Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


O’zini ustun qo’yishning ochiq ko’rinishlari



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə14/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

O’zini ustun qo’yishning ochiq ko’rinishlari: buyruq berib gapirish, tahdid
qilish, birovni niqtab turish, salbiy munosabatlar, tanqid, ayblash, birov ustidan
kulish, istehzo, sarkazm, piching, kesatiq.
Yashiringan ustun qo’yish hollari: tashqi ko’rinishdan yaxshi munosabat sifatida
qabul qilsa bo’ladigan ustunlik. ―Tinchlaning‖, ―Aqlli odamsiz-u, ammo...‖,
―Hayronman, nimaga hafa bo’lasiz...‖, ―Shuni ham bilmaysizmi?!‖, bu vaziyatlarda
tashqi qo’rinishdan mayin ohang tanlansa ham, bu holat konfliktogen holat sifatida
baholanadi. Masalan, er xotiniga ―Nihoyat shirin ovqat yer ekanmiz-da‖, - deydi.
Xotin hafa bo’ladi. U ―Nima xech qachon shirin ovqat pishirmaganmanmi?!‖, deb
o’ylaydi.
Mantanchoqlik: o’z marralari va yutuqlari haqida ko’pirib gapirish, shu bilan
birga o’zgalar marralarini pastga urish, ularni ―o’z o’rniga qo’yib qo’yish‖ istagi.
Qat’iylik, fikr va qarashlar keskinligi: o’z fikrlarining to’g’riligiga haddan ziyod
ishonish, qarashlarni bildirishdagi keskinlik, faqat o’zi to’g’ri so’z ayta olishi
mumkinligiga ishonch, birovlar fikrini o’ylab ham ko’rmaslik, ―Bizning oyimiz
rahbar bo’lganlar-da, shuning uchun o’zlarini juda aqlli deb biladilar...‖, ―Hamma
narsani bilaman deysiz-u, oddiy choy damlab berolmaysiz...‖, ―Faqat leksiya
o’qiysiz, oddiy gapira olmaysiz...‖, ―Sen nimani bilarding...‖ qabilidagi so’zlarni
ishlatish.


19
Bu vaziyatdagi konfliktogenlar ―Hamma erkaklar – erkak‖, ―Hamma xotinlar –


yolg’onchi‖, ―Hamma – o’g’ri‖, ―Bo’ldi gapingni to’xtat...‖, ―E, bugungi yoshlar
buzilgan...‖, ―E, kattalar hyech narsaga tushunmaydi..‖ kabi kirish so’zlar bilan ham
anglashiladi. Masalan, yoshlarni qiziqtirgan muzika, kiyim, moda, o’zini tutish,
salomlashish kabilar kattalarning jig’iga tegishi mumkin. Bunday fikrlar ochiqchasiga
bildirilganda, yoki ularni bola tafakkuriga majburiy kiritishga urinilganda, yoshlar o’z
ota-onasidan ma’lum axborotlarni yashirishga tushadi, yoki o’z odatlarini himoya
qilish yo’lini tutadi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə