Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


qarshiliklar, ziddiyatlar bo’lib, u taraflarning bir-biriga nisbatan qarama-qarshi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə21/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

qarshiliklar, ziddiyatlar bo’lib, u taraflarning bir-biriga nisbatan qarama-qarshi 
kurashida ifodalanadi. 
Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, bu fikrni jamiyatga taqqoslaganda gap
mavhum kuchlar, kosmik va boshqa tabiiy hodisalar, shuningdek g’ayrioddiy
fenomenlar (taqdir,tanilmagan obyekt va sh.k.) haqida emas, balki ijtimoiy subyektlar
sanalgan muayyan odamlar, individlar, ijtimoiy guruhlar va qatlamlar, siyosiy
partiyalar yoki davlatlar haqida boradi.
Gap aynan ijtimoiy (sosial) konflikt haqida boradi, bunda ikki yoki undan ortiq
individ yoki guruhning muayyan maqsadga erishish yo’lida bir-biriga halaqit berish,
raqobatdoshining manfaatlarini qondirishni yo’qqa chiqarish yoki uning qarashlarini
va ijtimoiy mavqyeini o’zgartirish imkoniyatini astoydil, faol tarzda ro’yobga
chiqarish jarayoni nazarda tutiladi. «Konflikt» atamasi analogiya bo’yicha go’yoki
ko’p narsaga, hatto jonsiz predmetlarga ham qo’llanilishi mumkin. Biroq ijtimoiy
konfliktlarda ishtirok etuvchi taraflar faqat shaxslar bo’ladi. Ba’zi tadqiqotchilarning
fikricha, «Har qanday ishni yoki biror faoliyat turini , shu jumladan, konflikt
bilan bevosita bo’ladigan ishni yoki biror faoliyat turini boshlashdan avval
vaziyat qanday va nima sodir bo’layotganligini bilish shart. Bu ―tahlil‖ deb
nomlanadi. Turli insonlar nuqtai nazarlaridagi tafovutlardan xalos bo’lishning
imkoni yo’q. Odamlar u yoki bu muammoni birgalikda o’rgana boshlaganlarida
ko’pincha aynan bir xil faktlar mavjudligi sharoitida ularni go’yoki bir xil
tushunganlardek bo’lib tuyuladi. Aslida bunday emas. Farqlar butun bir qator
ko’rsatkichlar bilan belgilanadi: maqom, hokimiyat, boylik, yosh, jins bilan bog’liq
rol, muayyan ijtimoiy guruhga taalluqlik va h. Insonning jamiyatdagi o’rnini
tavsiflovchi bunday ko’rsatkichlar ko’pincha insonlarning aynan bir vaziyatdan
turli narsalarni kutishlarini anglatadi: ularning maqsadlari farqlansa yoki bir-biri
bilan sig’ishmasa konflikt yuzaga keladi»
1
. Ijtimoiy konflikt deganda, odatda 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə