloch yoyib ketgan, bir emas, balki bir
necha tomonlarni o’z domiga tortib olgan, bir necha yillarga davomli cho’zilib,
ko’pchilikka aziyat keltirgan konfliktlarni ham hamma uchun qoniqarli yechimga olib
kelsa bo’ladi. Biroq bunday vaziyatlarda konfliktda ishtirok etayotgan barcha
tomonlardan konflikt yechimiga tayyorlik, uning mazmunini muhokama etishga
hozirlik, kompromisslarni to’g’ri va achinmay qabul qilish, norozilikka rozilik,
layoqatlilik, o’z so’zida turish kabilar talab etiladi.
Konfliktning vujudga kelayotganligini uning signallari, ya’ni belgilari aniq va
ravshan ko’rsatib beradi.
Konflikt signallari 
Konflikt signallari konfliktning to’la namoyon bo’lishidan oldin tomonlar
o’rtasidagi odatdagi to’g’ri munosabatlar o’rtasida kelishmovchilik, inqiroz, o’zaro
tushunmaslik, g’ayirlik, ayrmakashlik vujudga kelayotganligini namoyon etadi.
Konflikt signallariga bee’tiborlilik uning kelgusida rivojlanib ketishi uchun asos
bo’lib xizmat qiladi. Shu bois, konflikt signallarini bilish va ularga e’tiborli
munosabat talab qilinadi. Konflikt signallariga inqiroz, tomonlar orasidagi tanglik
tushunmovchilik, insidentlar, diskomfort kiradi. Ularning mazmunini tushunish,
ularga nisbatan mutanosib munosabat odatda konfliktning erta anglanishi,
inqirolzning oldi olinishi va uning hal etilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Inqiroz


49
Tomonlar orasidagi ma’lum ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy inqiroz darrov bilinadi.


Agar biror kishi o’zining do’sti, hamkori, yoki tanishi bilan o’z munosabatlarini
birdaniga va sababsiz uzib qo’ysa, u bilan gaplashishidan o’zini saqlasa, hafa bo’lib
yursa, uni turli qarama-qarshi fikrlar qiynasa, bu - konfliktdagi inqirozning vujudga
kelganligiga ishoradir. Bu holatlar inqiroz, yoki hal etilmagan o’ziga xos konflikt
belgilari hisoblanadi. Shu bilan birga, boshqa tomonga nisbatan ishlatilgan
zo’ravonlik, tahdid, shantaj kabilar ham inqiroz vaziyatining mavjudligini ko’rsatadi.
Juda qattiq bahs yuritish, bahsda tomonlarning bir-birini ayamasligi, o’zaro
tahdidlarning qo’llanilishi ham inqiroz vaziyatining ko’rinishlari hisoblanadi.
Inqirozni ko’rsatuvchi yorqin belgilardan biri kishi o’z emosiyalarini ushlab tura
olmasligi, o’z emosiyalari va xis-tuyg’ulariga erk berishi, so’kishish, yomon so’zlar
ishlatish, birovni tahqirlash kabilardir. Odam bu vaziyatda o’z emosiyalari ichiga
kirib ketib, o’z fikrlarida qarshi tomonni ―u yoki bu qilvorishga‖ jazm ham qiladi. Bu
vaziyatlarda tezda inqirozning mavjud ekanligi tan olish, o’zini emosional
tinchlantirish, inqiroz vaziyatini vujudga keltirgan sabablarni tahlil qilish, o’zini
muzokaralarga hozirlash, qarshi tomon bilan tinch muloqotga o’tish darkor. Agar bu
ish qilinmasa, haqiqatan ham kuchli konflikt yuzaga kelishi aniq.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə