Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə29/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Konflikt predmeti deganda nimani tushunasiz?
2. Konflikt obekti deganda nimani tushunasiz?
3. Konfliktlarning qanday chegaralari mavjud?
4. Konfliktning vaqt chegarasi deganda nimani tushunasiz?
5. Qanday sabablar konfliktga olib kelishi mumkin?
6. Notenglik qanday holllarda konfliktga olib kelishi mumkin, misollar
bilan izohlang.

Mustaqil o’zlashtirishga tavsiya etiladigan adabiyotlar

1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent,


―Ma’naviyat‖, 2008.
2. Уткин A.Я. Koнфликт: теория и практика. M. ―Изд-во‖ 1998 г.
3. Ergeshova D.q., Najimov M.K. Yuridik konfliktologiya: O’quv qo’llanma –
T.: TDYuI, 2007. – 97 b.
4. Konfliktologiya asoslari: O’quv qo’llanma/ R.Z.Jumayev, U.A.Ubaydullayev,
B.A.Xujanov. - Toshkent: Akademiya, 2000. - 208 b.

34
4-MAVZU. Konflikt funksiyalari 


REJA 
1. Konflikt funksiyalari 
2. Konfliktlar sohalari va tipologiyasi 
1. Konflikt funksiyalari 
Konfliktning ijtimoiy roli va funksiyasi. Konfliktning ijtimoiy hayotga
ta’siri jamiyat va inson hayotining barcha sohalarida kuzatiladi. Bunday ta’sirni
oydinlashtirishga funksiya tushunchasini kiritish orqali erishiladi. Bu
tushuncha bir tomondan jamiyat hayotida ijtimoiy konfliktning umumiy
ahamiyatini , boshqa tomondan esa, ijtimoiy konflikt bilan ijtimoiy hayotning
boshqa jihatlari (komponentlari) o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Birinchi
holatda funksiya deganda konfliktli munosabatlar ijtimoiy oqibatlarining
muayyan majmui tushuniladi. Ikkinchi holatda funksiya deganda bu faoliyat
yo’nalishi deb tushuniladi. Nazariy tahlilda bu ikki nuqtai nazarni e’tiborga
olish muhim, shuningdek ikki holatda ham funksiyaning ichki ziddiyatli
bo’lishini yoddan chiqarmaslik kerak, chunki unga xos ziddiyatlar xarakteri
faqat jamiyatninggina emas, shuningdek konfliktning o’zini tabiatiga ham
bog’liq.
Konflikt funksiyalarini ijtimoiy hayotning ikki asosiy sohasiga qarab ikkita
katta guruhga bo’lish mumkin : moddiy va ma’naviy. Moddiy funksiyalar har
qanday konfliktlar, shu jumladan yuridik konfliktlar ham asosan ijtimoiy
hayotning iqtisodiy tomonlari bilan bog’liq bo’lganlari bois namoyon
bo’ladilar. Bu bog’liqlik moddiy manfaatlarda, foyda ko’rishda, shuningdek
ijtimoiy yo’qotishlarda, zarar ko’rishlarda ifodalanadi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda alohida konfliktlarning salbiy oqibatlari
juda sezilarli bo’ladi. qimmatbaho texnikaning qo’llanilishi, texnologik
jarayonlarning murakkabligi kam ahamiyatli ishlab chiqarish konfliktini
iqtisodiy jihatdan juda noxush hodisaga aylantirishi mumkin. Bunday sharoitda
konfliktli vaziyatlarni o’z vaqtida hal etilmasligi korxona uchun katta zararni
keltirib chiqaradi. Moddiy zarar miqdori konfliktni o’zining ko’lamiga ham
bog’liq. Hozirgi zamon sharoitida yadro qurolini qo’llash bilan kechadigan
xalqaro konflikt sivilizasiya kelajagiga xavf soluvchi halokatni keltirib
chiqarishi mumkin.
Moddiy funksiyalar faqatgina konfliktning halokatli oqibatlarida namoyon
bo’lmaydi. Ba’zida ular yaratuvchilik mazmuniga ham ega bo’ladilar. Konflikt
jarayonida taraflardan biri konflikt boshlanguniga qadar o’z tasarrufida
bo’lmagan moddiy qiymatlarni qo’lga kiritishi mumkin. Boshqa tomondan,
konflikt moddiy ishlab chiqarishni rivojlanishida umumiy yuksalishga olib
keluvchi ijtimoiy kuchlarning qayta taqsimlanishiga yordam qilishi mumkin.
Mulkiy xarakterdagi yuridik konfliktlar boyliklarni qayta taqsimlanishiga, bir
tarafning foyda va ikkinchi tarafning zarar ko’rishiga olib keladi.
Konfliktlarning jamiyat ma’naviy hayotiga ta’siri beqiyosdir. Bu yerda
konfliktlar ma’naviy sohadagi tub va tez sodir bo’ladigan o’zgarishlarning
rag’batlantiruvchi vositasi rolini o’ynashi mumkin. Ular hodisalarga odatdagi


35
bir tomonlama baho berish jarayonini to’xtatib, ijtimoiy hayotga boshqa


tomondan , ijtimoiy e’tibordan chetda qolgan xususiyatlarini anglab olib
qarash imkoniyatini yaratadi. Shaxslar aro konfliktlar uning ishtirokchilari ruhiy
holatiga jiddiy ta’sir eta oladi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə