Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə30/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Ogohlantiruvchi funksiya konfliktni jamiyat muayyan holatining
ko’rsatkichi sifatida xarakterlaydi. Konflikt bu yerda odatdagi ijtimoiy aloqalar
va munosabatlarda nimadir izdan chiqqanligini, nimadir tub o’zgarishlarga
muhtojligini ko’rsatadi. qoidaga ko’ra, konfliktning o’zi uni yuzaga keltirgan
sabablarni chuqur aks ettirmaydi. Biroq uning mavjudligi qator masalalarni
amaliy ko’rib chiqish uchun yetarli hisoblanadi. Agar analogiya qo’llanilsa,
konfliktning ogohlantiruvchi funksiyasini tirik organizm rivojlanishidagi
og’riqning fiziologik roliga qiyoslash mumkin.
Axborot funksiyasi ogohlantiruvchi funksiyaga yaqin hisoblanadi. Konflikt
doimo aniq sabablarga ko’ra yuzaga keladi, ular bilan obyektiv bog’liq va
unda bu sabablar o’z ifodasini topadilar. Konfliktli vaziyatning avj olishi ,
kechishi, o’zgarishlari uni yuzaga keltirgan sabablar haqida muayyan axborot
yuklamasini ifodalaydi, ularni o’rganish ijtimoiy jarayonlarni bilishning muhim
vositasi hisoblanadi.
Ijtimoiy konfliktlarda konflikt subyektlari va ishtirokchilarining ehtiyojlari ,
manfaatlari , intilishlari, shuningdek ularning ijtimoiy noroziligi va qoniqmaslik
sabablari to’laligicha aynan o’z ifodasini topadiki, bu holat odatdagi
faoliyatda va xulq-atvorda yashirin bo’ladi. Konflikt holatida taraflar
o’zlarining ham, ular manfaatiga qarshi turganlarning ham harakatlarini yanada
aniq tasavvur qiladilar, ijtimoiy taraqqiyot ziddiyatlari va obyektiv
muammolarining mavjudligini yanada chuqur anglaydilar.
Differensiasiya funksiyasi konflikt ta’sirida vujudga keluvchi ijtimoiy
differensiasiya jarayonini xarakterlaydi, bu holat ko’pincha avvalgi ijtimoiy
tuzilmalarni buzish va o’zgartirish orqali yuz beradi. Bu funksiya konfliktdagi
ijtimoiy xulq-atvorning umumiy xususiyatini ifodalaydi, unga jalb etilgan
ijtimoiy kuchlarning qayta joylashuvi va qayta guruhlashuvidan iborat.
Konflikt ta’sirida ijtimoiy differensiasiya jarayoni ikki qarama-qarshi
yo’nalishda rivojlanadi. Agar jonli tabiat analogiyasidan foydalanilsa, yirik va
uzoq davom etuvchi konfliktda ijtimoiy differensiasiya jarayoni jonli
hujayraning bo’linishini yodlatadi. Dastavval harakat yagona markazni
cho’zishga yo’naltiriladi, avvalgi butunning alohida elementlarini o’ziga
tortuvchi qarama-qarshi qutblar shakllanadi. Bu yo’nalishda qarama-qarshi
kurashuvchi kuchlar qutblanishi yuz beradi. Shu bilan birga qarama-qarshi
jarayon ham yuz beradi, ya’ni birlashish jarayoni, yangidan paydo bo’lgan
markazlar atrofida parchalangan kuchlarning jipslashish jarayoni yuz beradi.
Masalan, konfliktlashuvchi davlatlar o’z ittifoqchilarini safarbar qiladilar,
janjallashuvchi odamlar o’z nuqtai nazarlari tarafdorlarini to’playdilar.
Konfliktning bu ta’siri shu darajada kuchli bo’lishi mumkinki, u ijtimoiy
konfliktning differensiyalovchi ta’siridan, ijtimoiy kuchlarning qutblanishi va
yangi jipslashish jarayonidan chetda qolishni xohlagan shaxslar yoki ularning
birlashmalarini ham o’z ta’sir doirasiga tortishi mumkin.


36


Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə