Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə28/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Ziddiyatlar darajasi. Ziddiyatlarning «obyektivligi» va «subyektivligi»ni
ularning ikki xil darajadagi manfaatlar bilan bog’liqligini e’tiborga olganda turli
nuqtai nazardan tushunish mumkin. Sodda kilib aytganda bunday bo’lish u yoki bu
tashqi faoliyatdagi ehtiyojlar bilan yoki mustaqillikka, o’z-o’zini saqlab qolishga,
o’z-o’zini hurmat qilinishiga bo’lgan ehtiyojlari bilan bog’liq.
Odamlar o’rtasidagi jiddiy to’qnashuvga qator holatlar sabab bo’lishi
mumkin,masalan, ikki odam restoranda bitta stolga da’vo qiladi, urushlar ikki
davlatning biror hududda o’z ta’sirini saqlab qolish yoki birining ikkinchisi ustidan


33
hukmronligini o’rnatish, o’z mustamlakasiga aylantirishga bo’lgan intilishidan kelib


chiqadi.
Yuqoridagi ikki holatda mohiyat bo’yicha turli darajadagi manfaatlar
to’qnashadi. Birinchi holatda har qaysi subyekt o’zining xususiy manfaatidan kelib
chiqib, o’ziga halaqit berayotgan boshqa subyekt bilan kurashadi. Ikkinchi holatda
ozodlik, daxlsizlik, asosiy huquqlarni hurmat qilinishini saqlash bilan bog’liq
motivlar ahamiyatli. Inson uchun muhimrog’i bu uning individual erkinligi, jismoniy
daxlsizligi, sha’ni va qadr-qimmati bo’lsa; davlat yoki millat uchun esa,
mustaqqilligi, hududi yoki chegarasining daxlsizligi, jahon hamjamiyatining teng
huquqli subyekti sifatida tan olinishi muhimdir. Bunday manfaatlardagi
ziddiyatlarning eng keskin ifodalanishi - boshqa ijtimoiy subyekt bilan to’liq mos
kelmaslik va uni yo’q kilish uchun kurashish hisoblanadi.
Yuqorida gap ijtimoiy ziddiyatlarning darajalari haqida boradiki, bu darajalar
taraflarning manfaatlari qanchalik muhimligini farqlaydi. Ziddiyatlarni darajalarga
ajratish ularning bir biridan qanchalik chuqurligiga qarab farqlanishini ko’rsatadi. Bu
esa, subyektning konfliktga jalb qilinganligi darajasini, konfliktni hal qilish
imkoniyati va usullarini belgilab beradi.


Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə