Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə36/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Konflikt eskalasiyasi. Konflikt eskalasiyasining tashqi namoyon bo’lish
xususiyati - bu , eng avvalo , kurashning jadallashuvi hisoblanadi. Konflikt
spiralni burash metodi bo’yicha rivojlanadi: bir tarafning harakati ikkinchi
tarafning qarshi harakati bilan birga kechadi va bu keyingi harakat o’z
oqibatlarining ko’lamiga ko’ra konflikt boshlanishi nuqtasidagiga aynan
bo’lmaydi.

Bir tarafning harakatlari boshqa tarafning ko’p marta kuchliroq va o’z


navbatida yangi tajovuzkor bo’lgan javob harakatlarini keltirib chiqaradi.
Konflikt eskalasiyasi odatda vaziyatni shunchalik chigallashtiradiki, bunda
konfliktda haq yoki aybdorlarni topish mumkin bo’lmay qoladi. Konfliktologik
tadqiqotlarda bu masalada ham muayyan fikrlar bildirilgan: ―Ba’zida konfliktni
jadallashtirish zarur bo’ladi. Masalan, odamlarning hamma narsasi yaxshi
bo’lganda, o’z ehtiyojlarini qondirishda hamma uchun hokimiyat va resurslar
yetarli bo’lganda boshqa odamlarning ahvoli unchalik yaxshi emasligi yoki ular
bir chekkada qolib ketayotganliklari e’tibordan chetda bo’ladi yoki bu holatni
tan olishni istamaydilar. Shunda zarur o’zgartirishlarni kiritishga imkoniyat
paydo bo’lishi uchun konfliktni aniqlash, uni oydinlashtirish zaruriyati yuzaga
chiqadi.
Jamoalar va inson huquqlarini rivojlantirish sohasida ishlovchilar ko’pincha
ularning vazifalari bu konfliktni hal qilish emas, balki konflikt muammosining
tan olinishi va faol harakatlar boshlanishi eng yaqqol namoyon bo’ladigan aynan
konfliktning intensivlanishi ekanligini tushunib yetadilar. Bu ko’pincha
manfaatiga putur yetkazilgan guruhga qo’shilish va shu guruh imkoniyatlarini
orttirish uchun strategiyadan foydalanish hisoblanadi. Masalan, JARda XX asr
davomida vaziyatni o’zgartirishni maqsadi deb bilgan faollar yashirin
konfliktlarni ochiq konfliktlarga aylantirish va keyinchalik ular bilan ish olib
borish uchun kuch-g’ayrat sarf etganlar.
Konfliktlarni intensivlashtirish - bu muayyan tinch (zo’rlik ishlatishni
nazarda tutmaydigan) maqsadlarda yashirin konfliktlarni yanada oydinlashtirish
va oshkora qilishdir.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə