O‘simliklar sistematikasi. Tuban o‘simliklarga xarakteristika



Yüklə 38,66 Kb.
tarix24.12.2017
ölçüsü38,66 Kb.
#17118

Aim.uz

O‘simliklar sistematikasi. Tuban o‘simliklarga xarakteristika.
Reja:

1. O‘simliklar sistematikasi nimani o‘rgatadi.

2. O‘simliklar sistematikasi tarixi.

3. K.Linney sistemasi.

4. Engler sistemasi.

5. Tuban o‘simliklarga xarakteristika.

 

O‘SIMLIKLAR SISTEMATIKASI



Sistematika bu o‘simliklarni tuzilishi jixatidan bir-biriga yaqinligini aniqlab, gruppaga  ajratadi. O‘simliklar yer yuzida eramizdan 1700 yil ilgari paydo bo‘lgan. Yer yuzida  500.000  xil  o‘simlik bor. Yovvoyi o‘simliklarning  turi  350000, shulardan  200.000    gulli  o‘simliklar, 150.000 gullamaydigan sporali o‘simliklar. MDX florasida 18.000 xil  o‘simlik  borligi  aniqlandi. O‘simliklarga ayniqsa Kavkaz va O‘rta Osiyo boydir. O‘rta Osiyo va Kavkaz florasida 7000 o‘simlik  turi  uchraydi. Botanikaning  sistematika  va morfologiya qismi qadimgi zamonlardan beri tekshirilib kelingan. Misrda bizning eramizdan 3000 yil  ilgari uzumchilik taraqqiy eta boshlagan. Misrda dorivor o‘simliklarni ekish boshqa mamlakatlarga nisbatan oldin boshlangan. Bu yerda bizning eramizdan  2000 yil ilgari kanakunjut-Ricinus comunis.

       Bizning davrimizgacha saqlanib qolgan qadimgi zamon o‘simliklari xaqidagi ma’lumotlarni grek adabiyotlarida uchratish mumkin. O‘sha vaqtda grek olimlaridan Gippokrat, Aristotel, Dioskarid. Gippokrat bizning eramizdan  460-377  yillar  ilgari  236 xil dorivor o‘simliklarni tasvirlagan. Aristotel va uning shogirdi Teofrast bizning eramizdan 4 asr oldin  ko‘pgina  o‘simlik turlarini yozib, ularning foydali xususiyatlarini aniqlaganlar, hamda o‘simliklarning 1 pallali va  2  pallali  bo‘lishini ko‘rsatganlar. Teofrast botanikaning otasi xisoblanadi. Chunki uning yozgan kitoblaridan 15 tasi shu fanga bag‘ishlangan. Dioskarid bizning eramizning 1 asrida yashagan. O‘zining mashxur"Materia Medica "degan kitobida ko‘p dorivor o‘simliklarni rasmlari bilan tasvirlagan. Qadimgi Rimning o‘simliklar  bilan shug‘ullanganlaridan Pliney Starshiydir. Dioskarid va Pliney Starshiy gullaydigan va  gullamaydigan o‘simliklarni aniqlab, ularga lotincha nom bera boshlaganlar. Mas:Achillyea, Adonis va boshqalar. Qadimgi zamonlarda dorivor o‘simliklar sohasida yozilgan xind  kitoblaridan  eng ahamiyatlisi "Yadjur veda"  hisob-lanadi. Bu kitobda ko‘rsatilgan dorivor o‘simliklar xozir ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Xitoyda o‘sim-liklar xaqida Xon-shen-nun bizning eramizdan 3000 yil ilgari "Bensao"degan kitob yozgan. O‘rta asrlarda o‘tgan olimlardan butun dunyoga mashxur bo‘lgan atoqli  vrach  Abu Ali Ibn Sino hisoblanadi (980-1037).

       Avitsenna Buxoroga yaqin  joydagi  qishloqda  tug‘ilgan. 1020 yilda "Alqonunfit Tib"deb  atalgan 5 tomli kitob yozgan. Petr 1 1724 yilda Rossiyada fanlar Akademiyasini ochish  to‘g‘risida buyruq  chiqardi. U  fanlar akademiyasi oldiga  Rossiya florasini tekshirish vazifasini qo‘yadi. Shu maqsadda bir qancha ekspeditsiyalar tashkil etiladi. Ekspeditsiya qatnashchisi akademik  Pallas "Flora Rossica" degan kitob yozgan.

       18 asrning boshlarida shved olimi Karl Linney (1707-1778) o‘simliklarning sistematikasini  tuzadi. U 1000 ga yaqin o‘simliklarni morfologik terminlarini ishlab chiqaradi. K.Linney "O‘simliklarning turlari: degan asarida  10.000 xil o‘simlik turini tasvirlab ularni 1000 ta avlodga, bu avlodni 116 tartibga, tartibni esa 24 sinfga bo‘lib chiqadi.

       TUR -VID                                          10.000

       AVLOD- ROD                                   1000

       TARTIB - PORYADOK                     116

       SINF - KLASS                           24

       Shulardan 23 sinfga gullaydigan o‘simliklarni, 1ta sinfga esa, gullamaydigan o‘simliklarni kiritadi. Gullamaydigan o‘simliklarga suv  o‘tlarini, zamburug‘larni, moxlarni va qirqquloqsimonlarni kiritadi. K.Linney gullaydigan o‘simliklarni "jinsiy urchishi  aniqlangan" (Yavnobrachnыye), gullamaydigan o‘simliklarni "jinsi ma’lum emas" (Taynobrachnыye)deb ataydi. K. Linney har bir o‘simlikni  2 nom bilan atalishini kirita-di.

       "Binarnaya nomenklatura"deyiladi. Bunda oldin avlod, so‘ngra tur nomi yoziladi. Avlod nomini ot, tur nomini sifat qilib olinadi. Mas:paxtaning avlodi, Yossypium Amerika paxtasi.-Yossypium hirsutum, Misr paxtasi -Yossypium barbadense

       Oq tut - Morus alba

       Qora tut - Morus nigra

       Qizil tut - Morus rubra

       K.Linney sistemasi  sun’iy  sistema  hisoblanadi.  Chunki Linney o‘simliklarning kelib chiqishini, bir-biriga yaqinligini va rivojlanishini hisobga olmagan. Linney idealist olim bo‘lgan. Uning fikricha o‘simlik-lar va xayvonlar o‘zgarmaydi, ular bir vaqtda yaratilgan. Biz  turni  shunday tushunamizki,tur  bir  qancha  individlardan iborat bo‘lib, tashqi sharoit ta’sirida, odam vositasida, ichki protsesslar natijasida o‘zgarib  rivojlanib  turadi. Tur o‘zgarishi mumkin. K.Linneyning o‘simliklarni gruppaga bo‘lib tekshirishga hozir o‘zgartirish kiritilgan:

       1.Tur – vid - Specis                  eng kichik -Sub species

       2.Avlod – rod - genus

       3.Oila – simeystvo - amilia

       4.Tartib – poryadok - Ordo

       5.Sinf – klass - clasis

       6.Tip – tip - tipus

       7.Bo‘lim – otdel - divisio

 

       Ba’zan tur yana kichik turlarga bo‘linadi. Kichik turni - Sub species deyiladi. Tabiiy sistemani 1- marta 1841 yil Peterburg akademiyasining professori Goryaninov  tuzgan. Bu   o‘simliklarni 4 gruppaga   bo‘lgan. 1 - gruppasida sporali  o‘simliklar, lishayniklar, moxlar, qirqquloqsimonlar va boshqalar. 2 gruppasiga "soxta urug‘-lilar"-igna barglilar, qarag‘ay, archa. 3-gruppasiga "g‘alla donli  o‘simliklar, ya’ni  bir  pallali o‘simliklar. 4 - gruppasiga  - "haqiqiy urug‘li   o‘simliklar"- 2 pallalilar gruppasi.



       Suv o‘tlari, zamburug‘larni esa, hayvonot va o‘simliklar dunyosi oralig‘idagi organizm  deb hisoblaydi. Tabiiy filogenetik sistemani o‘simliklarning rivojlanishiga asoslanib, rus olimlaridan Varshava Universitetining professorlaridan  Belyayev, Moskva Universitetining professori Gorojankinlar tuzgan. Ular sistemani tuzishda urug‘li o‘simliklar sporali o‘simliklardan paydo bo‘lishiga asolanganlar. Ular o‘z sistemasini buyuk ingliz olimi Charlz Darvin nazariyasiga asoslanib tuzganlar. Darvinning 1859 yilda "Turlarning tabiiy saralanish natijasida kelib chiqishi"degan asari bosilib chiqadi. Bu asarida Darvin  o‘simlik  va  hayvon turlarining yer  yuzida paydo bo‘lishi va rivojlanishini ko‘rsatadi. Darvin materialist olim bo‘lgan. Darvin 3 faktorga asos-lanadi:

       1.IRSIYAT-nasledstvennost

       2.O‘ZGARUVCHANLIK-izmenchivost

       3.Tabiiy saralanish yestetstvennыy stbor.

       1897 yilda Gorojankinning tuzgan "tabiiy filogenetik sistemasi bo‘yicha o‘simliklar sistemasini 3 ta bo‘lim,7 ta sinfga bo‘lgan.

       1-bo‘lim. -Tuban sporali o‘simliklar - Oodoniata

       Bu bo‘limga 2 ta sinf kiradi

                            a) Aldae  - suv o‘tlari

                            b) Fungi  - zamburug‘lar - Mucophita

       2-bo‘lim-Yuqori sporali o‘simliklar - Archimycetes



Bu bo‘limga 3 ta sinf kiradi a)Moxlar - Bryophyta

                            b) Qirqquloqsimonlar- Polyhodyophyta

                                      v) Ochiq urug‘lilar -  pinophyta

       3-bo‘lim yopiq urug‘li o‘simliklar - Angiospermae



Bu bo‘limga 2 ta sinf kiradi

                                      a) Bir pallalilar -  Monocotyledoneae

                            b) Ikki pallalilar - Dicotyledoneae

       Bundan keyin ham o‘simliklar sitemasi o‘zgartirilib, mukammallashtirilgan. Xozirgi sistema nemis olimi Engler sistemasiga asoslangan.

       Yer yuzidagi  hamma o‘simliklar 2 ta gruppaga bo‘linadi:

       1.SPORALILAR - Sporophyta

       2.URUFLILAR -  Spermatophyta

 

       a) Sporalilar 2 ta otdelga bo‘linadi:



       1) Tuban sporali o‘simliklar-Oogoniatae

       2) Yuqori sporali o‘simliklar- Archegoniatae

 

TUBAN SPORALILARGA:

 

       Suv o‘tlari - Algae, Bakteriyalar - Bacteriophyta, Zamburug‘-lar-Fungi Lishayniklar  Lichenophyta   kiradi.



 

YUQORI SPORALI O‘SIMLIKLARGA:

 

       Moxlar- Bryophyta, qirqquloqsimonlar- Pteridophyta ki-radi.



                              b)   URUFLILARGA

       1.Ochiq urug‘li o‘simliklar - gymnospermae yoki Pinophyta

       2.Yopiq urug‘li o‘simliklar - Angiospermea Mognoliophyta

       Tuban sporali o‘simliklarning jinsiy organlari bir xujayrali, oddiy tuzilgan.Bularning tanasi organlarga bo‘linmaydi.

       Yuqori sporali o‘simliklarning jinsiy organlari, ko‘p xujayrali, murakkab tuzilgan. Bularning tanasi organlarga bo‘linadi.

       Yopiq urug‘li o‘simliklarning urug‘i meva ichida bo‘ladi.

       Ochiq urug‘li o‘simliklarning mevasi bo‘lmaydi.

       Engler sistemasi bo‘yicha o‘simliklar quyidagi tipga bo‘linadi.

       1.Bakteriya- Bacteria

       2.Ko‘k yashil  suv o‘tlari-Cyanophyceae

       3.Yashil suv o‘tlari-Chloropyceae

       4.Sariq- Diatomea

       5.Qo‘ng‘ir- Phacophyceae

       6.Qizil- Rhodophyceae

       7.Shilimshiqlar yoki miksomitsetlar-Myxophyta

       8.Zamburug‘lar-fungi

       9.Lishayniklar- Lichenes

       10.Moxlar-   Bryophyta

       11.Qirqquloqsimonlar- Pteridophyta

       12.Ochiq urug‘lilar-gymnospermae

       13.Yopiq urug‘lilar-Angiospermae

 

 



                      

A D A B I YO T L A R

 

1.    V.A.Burыgin. F.X.Jongurazov., J.K..Saidov., G.D.Mustaqimov Botanika va   o‘simliklar  fizologiyasi. T, "O‘qituvchi" 1972 yil.



2.    L.I.Kursanov., N.A.Komaranitskiy, K.I.Meyyer, Razdorskiy, A.A Uranov Botanika I,II tom.T. «O‘qituvchi» 1963-72y.

      3.          F.Kamilova.,  Jongurazov., Botanikadan amaliy mashg‘ulotlar. T.  "Mehnat", 1986 yil.



4.    I.Xamdamov., I.Shukurullayev.,YE.Tarasova.,YU.Qurbonov., A.Umirzoqov. Botanika, asoslari. T., Mehnat 1990 yil.

5.    V.G.Xrjanovskiy. Kurs obshey  botaniki. Chast  I,II.M."Vыsshaya shkola "1982 god.

6.    Xolida  Mirfayoz qizi Maxkamova. Botanika. T. "O‘qituvchi», 1995 yil.

 
Yüklə 38,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə