Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə2/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

I BOB. KONFLIKTLAR NAZARIYASI 


1-Mavzu: Konflikt. Uning mazmuni va mohiyati 
Reja 

1. Konfilkt xaqida umumiy tushuncha


2. Konfliktlarning vayron etish yoki yaratuvchanlik imkoniyatlari
3. Konfliktlar to’g’risidagi tassavurlar

Konfilkt xaqida umumiy tushuncha 
Inson o’z hayotida bolalik davridanoq boshqa insonlar bilan turli ijtimoiy
munosabatlarga kirishadi. Inson hayoti boshqalar bilan bo’ladigan turli
munosabatlarning uzluksizligidan iborat bo’lgan jarayondir. Ana shu munosabatlar
esa har doim ham bir tekis, silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis
davom etishini turli nizo va ziddiyatlar buzib turadi. Biz ularni konfliktlar deb
ataymiz.
Konflikt har bir inson hayotiga aloqador bo’lgan o’ziga xos jarayon bo’lib, hyech
bir inson o’zini komil ishonch bilan konflikt vaziyatlardan muhofaza qilinganman
deb ayta olmaydi. Konfliktlar inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi, chunki
har bir inson o’z hayoti davomida konfliktlar bilan to’qnash keladi. Konfliktlar tabiiy
hodisa bo’lib, konflikt bilan to’g’ri munosabat o’rnatish inson tarbiyasi, uning
shakllanishining zaruriy talablaridan biridir. So’nggi vaqtlarda zamonaviy
jamiyatlardagi insonga bo’lgan turli ilmiy-texnik, ma’naviy, iqtisodiy ta’sirlarning
haddan ziyod ortib borishi, zamonaviy jamiyatlarda yashash tarzining murakkablik
tomon ortib borayotganligi odamlar to’qnash kelishi mumkin bo’lgan turli konflikt
vaziyatlarni ham oshiradi.
Bolalik davrida o’yinchoqlarni talashish, birovlarga hasad qilish, yoki o’g’il
bolalarning janjal qilib urishganini ko’p kuzatgansiz. Mana shunday konfliktlar
keyinchalik oilada, eru-xotin, qaynona-kelin, aka-opalar, yaqinlar, do’stlar, ijtimoiy
guruhlar, turli kompaniyalar o’rtasida, shuningdek mehnat faoliyatida ham vujudga
kelishi mumkin.
Konfliktologiya - ijtimoiy konfliktlarning sabablari, shakllari, rivojlanishi
hamda ularni hal qilish va oldini olish haqidagi fandir. Psixologik
konfliktologiya barcha mazkur masalalarni psixologik nuqtai nazaridan qarab
chiqadi. Munosabatlar ishtirokchilari bo’lgan shaxslar o’rtasida vujudga
keladigan psixik konfliktlarning sabablari, shakllari va dinamikasini o’rganadi,
shuningdek konfliktlarni tartibga solish usullari, va vositalarini ishlab chiqadi.
Psixologik jihatdan konfliktlarni o’rganish faqat nazariy emas, balki juda
muhim amaliy ahamiyatga ham ega. Fanning bu sohasi vaziyatlarda yuzaga
keluvchi konfliktlarning oldini olishga, ularni hal qilish uchun samarali
choralarni qo’llashga yordam beradi.

Hayot konfliktlarga to’la. Insonning jamiyatdagi yashash tarzini turli


ziddiyatlarsiz tasavur etib bo’lmaydi. Turli nizo va ziddiyatlar bilan umr davomida,
har qanday yoshda, har joyda, har qanday vaziyatda to’qnash kelish mumkin.
Konfliktlar uyda, maktabda, ko’chada, o’quvchilar orasida, ota-onalar va farzandlar,


5
xodim va uning rahbariyati orasida, jamoa a’zolari o’rtasida sodir bo’lishi mumkin.


Konfliktlar, odatda, ko’p vaqt odamlar birga bo’ladigan hollarda, ya’ni ular uzoq
muddat bir-birlari bilan psixologik va ruhiy muloqotda bo’ladigan holarda, ular
ma’lum muddat o’zaro birga bo’lishga majbur bo’lgan paytlarida ko’proq sodir
bo’ladi.
Hyech bir inson o’zini konfliktlardan doimiy muhofaza qilingan deb hisoblay
olmaydi. Chunki konfliktlar ba’zan qo’qisdan, hyech kutilmagan holda vujudga
kelishi hamda inson hayot tarzini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin. Konflikt har
bir inson hayotining ajralmas qismi bo’lib, hyech bir inson konfliktlardan o’zini
―kafolatlanganman‖ deb ishonch bilan ayta olmaydi. Har birimiz bolalik
davrlarimizdan konflikt vaziyatlarga tushamiz va bu holatlardan chiqib ketish yo’l va
usullarini qidiramiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, konflikt ijtimoiy xodisa
hisoblanadi. Chunki u ko’pchilik insonlarning kundalik turmush tarziga oid voqyea
va hodisalarni qamrab oladi hamda konflikt rivojidan har bir inson, yaqin
qarindoshlar, mehnat jamoasi o’rtasidagi tinch va totuvlikka asoslangan osuda hayot
tarzi zarar ko’rishi mumkin.
Ulg’ayganimiz sari konflikt voqyea, hodisalar o’z kuchi va ta’sirini ham
kuchaytirib boradi. Ammo biz konflikt nimaligini bilamizmi? Har doim ham konflikt
vaziyatga tushib qolganda o’zimizni to’g’ri tutamizmi? Konflikt bizning hayotimiz
uchun tahdid ko’rsatadimi? Konfliktning o’z ichki tabiati qanday? Konfliktdan
qanday qutilish va yoki undan qanday chiqib ketish kerak? Ziddiyat qanday
qonuniyatlar asosida rivojlanadi? Nizoni rivojlantiruvchi omillarni oldindan bartaraf
etsa bo’ladimi? Inson ziddiyatlarsiz yashashga o’rganishi mumkinmi?!
Mana shunday savollar ko’pchilikni o’ylantirishi tabiiy. Har bir inson konfliktlar
bilan to’qnash kelishi aniq bo’lganligi sababli konfliktlar hakida keng bilimlarni
tarbiyalash va shakllantirish muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Shu bois
konfliktlar to’g’risida ham nazariy bilimlar, ham amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish
hozirgi zamonda yoshlarni mustaqil hayotga tayorlash hamda jamiyatda o’z o’rni va
mavqyeiga ega bo’lishida zarur ehtiyojlardan bo’lib, ana shunday bilimlarni targ’ib
etish davrimizning dolzarb vazifalaridandir.
Konfliktlarni tabiiy hodisa dedik. Konflikt – oddiy hol. Chunki konflikt har
birimizning turmushimiz va tirikchiligimizga xos bo’lgan, hayotimizga tegishli narsa.
Ammo ko’pchilik ongida an’anaviy mavjud bo’lgan fikrga ko’ra, konflikt bu – oddiy
hol emas, u ziddiyatli hol, undan o’zini muhofaza qilish kerak, undan o’zini tortish
zarur, konfliktdan ―qochish‖ kerak. Insonlararo, oilalar ichida bo’layotgan
konfliktlardan o’zini tortishni bizga bolaligimizdan o’rgatib kelishadi. Konflikt
oldida, unga nisbatan fobiya, ya’ni konfliktdan qo’rqish hollari ko’pchilikni tashkil
qiladi. Bizni bolaligimizdan konflikt vaziyatlardan o’zimizni tortishga, ―janjalkash‖
bo’lmaslikka, nizolarni keltirib chiqargan va unda qatnashgan odamlardan o’zimizni
tortib yurishga o’rgatishadi. Konflikt – bizning milliy menetalitetimizda ―yaxshi‖
bo’lmagan holat va vaziyatga tenglashtiriladi. Konflikt bo’lganidan ko’ra, konflikt
bo’lmaganini biz afzalroq ko’ramiz. Biz konfliktni hayotimizdagi eng ―yomon‖ davr
sifatida baholaymiz. Konfliktdan uzoqroqda yashash ko’nikmalari bizning
tafakkurimizga chuqur singdiriladi.


6
Konflikt har kunlik hayot tarzimizga xos bo’lgan voqyelik bo’lishiga qaramay,


insonlar ko’pincha ularni noto’g’ri talqin etadi hamda ularni ―anglangan‖ holda
qabul qilishga o’rgatilmaydi. Konflikt vaziyatga tushib qolgan vaqtimizdagina mana
shu konflikt vaziyatni tahlil qilishga urinamiz. Ammo har doim ham bizning bilim va
ko’nikmalarimiz konflikt vaziyatdan chiqib ketish uchun yetarli bo’lmaydi. Chunki
bizning hayotiy tajribamiz kam, chunki biz konfliktlar yechimi bo’yicha maxsus
bilimlarni egallamaganmiz. Tabiiyki, har bir inson konfliktlarni tushunadi, ular
mohiyatini to’g’ri anglaydi hamda ularni yenga biladi deyish, xato hisoblanadi. Shu
bois, konfliktlarni o’rganish, ularni ilmiy anglash davr talabi bo’lib, konfliktlar
bo’yicha zamonaviy bilimlarni egallagan mutaxassislarni tarbiyalab – voyaga
yetkazish davr bilan hamnafas bo’lishni anglatadi. Horijiy ellarda yuqori va quyi
bosqisdagi barcha rahbar hodimlar, biznes menejerlarning barchasi konfliktlar
yechimi bo’yicha ta’lim oladilar. Konfliktlar va ularning yechimi bo’yicha ma’lum
bilimlar va ko’nikmalarni egallamasdan turib, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy
tizimlarda faoliyat olib borib hamda ularni boshqarib bo’lmaydi.
Konfliktlar inson hayotining tabiiy tarkibiy qismidir. Har doim konflikt vaziyatga
tushib qolish imkoniyati mavjud bo’lib, har birimiz hyech bo’lmaganda bir bor
konflikt vaziyatlarning faol ishtirokchilari bo’lganmiz. O’zini konfliktlardan to’la
ajratib olish, yoki konfliktlardan himoya qilinganman, ulardan kafolatlanganman deb
o’ylash, noto’g’ridir.
Demak, konflikt vaziyatda har bir tomonning o’z qarashlari, o’ylari, fikrlari tizimi,
majmuasi mavjud. Mana shu o’y va fikrlar tizimi xuddi mana shu tomonning o’z
shaxsiy manfaatlarini anglatadi. Inson o’z shaxsiy manfaatlarsiz yashay olmaydi.
Har bir odam, xatto eng kichkina yoshdagi bolakaylarning ham o’z shaxsiy
manfaatlari mavjud. Agar kichkina chaqaloqning so’rib turgan ―soska‖sini qo’lidan
tortib olsangiz, u darrov baqirib yig’lashga tushadi. Chunki uning shaxsiy
manfaatlariga qarshi ish amalga oshirilgan bo’ladi. Chaqaloq ―mening narsamni
qaytarib beringlar‖, deb uvvos solib yig’laydi.
Shunday ekan, konflikt mazmuni - inson manfatlarining holati bilan uzviy bog’liq
bo’lgan voqyelikka aylanadi. Demak, konflikt – bu ikki, yoki undan ko’p 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə