Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə23/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Konflikt predmeti va obyekti. Konflikt predmeti deb taraflar o’rtasidagi nifoq 
(kelishmovchilik)ga sabab bulgan obyektiv mavjud bulgan yoki fikran tasavvur 
qilingan muammoga aytiladi. Har qaysi taraf bu muammoni o’z foydasiga hal
qilishdan manfaatdor buladi. Konflikt predmeti - bu shunday ziddiyatki, subyektlar
u uchun va uning hal qilinishi uchun qarama-qarshi kurashga kirishadilar. Bu
xokimiyatga intilish, biror boylikni egallash, ustun mavqyega ega bo’lish kabi
muammolar bo’lishi mumkin.
Konfliktni hal qilish yo’llarini topishda uning predmetini aniqlash muhim, biroq
ko’pincha bu qiyinlik bilan kechadi. Ko’p konfliktlar o’ta chalkash va murakkab
holatlar bilan bog’liq bo’ladi. Konfliktlarda bir necha muammolar ustma-ust yuz
berishi mumkin. Konflikt predmeti tarkibiy qismlarga bo’linishi mumkin. Bunga
uzoq davom etadigan oilaviy kelishmovchiliklar yoki millatlararo konfliktlar misol
bo’ladi.
Ishtirokchi taraflar o’rtasida olib boriladigan muzokaralarda konflikt predmeti
oydinlashtiriladi,
bunda
taraflar
bir-birining
maksad
va
pozisiyalarini
aniqlashtiradilar.

4
Социальные конфликты: Экспертиза, прогнозирование,технология разрешения. Вып.1. М.,1991. С.27




27
Konflikt obyekti deganda taraflar egallashga yoki undan foydalanishga


intiladigan muayyan moddiy yoki ma’naviy boylik tushuniladi.
Konflikt obyekti bo’lib shaxsiy, guruhiy, ijtimoiy, davlat manfaatlarining predmeti
bo’lgan moddiy dunyo va ijtimoiy borliqning istalgan elementi hisoblanadi. Bu
element konflikt predmeti bo’lishi uchun turli ijtimoiy subyektlar manfaatlari
to’qnashadigan nuqtada bo’lishi kerak, subyektlar bunday element ustidan shaxsiy
kontrol yuritishga harakat kiladilar. Bunday vaziyatlarga misol : kichik yoshdagi
bolalar chiroyli o’yinchok ustida talashadilar yoki u yoki bu hududning tegishliligi
haqidagi masala hal qilinmaganligi uchun davlatlar o’rtasidagi munosabatlarning
taranglashuvi.
Munosabatlarning muayyan tizimida konflikt bu doimo birorta resursning
yetishmovchiligidir : bitta direktor lavozimiga ikkita o’rinbosarning da’vogarligi,
do’konda tanqis mahsulot olish uchun navbatda turganlar o’rtasida bo’ladigan janjal.
Resurslar tanqisligini kompensasiya qilish ko’pincha yuzaga kelgan muammoni
birdaniga hal qilishi mumkin. Kishilar kundalik hayotlarida to’qnash keladigan ko’p
sonli muammolarni shu tariqa yo’q qilishga erishishi mumkin emas. Oddiy, tipik
konfliktlar obyektlarini ajratish eng umumiy xarakterdagi muammolar darajasini
aniqlashga imkon beradi. Masalan, kundalik turmushimizga xos bo’lgan transport va
navbatda turishda bo’ladigan konfliktlar davlat miqyosidagi transport qatnovi va
tovar ta’minoti tanqisligi bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir.
Ba’zan konfliktlar aniq obyektga ega bo’lmasligi mumkin, ya’ni obyekti bor
konfliktlar bilan birga obyektsiz konfliktlar bo’lishi mumkin, bunda subyektlarning
birorta narsa ustidan nazorat qilishi o’zaro maksad-intilishlari istisno qilinadi.
Masalan: ko’p qavatli uylarda yonma-yon yashovchi qo’shni xonadonlarning birida
uy egasi ilmiy asarni yozish bilan band bo’lganda, qo’shnisi pianinoda mashq qila
boshlaydi. Birinchi qo’shni ikkinchisiga murojaat qiladi va shu tariqa konflikt yuzaga
keladi. Bu konfliktda qo’shnilar birorta narsa ustidan nazorat o’rnatishga
intilmaydilar, balki birinchisining samarali ishlashiga ikkinchisi halaqit beradi. Yoki
jinoiy ish yuritish amaliyotida shunday holatlar uchraydiki, tasodifiy o’tkinchi
bezoriga tanbeh beradi, shunda konflikt avj olishi mumkin. Bunda konflikt bir
subyekt tomonidan ikkinchisining axloqiy qarashlarini buzish orqasida ro’y beradi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə