Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə16/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Informasiyani yashirish: Odamlar hayotida axborot muhim rol o’ynaydi.
Axborotni yashirish kishilarda shubha uyg’otadi. Shu bilan birga, axborotni yashirgan
kishiga nisbatan ishonchsizlik vujudga keladi. Oqibatda odamlar orasi va
munosabatlari buzilishi uchun asos tug’iladi. Erkaklar ko’proq, o’z shaxsiy vaqtining
qanday va nimalarga sarflanayotganligini, yoki umumiy mablag’larining miqdorini,
ularning nimalarga ishlatilayotganligini, o’z xato va kamchiliklarini yashirishga
harakat qilishadi. Ayollar esa erkaklar borasidagi o’z ichki xissiyotlarini, yashirin
iqtisod qilingan pul mablag’larini, erining qarindoshlariga nisbatan haqiqiy
munosabatini, bolalarining ba’zi ―ayblarini‖ yashirishga urinishadi.
Birovning ustidan kulish. Birovning ustidan istehzo bilan kulish, uni mas’hara
qilish agressiyaning psixologik turlaridan hisoblanadi. Birovning ustidan kulish inson


20
huquqlarini buzishga yo’naltirilgan bo’ladi. Odatda javob bera olmaydiganlar ustidan


kulgi qilinadi, yoki ana shu vaziyatda konkret odam kulgiga nisbatan ma’lum
sabablarga ko’ra javob qaytara olmaydi. Inson ustidan kulish uning nafsoniyatiga
tegadi va uzoq vaqt dilda o’rnashib qoladi. Bolaligida mazah qilingan ―semiz‖lar,
―omi‖lar, ―qishloqi‖lar, ―turqi sovuq‖lar keyinchalik o’z ustidan kulgan odamlarga
qarshi harakat olib borgani, yoki, ―birinchi muhabbati‖ hamma tomonidan kulgi
ostiga olingan yigitlar keyinchalik o’z dushmanlaridan qaqshatgich qasos olgani
borasidagi hayotiy misollar ko’p. Ko’pchilik hollarda kulgi ostida qolgan odam qulay
vaziyat poylab o’z javobini tayyorlaydi.
Aldash yoki aldashga harakat qilish. Eng ashaddiy konfliktogenlardan
hisoblanadi. Ayollar ham, erkaklar ham o’zlarini aldashga yo’naltirilgan harakatlarni
kechira olmaydilar. Odatda aldash orqali yuzaga kelgan xissiy-emosional holat juda
uzoq vaqt ongda saqlanib qoladi hamda umr bo’yi konfliktogen rolini o’ynab keladi.
Aldash orqali odam yuragida yuzaga kelgan alam ko’p hollarda umuman
yo’qolmaydi va o’chib ham ketmaydi. Bu alam bot-bot odamlar orasiga yangitdan
nizo solinishiga asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ayollar o’z erlarining 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə