Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə19/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

olib kelishi mumkin. Erkaklar agressiv munosabati oqibatida opponet tomon qattiq
jismoniy jarohat olishi mumkinligi ayon. Ayollar agressiyasining keng tarqalgan
oqibatlaridan biri, bu – depressiyadir. Depressiyaning oqibatlari ham insonga juda
katta tashvishlar olib keladi. Depressiya holatiga chuqur kirib ketgan odam ko’p
hollarda o’z joniga suiqasd qilishi mumkin. Agressivlikka moyillikning oldini olish
ta’lim va tarbiya, insoniy qadriyatlar, diniy e’tiqod tizimida yotadi. Inson o’zida
agressiyaga moyillikni sezsa, unga qarshi o’zini to’g’ri shakllantira borishi lozim.
Agressiya, u yo’naltirilgan odamning ham, uni ishlatayotgan, agressiyani
qo’llayotgan odamning ham salomatligiga juda katta putur yetkazadi.
Egoizm 
Egoizm faqat o’z manfaatlarini ko’rish qobiliyati bo’lib, o’zbek tilida xudbinlik
so’ziga to’g’ri keladi. Xudbinlik forscha so’z bo’lib, ikki ildizdan tashkil topgan:
―xud‖ – o’z, o’zim ma’nolarini bildiradi, ―bin‖ – ko’rish ma’nosini bildiradi. Demak,
xudbin so’zninig ma’nosi – faqat o’zini ko’rishga to’g’ri keladi. Doimiy
agressiyaning ildizlaridan biri egoizmga borib taqaladi. Egoizm – o’z manfaatlarini,
boshqalar manfaatlarining buzilishiga qaramay, eng oliy qadriyat sifatida anglanish
jarayoniga aytiladi. Shu bois, fransuz lingvisti P.Buast “xudbinlik ustidan qozonilgan 
g’alaba eng sharafli g’alabadir”, deb aytgan. Fransuz yozuvchisi S.Segyur esa,


22
xudbin uchun – o’tmish – bo’shliq, hozir – qaqroq cho’l, kelajak esa – 


ahamiyatsizdir”, deb ta’kidlagan.
Insonning o’z o’ziga munosabati tabiatan o’zini o’zi ma’qullash, o’zini sevish,
o’ziga aro berish, o’zini chiroyli tutish, o’zini ―yaxshi‖ inson sifatida ko’rsatish
asosida shakllantiriladi. Bolalikda kichkintoylarni o’z yuz-ko’zini orasta tutishini
o’rgatayotganda biz odatda ularga ―hozir qo’llarimiz va yuzimizni yuvib, oppoqqina
bo’lib olamiz‖, deymiz. Mana shu ―oppoqqina‖ bo’lish tartib va qoidalari har bir
insonga bolalikdanoq singdiriladi. Shu bois, insonning ichki o’zini anglashida ―men‖
degan tushuncha tarbiyalanishi lozim va zarur. Inson ―men‖i uni ijtimoiy hodisa
sifatida shakllanilishi uchun asos yaratadi. Yutuqlarga erishish, o’zini ko’rsatish,
hurmatga sazovor bo’lish mana shu ichki ―men‖ning sayi-harakatlari asosida amalga
oshiriladi.
Demak, ichki ―men‖ni nimalarga yo’naltirilsa, oxir oqibat shu qadriyatlarga
mutanosib xarakter va amallar shakllantiriladi. Ammo ana shu ichki ―men‖ boshqa
yuzlab ―menlar‖ga qarshi, ularni inkor etgan holda emas, balki ular bilan birgalikda
yashashga ko’nikkan holda tarbiyalanishi lozim. Shu nuqtai nazardan inson ichki
―meni‖ bilan bog’liq ravishda sog’lom ―egoizm‖ va nosog’lom ―egoizm‖ ajratiladi.
Sog’lom egoizm insonning shaxs sifatida shakllanishi uchun energiya beruvchi kuchi
hisoblanadi. Nosog’lom egoizm esa insonlarni o’zga inson bilan to’qnashuvi,
ziddiyatlar, o’zini ustun qo’yish, kelisha olmaslik, o’zgalarni inkor qilish uchun
xizmat qiladi.
Shunday qilib, konflikt inson hayotining tabiiy ajralmas qismi bo’lib, konfliktlar
mazmunini bilish insonni konflikt vaziyatlarda o’zini tutish tartib-qoidalariga
o’rgatadi.

Konflikt mazmunining murakkab kelib chiqish vaziyatlarini anglash esa


insonni ana shunday bilimlar bilan qurollantiradi. Shu bois, konfliktning oldini olish
uchun kuyidagi amallarga rioya etish ahamiyat kasb eta boshlaydi:
- Konfliktga olib kelishi mumkin bo’lgan so’zlar, amallar, yoki harakatsizlikdan
iborat bo’lgan konfliktogen vaziyat va holatlardan o’zini va atrofidagilarni asrash,
konfliktogenlarga e’tiborli bo’lish;
- Konfliktogenlar ko’payib, ularning majmuaga aylanishi oldini ola bilish,
konfliktogenlar eskalasiyasiga yo’l qo’ymaslik;
- Konfliktogenlarga konfliktogen bilan javob qaytarmaslik;
- Konfliktogenlar bilan to’qnashganda o’zini himoya qilishga emas, balki nima
uchun opponentda konfliktogen vaziyat va holat vujudga kelganiga diqqatni qaratish;
- O’zida vujudga kelayotgan konfliktogenlardan qutilish va ularni faol
ishlatmaslik choralarini ko’rish;
- Jiddiy konfliktogenlardan bo’lgan o’zini ustun qo’yish, agressiya moyillik,
egoizmdan qutilish hamda boshqalar tomonidan ular ishlatilganda ham o’zining
konflikt vaziyatga tortilmasligi choralarini ko’rish.


Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə