Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə18/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Pul qarz so’rash: Eng keng tarqalgan konfliktogenlardan hisoblanadi. Pul qarz
so’rash pul so’rayotgan odamda noxush xis-tuyg’ularni uyg’otadi. Ammo unga qarz
berilganda ham, konflikt kelib chiqishi mumkin. Chunki bu qarz o’z vaqtida
qaytariladi-mi, yo’q-mi, ma’lum emas. Qarz bilan sinash ko’p hollarda qarindoshlar,
do’stlar, birodarlar orasini buzib yuboradi.
Agressiyaga moyillik 
Ko’pchilik agressiyaga moyillikni faqat erkaklarga xos xususiyat deb biladi.
Aslida unday emas. Agressiyaga moyillik ham erkaklarga, ham ayollarga xos
xususiyatdir. Ammo erkak va ayol agressiyasi hamda uning qanday ifodalanishi
orasida juda katta farq mavjud. Erkaklar agressiyasi o’zini ochiq ifoda qiladi.
Erkaklar agressiyasi o’zi uchun ko’proq jismoniy kuch ishlatish shaklini tanlab oladi.
Ayollar agressiyasi esa ochiq ifodalanmaydi. Ular orqavorotdan, asta, bilintirmay,
zimdan harakat qiladi. Ularni ―Sen shu ishni qilding‖ deb ushlab olish juda qiyin
kechadi, chunki ayollar ko’proq psixologik agressiyani tanlashadi va ishlatishadi. O’z
opponentini psixologik ezish, uni tahqirlash, unga bepisand munosabatda bo’lish
ayollar agressiyasining shakllari hisoblanadi. Erkaklar agressiyasi darrov o’zini ayon
etadi. Urish, jismoniy tazyiq, turtish, bir tushurish, bo’g’ish, jismoniy harakatlarni
cheklash, do’q qilish, shantaj – bular erkaklar ko’proq qo’llaydigan agressiya turlari
hisoblanadi. Ayollar agressiyasi keskin ish tutmaydi, asta, zimdan ish tutadi.
Ko’pchilik hollarda ayollar agressiyasi oiladagi a’zolarga nisbatan qo’llaniladi.
Birovni kamsitish, ruhiy ezish, o’z kayfiyatini birovni ezish oqibatida
normallashtirish, ―kulib turib, jonini olish‖ ayollar agressiyasi hisoblanadi. Ayollar
urmasdan turib, boshqa insonni juda katta ruhiy tanglik holatiga olib kirib qo’yishi
mumkin. Bir qaraganda erkaklar agressiyasi ochiq namoyon bo’lganligi uchun
bezarardek ko’rinadi. Aslida har ikki tur agressiya ham juda yomon oqibatlarga 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə