Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Notenglik konflikt manbai sifatida



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə26/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Notenglik konflikt manbai sifatida. Ijtimoiy notenglikning asosiy belgilari
bo’lib mulkchilik, hokimiyat, maqom munosabatlaridagi farqlar hisoblanadi. Bu
xususiyatlar u yoki bu darajada jamiyatning ijtimoiy-sinfiy tuzilmasida aks etadi,
ijtimoiy guruhlar, individlar o’rtasidagi munosabatlardagi notenglik bo’lib namoyon
bo’ladi. Ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy notenglik bilan ijtimoiy guruhlar va
individlarning hayot tarzida, madaniyatida, ruhiyatidagi muhim farqlar xam bog’liq
bo’ladi.
Moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish, ularni ayirboshlash va taqsimlash
yuzasidan bo’ladigan ijtimoiy harakatlar ijtimoiy guruhlar o’rtasida tanglikka,
muayyan sharoitlarda esa ochiq konfliktga olib borishi muqarrardir.
So’nggi o’n yilliklarning tarixiy tajribasi shundan guvohlik beradiki, davlat
sosializmi xususiy mulkchilikni va sinflarning ijtimoiy notengligini butunlay tugata
olmadi.U jamiyatni ijtimoiy konfliktlardan xam qutqara olmadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, jamiyatda katta ijtimoiy guruhlarning notengligi bilan
bog’liq konfliktlarni butunlay bartaraf qilishning samarali usullari mavjud emas.
Birinchidan, insoniyat tarixi shuni ko’rsatadiki, ijtimoiy notenglik doimo qaror
topaveradi. Davriy tarzda takrorlanadigan inqiloblar notenglikni amalga oshirilishi
tiplari, shakllari va metodlarini ko’p darajada o’zgartiradi, biroq uni yo’qotishga
kuchi yetmaydi. Har qanday jamiyatda doimo turli ijtimoiy guruhlar o’rtasida
manfaatlar konflikti, hyech bo’lmaganda hayotiy muhim resurslarga ega bo’lish yoki
ulardan foydalanishga bo’lgan huquq uchun kurash mavjud bo’lgan va bunday keyin


31
ham bo’ladi. Bu kurash uning obyekti bo’lgan resurslarni vaqt chegaralariga bog’liq


ravishda davom etadi.
Manfaatlar va ehtiyojlar. Ijtimoiy konfliktlar tabiatini tushunish manfaatlar
qarama-qarshi kurashini tahlil qilishdan iborat qadimiy an’anaga ega.
Turli-tuman konfliktlarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, kurashuvchi taraflar
hatti-harakatining negizida qandaydir aniq sabablar yotmasin, ular taraflar manfaatiga
borib taqaladi, konflikt bo’lganda bu manfaatlar qarama-qarshi yoki bir-birini istisno
qiladi. Gitler Germaniyasi o’zga davlatlar yerlarini egallashga intilgan, Yevropa
mamlakatlari esa mustaqillikka intilganlar. O’g’ri birovning mulkini o’g’irlasa,
mulkdor uni himoya qiladi. Er-xotinlar pul masalasida janjal qiladilar, ularning har
biri oila mablag’idan mustaqil foydalanishga harakat qiladi va ular o’z manfaatlarini
ma’qullab o’zini haqli deb hisoblaydilar.
Konflikt asoslari sifatida manfaatlarni tahlil qilishda ba’zi tadqiqotchilar unga
yaqin turgan ijtimoiy va ruhiy hodisalarga e’tiborni qaratadilar, ya’ni manfaatni uzviy
keltirib chiqaruvchi hodisalarga. Masalan, biror narsaning tanqisligi holatini
asoslovchi ehtiyojlar kategoriyasi, bunda organizm(shaxs, guruh, jamiyat) shu
yetishmovchilikni to’ldirishga harakat qiladi. Ehtiyoj manfaatni keltirib chiqaradi,
manfaat bu anglashilgan extiyoj, ba’zida esa, uni qanoatlashtirishning anglashilgan
yo’li hamdir.
Xavfsizlikka, tan olinishga, o’xshashlikka, ijtimoiy mansublikka va shu kabilarga
bulgan ehtiyojlar faqat alohida individga emas, balki ijtimoiy guruhlarga, etnik
uyushmalarga, butun jamiyatga va davlatlarga xos. J.Bertonning fikricha, «asosiy
insoniy ehtiyojlarni to’liq qanoatlantiradigan tashkiliy intilishlar, harakatlar konfliktni
haqiqiy yakunlanishiga olib kelishi mumkin». Shu munosabat bilan ko’p mualliflar
konfliktning psixologik sababi deganda asosiy insoniy ehtiyojlarning birortasiga
tahdid solish(frustrasiya)ni tushunadilar. Konfliktda kurashuvchi taraflar o’z
maqsadlari sari harakat qiladilar, birok, bu maqsadlarga bir vaqtning o’zida ikki
tomonning bir-birlariga zarar yetkazmasdan turib erishishlari istisno qilinadi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə