Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə20/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Konfliktogenlar deganda nimani tushunasiz?
2. Konfliktogenlar tabiatini izohlang.
3. Konfliktoganlarga duch kelganda qanday harakatlarni amalga oshirish
kerak?


23
4. Konfliktogenlar yig’ilmasligi uchun qanday amallar qilish lozim?


5. Konfliktogenlarning qanday turlari mavjud?
6. Konfliktga olib kelishi mumkin bo’lgan o’zini ustun qo’yish
ko’rinishlaridan biriga misol keltiring.

Mustaqil o’zlashtirishga tavsiya etiladigan adabiyotlar

1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent,


―Ma’naviyat‖, 2008.
2. Уткин A.Я. Koнфликт: теория и практика. M. ―Изд-во‖ 1998 г.
3. Yoshlar va konfliktlar:Konfliktlar yechimiga o’rganish/ To’ychiyeva
Gulxumor-Toshkent.2008 y
4. Ergeshova D.q., Najimov M.K. Yuridik konfliktologiya: O’quv qo’llanma –
T.: TDYuI, 2007. – 97 b.
5. Konfliktologiya
asoslari:
O’quv
qo’llanma/
R.Z.Jumayev,
U.A.Ubaydullayev, B.A.Xujanov. - Toshkent: Akademiya, 2000. - 208 b.

3-MAVZU. KONFLIKTLARNING TABIATI VA TURLARI
Reja 
1. Konflikt tushunchasi, predmeti va obyekti 
2. Konflikt chegaralari
3. Konflikt sabablari va motivlari 

1. Konflikt tushunchasi, predmeti va obyekti 
Konflikt tushunchasi va ta’rifi. Konflikt tushunchasi ilmiy adabiyotda bir xil
ma’noda qo’llanilmaydi. «Konflikt» atamasining juda ko’p ta’riflari mavjud.
«Konflikt» tushunchasiga nisbatan eng umumiy yondoshuvga ko’ra, u ziddiyatga
umumiy tushuncha sifatida, eng avvalo, ijtimoiy ziddiyat sifatida qaraladigan
tushunchadir.
Har qanday ziddiyatning rivojlanishi murakkab jarayon bo’lib, u obyektiv
ziddiyatlarning yuzaga kelishi, avj olishi va hal etilishi asosida ro’y beradi. Marks
nazariyasidagi sosializm g’oyasi sinfiy konfliktlarni inkor etib kelgan. XX asrning
30-yillari oxirida bir qator mualliflar tomonidan sosialistik jamiyatni «konfliktsiz»
rivojlanishi, antagonistik qarama-qarshiliklarning bo’lmasligi haqidagi g’oya ilgari
surilgan. Bu g’oya sosializmda ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi
kuchlar xarakteriga to’liq mos kelishi haqidagi shiorda o’zining to’la ifodasini
topgan. Keyinchalik bunday mos kelish faqat bir-biriga qarshi turgan ikki tomonning
birligi bilan uyg’unlashgandagina namoyon bo’lishi tan olingan. Mos kelishlik
qarama-qarshiliklar birligi doirasida qo’shilgan (birlashgan) vaqtda ziddiyatlar
rivojining muayyan bosqichi sifatida talqin qilingan. Boshqa guruh faylasuflar esa
sosializmning asosiy ziddiyatlari bu ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish
munosabatlari o’rtasidagi, ba’zan ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasidagi, eski
bilan yangi o’rtasidagi ziddiyat deb tushunganlar. Bir guruh ingliz olimlarning
fikricha, «Konfliktlar bu hayotning muqarrar va ko’pincha ijodiy bo’lgan bir
qismidir. Konfliktlar insonlarning maqsadlari farqlanganda yuzaga keladi.


24
Kelishmovchiliklar va konfliktlar odatda zo’rlik qo’llanilmasdan hal qilinadi va


ko’pincha barcha jalb qilingan tomonlarning ahvolini yaxshilanishiga olib
keladi. Bu holat konfliktlar bizning mavjudligimizning bir qismi bo’lganligi
bois to’la adolatli hisoblanadi.»
1
.
Demak, ziddiyatlar muammolari muayyan darajada ilmiy adabiyotda olimlar
e’tiborini o’ziga tortgan. Biroq, bu holatni konfliktlar nazariyasiga taalluqli deb
bo’lmaydi, chunki mohiyat jihatidan unga umuman e’tibor berilmagan. Shunga
qaramasdan ziddiyatlar va konfliktni, bir tomondan, sinonimlar sifatida hisoblash
mumkin emas, boshqa tomondan esa, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo’yib ham
bo’lmaydi. Ziddiyatlar, qarama-qarshi turishlik, tafovutlar - bular konflikt uchun
zarur, biroq yetarli shartlar emas. Qarama-qarshi turishlik va ziddiyatlar, qachonki
ularni ifodalovchi kuchlar o’zaro ta’sirga, o’zaro munosabatga kirisha boshlaganda
konfliktga aylanadi. Shunday qilib, konflikt obyektiv yoki subyektiv qarama-

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə